Bob. Frazeologizmlarning asosiy mazmuni va uning o’ziga xos xususiyatlari


Qadimdan mavjud bo’lgan ingliz frazeologik birliklari



Yüklə 107,53 Kb.
səhifə9/21
tarix02.03.2023
ölçüsü107,53 Kb.
#101761
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot

Qadimdan mavjud bo’lgan ingliz frazeologik birliklari.
Frazeologik birliklarning ko’pchiligi qadimdan mavjud bo’lgan ingliz frazeologik birliklari hisoblanib, ularning muallifi kimligi noma’lum. Qadimdan mavjud bo’lgan frazeologik birliklar ingliz xalqining an’analari, udumlari va qadimiy rivoyatlari, afsonalari bilan, shuningdek, real voqelik, tarixiy dalillar, qadimgi naqllar bilan bog’liq.
Masalan: afsonalar bilan bog’liq frazeologik birliklar:

  1. a black sheep – tirraqi buzoq - yomon buzoq butun podani bulg’aydi (qadimgi afsona rivoyatlarga ko’ra, qora qo’y iblis(shaytonning) muhri hisoblangan).

  2. an unlicked cub – “yashil, sariq”,ona suti og’zidan ketmagan bola (o’rta asr rivoyatlariga tegishli bo’lib, bu yerda ayiq bolalari shaklsiz tug’ilib, ona ayiq ularni yalab tegishli shakl-ko’rinish berishi aytilgan).

Izoh: cub – hayvonlarning onasidan hali ayrila olmagan bolasi.
Tarixiy dalillarga oid frazeologik birliklar.
As well be hanged (yoki hung) for a sheep as a lamb – qo’y o’g’irlaganlik uchun osib o’ldirilsa,qo’zichoqni ham o’g’irlash kerak.(agar qo’y o’g’irlashda osilishga hukm qilinsa, qo’zichoqni ham qoshib o’g’irlash lozim) .
Izoh: Ingliz qonunlariga ko’ra qo’y o’g’irlagan odam osish orqali o’lim jazosiga hukm qilingan.
Frazeologik birliklarning ko’pchiligi qadimdan mavjud bo’lgan ingliz frazeologik birliklari hisoblanib, ularning muallifi kimligi noma’lum. Masalan: afsonalar bilan bog’liq frazeologik birliklar:
a black sheep – tirraqi buzoq - yomon buzoq butun podani bulg’aydi(qadimgi
afsona rivoyatlarga ko’ra, qora qo’y iblis(shaytonning) muhri hisoblangan).
My cousin was black sheep. Eventually he migrated to the United Kingdom to avoid the punishment here. So’zma so’z tarjimasi: Mening jiyanim qora qo’chqor, u Buyuk Britaniyaga bu yerdagi jazodan qutulish uchun ko’chib ketgan. Ko’rinib turibdiki, o’zbek tilida mazkur gapda “qora qo’chqor” so’z birikmasini qo’llab bo’lmaydi. Sababi o’zbek tilida qo’chqor salbiy emas balki ijobiy ma’no ottenkasiga ega zoonim sanaladi ya’ni paxlavon, botir, suyumli ma’nolarida qo’llanadi. Masalan: Qo’chqorday o’g’il bersin deb duo qilib edingiz, oti o’zibilan tug’ildi – Qo’chqorboy (B.M.Ali. Ko’kto’nlilar); Qo’chqorday qo’chqorday o’g’illarim bor! Katta bo’lsa otning Tarlonini minaman deyapti(T.Murod Ot kishnagan oqshom). Shunday ekan mazkur gap tarjimasida aynan “qora qo’chqor” emas, balki yuqoridagi kontekst ma’nosidan kelib chiqib “Mening jiyanim noqobil farzand chiqdi, u Buyuk Britaniyaga bu yerdagi jazodan qutulish uchun ko’chib ketgan. – deb tarjima qilinsa, ma’no saqlanibgina qolmay, matn kitobxonga tushunarli bo’ladi.
Bibliya o’zlashtirilgan frazeologik birliklarda eng muhim adabiy manba hisoblanadi. Bibliyadan o’zlashtirilgan zoonimli frazeologik birliklarga quyidagilarni misol qilish mumkin:

    1. can the leopard change his spots? – nahotki leopard (qoplon) o’zining

dog’li terisini o’zgartirsa. = Bukrini qabr to’g’irlaydi.

    1. cast pearls before swine – Chochqaning oldida durni silkitmoq=eshakning qulog’iga tanbur chalmoq (chertmoq).

Ingliz frazeologizmlarining aksariyati antik afsonalar (rivoyatlar), tarix va adabiyot bilan bog’liq. Bu frazeologizmlarining ko’pchiligi ko’p tillarda uchraganligi sababli, internatsional xarakterga ega. Shu afsonalardan kelib chiqqan quyidagi frazeologik zoonimda:

    • The Trojan Horse – Troya oti, xavfni yashiruvchi; mardlik, jasorat, qahramonlik ifodalangan.

Qadimgi Rim yozuvchilariga oid bo’lgan zoonimli frazeologik birliklar:

    • a snake in the grass – ilonday qo’yningga kirib oladigan odam, makkor (xavfli odam).


Yüklə 107,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə