Bob. Frazeologizmlarning asosiy mazmuni va uning o’ziga xos xususiyatlari


- Ravish turkumiga mansub frazeologizmlar



Yüklə 107,53 Kb.
səhifə5/21
tarix02.03.2023
ölçüsü107,53 Kb.
#101761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot

-

  • Ravish turkumiga mansub frazeologizmlar.

  • (as) cool as a cucumber – tepsa-tebranmas, tap tortmay, pisand qilmay, hech qo’rqmasdan

  • fair and square – vijdonan va ochiqdan-ochiq( chindan)

  • to a high degree – haddan tashqari, favqulodda

  • in large measure – ma’lum darajad, ma’lum me’yorda va h.k.

  • So’z – gaplarga mansub frazeologizmlar: turgan gap, shunga qaramay,katta gap.

Quyida fe‘l turkumiga mansub inglizcha frazeologizmlar va ularning uzbek tilidagi huddi shu turkumdagi anologlarini qiyoslaymiz:
flog a dead horse – vaqtni bekorga sarflamoq Has the cat got your tongue? – og‘ziga talqon solmoq carry the day – g’olib bo’lmoq; get up (yoki rise) in the world – muvaffaqiyatga erishmoq, martabasi(mavqe)
oshmoq; kill two birds with one stone – bir o’q bilan ikki quyonni o’ldirmoq;
Sifat turkumiga mansub frazeologizmlar o’zbek tilida : ko‘ngli bo‘sh, rangi sovuq, yuragi toza, avzoyi bejo, dili siyoh, kayfi buzuq va h.k; Ingliz tilida: The big time – muvaffaqiyat, mashhurlik, yirik ish rough stuff – qo’pol munosabat easy street – boylik
Ravish turkumiga mansub frazeologizmlar.
(as) cool as a cucumber – tepsa-tebranmas, tap tortmay, pisand qilmay, hech qo’rqmasdan.
1.2.1. Frazeologizmning semantik strukturasi
Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini so’z tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma‘nodir. Frazeologik ma‘no o’ta murakkab tabiatli, leksemada bo’lgani kabi ayrimlarii denotativ tabiatli bo’lsa, boshqalari grammatik ma‘noga ega, xolos.
Masalan, mustaqil so’z turkumiga kiruvchi frazeologizm: (burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‘ymoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq; ko‘ngli bo‘sh; hash-pash deguncha) denotativ ma‘noga ega bo’lsa, turgan gap, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi.
Frazeologizm birdan ortiq mustaqil so’zdan tashkil topadi. Biroq uning ma‘nosi tashkil etuvchi ma‘nolarining oddiy yig’indisi emas.
Masalan, qo‘yniga qo‘l solmoq frazeologizmining ma‘nosi qo‘yin, qo‘l, solmoq leksemalari ma‘nolari sintezi yoki qo’shiluvchi emas. Frazeologizmning ma‘nosi tashkil etuvchi so’z to’la yoki qisman ko’chma ma‘noda ishlatilishi natijasida hosil bo’ladi.
Frazeologizm tarkibidagi ayrim so’zning ko’chma ma‘noda, boshqalarining o’z ma‘nosida qo’llanilishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin.
Masalan, aqlini yemoq, ko‘zini bo‘yamoq, ko‘zi ko‘ziga tushdi, og‘zi qulog‘ida frazeologizmlarida aql, ko‘z, og‘iz so’zlari o’z ma‘nosida, yemoq, bo‘yamoq, tushmoq, qulog‘ida so’zlari ko’chma ma‘noda.
Ingliz tilidagi zoonimli fraseologizmlar tarjimasini Uzbek tilidagi frazeologizmlar bilan qiyosiy tahlilini quyidagi jadval orqali qiyoslaymiz:

Asliyat Z/F

Muqobillikning mavjudligi

Muqobillikning
Yo’qligi

Muqobil ma’noli fraseologizmning mavjudligi

an ugly duck

irkit o’rdakcha.



every dog is a lion at home

har kim o’z uyida
sher



die like a dog

itdek o‘lim
(topmoq)



to kill like a dog

Itdek otib tashlash



tired as a dog

itdek charchagan



dumb as a fish



O’raga sichqon tushdi guldur gup

let the cat out of the bag



Dardini ochmoq

the lion’s share



Tuyadek(katta narsa nazarda tulganda Otning kallasidek (pul nazarda tutilganda)

ride the high horse



Otdan tushsa ham egardan tushmaydi

kill two birds with one stone



bir o’q bilan ikki quyonni o’ldirmoq

Masalan: She claimed the lion's share of the credit for the show's success. U tomoshaning muvaffaqiyati uchun otni kallasidek mablag talab qildi.
Hozirgi kunga kelib frazeologiya sohasi tilshunoslikda dolzarb, muhim masalalardan biri hisoblanib, bu borada ko’pgina tilshunos olimlar tomonidan izlanish va tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda.
Shu kabi ilmiy izlanish va tadqiqot ishlari olib borish bevosita chet tillarini yaxshi bilish bilan bir qatorda, tarjima bilan bog’liq bo’lgan oz yechimini topgan va
topmagan muammolarni, taqqoslanayotgan ikki til millati, ya’ni o’zbek va inglizlarning yashash sharoiti, aholisining rivojlanish darajasi, urf-odat va an’analaridan ham xabardor bo’lishni hamda ularning tub mazmun-mohiyatini anglash,his qilish va idrok eta olishni talab qiladi.
Frazeologizm ibora, frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror birikma, frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi.
Frazeologizm tashkil etuvchisiga ko’ra qo’shma leksema, so’z birikmasi va gapga o’xshaydi. Biroq ular ko’proq qo’shma leksema kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bo’lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo’ladi.
Frazeologizmlarning tarkibida nechta so'z ishtirok etishiga qaramay, ular yagona umumiy ma'no bilan birlashadi va emotsional-ekspressiv ma'noni ifodalaydi. Frazeologizmlar badiiy adabiyotda obrazli va ta'sirchan vosita sifatida ko'p qo'llanadi:
Let sleeping dog lie
Run with the hare & hunt with the hounds
“I wouldn't rest my main dependence on the Hielandmen – hawks will not pick out hawks' eyes. They may quarrel among themselves but they are sure to join against a civilized talk.” (W. Scott, Rob Roy, ch. XXX).
Miss Ingram, who had seated with proud grace at the piano. Commenced a brilliant prelude… She appeared to be on the high horse tonight (ch. Bronte, JaneEyre)
Frazeologizmning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • strukturali ajralish yoki alohidalilik

  • frazeologizmdagi so’zlarning mustaqil ma’noga ega ekanligi va leksik tarkibning barqarorligi

  • grammatik tizimning barqarorligi

  • frazeologizmning semantik strukturasi

  • frazeologizmlarda semantik munosabat


Yüklə 107,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə