Bob. Frazeologizmlarning asosiy mazmuni va uning o’ziga xos xususiyatlari


O’zlashtirilgan frazeologik birliklar



Yüklə 107,53 Kb.
səhifə10/21
tarix02.03.2023
ölçüsü107,53 Kb.
#101761
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot

O’zlashtirilgan frazeologik birliklar.
Nemis tilidan o’zlashtirilgan zoonimli frazeologik birliklar:

    • let the cat out of the bag – sirini ochib qolmoq

    • go to the dogs – g’azablanmoq, barboq qilmoq, halok qilmoq.

AQSHdan Angliyaga juda ko’p frazeologik birliklar kirib kelgan bo’lib, hozirda ular ingliz tiliga juda singib ketgan.
Masalan: Swap horses while crossing a stream – Kechish paytida otlarni almashtirish [Linkoln].
Keyinchalik ushbu frazeologik birlikning boshqa quyidagi varianti paydo bo’ldi:
Change horses while crossing a stream.
Shuningdek ingliz tilida rus tili, dat tili, ispan tili, golland tili, italyan tili, xitoy va hokazo tillardan o’zlashtirilgan frazeologik birliklar bor. Ingliz frazeologik birliklarini tarjima qilish jarayonida ularning genezisi ya’ni kelib chiqishiga e’tibor bermoq lozim. Sababi har xil tildan o’zlashgan frazeologik birliklarning ba’zilarining konteksdagi ma’nolarini anglab etish uchun inglizcha –uzbekcha lug’atning o’zi kamlik qiladi. Masalan inglizcha black sheep iborasi bu tilga
Bibliyadan o’zlashgan bo’lib keyinchalik bu ibora o’z oilasini tashlab ketgan farzandlarga nisbatan qo’llaniladi. Ammo bu ma’noning o’zbek tilidagi muqobili yo’q shu sababdan mazkur ibora ma’nosinigina tarjimada uzatish mumkin: 1.2.2. Turli tillardan o’zlashtirilgan frazeologik birliklar
Ingliz frazeologizmlarining aksariyati antik afsonalar (rivoyatlar), tarix va adabiyot bilan bog’liq. Bu frazeologizmlarining ko’pchiligi ko’p tillarda uchraganligi sababli, internatsional xarakterga ega.
Gomerning “Iliada” va keyinchalik Vergiliyaning “Enende” afsonalarida Troya himoyachilarining mardligi kuylanadi. Shu afsonalardan kelib chiqqan quyidagi frazeologik zoonimda:
The Trojan Horse – Troya oti, xavfni yashiruvchi; mardlik, jasorat, qahramonlik ifodalangan.
Grek masalnavisi Ezopning ertak va masallarida ham bir qator zoonimli frazeologik birliklar mavjud.
Masalan:

  • kill the goose that laid (yoki lays) the golden eggs – oltin tuxum qo’yadigan g’ozni o’ldirish.

  • cry wolf too often – yolg’ondakam vahima ko’tarish (dod solish). (Cho’pon haqidagi masalda, cho’pon yolg’ondan “Bo’ri! Bo’ri!” deb odamlarni aldab rohatlanadi)

  • the lion’s share – tuyadek ulush, eng katta (eng ko’p) ulush.

  • cherish (nourish yoki warm) a viper in one’s bosom – qo’ynida ilon asramoq, makkor kishini do’st deb yurmoq

  • an ass in a lion’s skin – sher terisini qoplagan eshak

Qadimgi Rim yozuvchilariga oid bo’lgan zoonimli frazeologik birliklar:

  • a snake in the grass – ilonday qo’yningga kirib oladigan odam, makkor (xavfli odam)

Fransuz tilidan o’zlashtirilgan ko’p qo’llaniladigan frazeologik birliklar:

  • Buridian’s ass – Vuridan eshagi (2 ta bir xil bo’lgan narsa yoki teng bo’lgan masalani tanlash uchun xulosaga kelmoqchi bo’lgan odam haqida aytilgan).

I’ane de Buridan – Fransuz faylasufi Buridan XIV asrda ochlikdan o’lgan eshak haqida yozgan hikoyasida berilgan. Eshak 2 ta bir xil bo’lgan bir g’aram pichandan qaysi birini yeyishini bilolmay, bir yechimga kelmay ochlikdan o’ladi. Mana shu hikoyadagi yana bir zoonimli frazeologik birikma:

  • an ass (donkey) between two bundles of hay – sog’liqqa zararli aysh-ishratga berilmoq, maishatparastlik (ishratparastlik) qilib umrni behuda o’tkazmoq.

Lafontenning “Le Singe et le Chat” – “Maymun va mushuk” masalida maymun Bertran mushuk Ratonni olovdan kashtan olib chiqishga majburlaydi. Quyidagi ibora mana shu masal bilan bog’liq:

  • make a cat’s paw of smb[Lafonten.I p.35 ] – birovning qo’lida beixtiyor qurol bo’lib qolmoq yoki birovning quliga aylanmoq; boshqalarning qo’li bilan ish qilmoq; boshqalarni ishga solib, rohatini o’zi ko’rmoq.

Nemis tilidan o’zlashtirilgan zoonimli frazeologik birliklar:

  • let the cat out of the bag – sirini ochib qolmoq

  • go to the dogs – g’azablanmoq, barboq qilmoq, halok qilmoq.

AQSHdan Angliyaga juda ko’p frazeologik birliklar kirib kelgan bo’lib, hozirda ular ingliz tiliga juda singib ketgan.
Masalan: Swap horses while crossing a stream – Kechish paytida otlarni almashtirish(Linkoln A. Speech.Reply to National Union League).
Keyinchalik ushbu frazeologik birlikning boshqa quyidagi varianti paydo bo’ldi: Change horses while crossing a stream.
Shuningdek ingliz tilida rus tili, dat tili, ispan tili, golland tili, italyan tili, xitoy va hokazo tillardan o’zlashtirilgan frazeologik birliklar bor.
Ingliz tiliga Osiyo tillaridan kirib kelgan “white elephant” iborasining ham hech bir tilda muqobili yo’q. Bu ibora ingliz tilida - o’ta noyob, qimmatbaho ammo umuman foyda keltirmaydigan matohga aytiladi. Mazkur iboraning genesisi qadimgi Siamga borib taqaladi. Qadimgi Siam qiroli jinoyat qilgan va uning qahriga duchor bo’lgan kishilarga oq fil sovg’a qilgan. Oq fil ilohiy hisoblangan. Undan dala ishlarida foydalanish mutlaqo mumkin bo’lmagan. Bu “sovg’a” unga sazovvor bo’lgan egasini ohir oqibat kafangado qilgan. Sababi jazolanuvchi hech bir yumushga foydasi tegmaydigan oq filni umrining ohirigacha boqishga majbur bo’lgan. Filning bir kunlik ozuqasi oddiy kishiga qimmatga tushgan. Guardian ro’znomasida nashr etilgan bir maqola sarlavhasi “To feed white elephant”(Oq filni ovqatlantirish) deb atalgan. Mazkur maqolada bugungi kunda Evropa ittifoqi uchun hech bir foyda keltirmay iqtisodiy zarar keltirayotgan Gretsiyani jahon moliyaviy inqirozi davrida Evroittifoqda olib qolish yohud chiqarib yuborish masalasi muhokama qilinadi. Ushbu maqola sarlavxasini uzbek tiliga “oq fil” deb tarjima qilsak, hech qanday ma’no anglashilmaydi. Shu maqola sarlavhasini “Keraksiz yukning og’iri” (kerakli yukning og’iri yuq maqoliga ironiya tarzida) tarjima qilinsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Tarjima – bu bir xalqning ma’naviy boyliklarini boshqa bir xalqqa yetkazib berishda eng to’g’ri yo’ldir.
Ko’plab olimlar A.B.Kuninning frazeologizmlar to’g‘risidagi ta’rifiga asoslanadilar, ya’ni: “frazeologizmlar bular shunday so’z birikmalariki, ularning komponentlari to’la va qisman ko’chma ma’noga, ya’ni frazeologik ma’noga ega bo’lgan komponentlardan iborat. Frazeologik birliklarga umuman turg’unlik muhimdir, bundan tashqari so’z komponentlari qonuniy ravishda bir-biriga bog’liq bo’lib,unga strukturali semantik modellik xarakterli bo’ladi”[ Кунин А.В. 1970.c.24].
Bundan shundan xulosaga kelamizki, frazeologizmlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda, uning tarkibidagi barcha komponentlar ham to’g’ridan-to’g’ri yoki so’zma-soz tarjima qilinmaydi, chunki frazeologizmlarning ma’nosi ular tarkibidagi komponentlarning ma’nosiga bog’liq emas, ya’ni, frazeologizmlarning tarkibidagi komponentlar aksariyat hollarda ko‘chma ma’noga ega bo’lib, uning zamirida asl ma’nosi yashiringan bo’ladi.
Frazeologizmlarning tilshunoslikdagi o’rni benihoya ahamiyatli ekanligini tan olgan holda, ularni ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish muammosi ham muhimdir . Bunda frazeologizmlarni tarjima qilishda mos kelish, mos kelmaslik va qisman mos kelish hollari farqlanadi.

  • an ugly duck – irkit o’rdakcha.

  • Every dog is a lion at home – har kim o’z uyida sher (italyan tili)

  • Die like a dog - itdek o‘lim (topdi) - to kill like a dog - itdek o’lish .

  • time is money – vaqt-pul (turadi)

  • tired as a dog - itdek charchagan,

  • dumb as a fish - baliq kabi soqov

  • to dance to somebody’s tune - kimningdir nog’orasiga o’ynash

  • let the cat out of the bag – sirini ochib qolmoq

  • the lion’s share – tuyadek ulush, eng katta (eng ko’p) ulush

  • ride the high horse - nafsoniyatga berilmoq

  • kill two birds with one stone ← bir o’q bilan ikki quyonni o’ldirmoq


Yüklə 107,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə