Bob. Frazeologizmlarning asosiy mazmuni va uning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 107,53 Kb.
səhifə2/21
tarix02.03.2023
ölçüsü107,53 Kb.
#101761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot

mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, zoonimli
(hayvon nomlari) frazeologik birliklarning leksikada qo’llanishini tahlil qilish ingliz xalqining olam milliy manzarasini anglash, hayvonlarga xos hususiyatlarni insonlarga chogishtirish orqali kishilar tafakkurida hosil bo’lgan mental tushunchalarni teranroq tushunishda hizmat qiladi. Shuningdek, uzbek tillaridagi zoonim frazeologizmlarning qiyosiy asnoda tadqiq qilinishi, ikki tildagi frazeologik birliklarni tarjimasida muhim yo’riq vazifasini o’taydi.
Ob’ekti – A.B.Kunin [1967] va ingliz-rus frazeologik lug’atidan tanlab olingan zoonimli frazeologik birlIklar hisoblanadi.
predmeti – Ingliz tilida frazeologik birliklardagi zoonimlar leksik va semantic jihatlari tadqiqi.
maqsadi – Ingliz va o‘zbek so’zlar ishtirok ertgan maqollar va fraseologizmlarning qo‘llanishini o’rganish.
mavzuning vazifalari:

  • Ingliz va o‘zbek frazeologizmlarining lingvistik jihatlarini o’rganish;

  • Inson fe’l-atvoriga muqoysa etilgan zoonimlarni tahlil etish va guruhlarga ajratib chiqish.

  • Ingliz tilida zoonim qatnashgan frazeologik birliklarda uchrovchi hayvon nomlarini sarhisob qilish va bu hodisaga oid ilmiy amaliy manba’larni hulosalash

  • O’zbek tilidagi zoonimli o’shatmalar va ularning ingliz tilidagi ekvivalentlarini tahlil qilish.

amaliy ahamiyati – Shundan iboratki, qilingan sarhisob va hulosalardan Ingliz va uzbek tillaridan badiiy tarjima jarayonida, frazeologik lugatlar tuzishda, sohaga oid ma’ruza matnlari yaratishda,
BMI va magistrlik dissertatsiyalarini yozishda qo’llanilishi mumkin

I BOB. FRAZEOLOGIZMLARNING ASOSIY MAZMUNI VA UNING
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1.1. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot
Tilshunoslikda har bir tilning lug’at tarkibi leksik va frazeologik qatlamlardan iborat va lug’at tarkibidagi frazeologik qatlam frazeologiya sohasi deb yuritiladi va u tilshunoslikning mustaqil yo’nalishlaridan biridir. Frazeologiya hozirgi zamon tilshunosligining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, har bir tildagi turg’un birikmalarning ma’nosi va tuzilishini o’rganadi.
Frazeologiya (gr. phrasis – “ifoda”, logos – “ta‘limot”) atamasi ikki ma‘noda ishlatiladi:
1) til frazeologik tarkibini o’rganuvchi tilshunoslik sohasi; 2) shu tilning frazeologizmi majmui.
Frazeologiyaning o’rganish predmeti frazeologizmning tabiati va substansional xususiyatlari hamda ularning nutqda amal qilish qonuniyatidir.
Frаzеоlоgiya – tilshunоslikning mustаqil sоhаsi bo`lib, lеksikоlоgiya bаg‘ridаn ХХаsrning 50-yillаridаn bоshlаb mustаqil bo`lim, yangi sоhа sifаtidааjrаlib chiqdi.
Shu o‘rinda o‘zbek frazeologiyasi haqida ham quyidagilarni aytib o‘tish joizdir. Frazeologiya til hodisasidagi lingvistik sohadir. Frazeologiya alohida soha sifatida XX asrning 40-yillarida paydo bo’ldi. Frazeologiyaning rivojlanishida fransuz lingvisti Sh.Ballining fikrlari katta ahamiyatga egadir. Tilshunoslikning alohida bo’limi bo’lgan – frazeologiyada so’zning turg’un birikmalarini o’rganish masalasini hattoki А.А. Potebni, А.А. Shaxmatov, F.F. Fortunatov, Y.D.Polivanov, S.I. Abakumov va B.B.Bulaxovskiylarning 20-40 yillardagi o’quv-metodik qo’llanmalarida ham ko’rish mumkin. Frazeologiyani o’rganish bilan V.V.Vinogradov ham shug’ullangan bo’lib, aynan uning ishlarida frazeologiyaning asosiy tushunchalari, ko’lami va vazifalari aniq ifoda etilgan.
50-yillarda frazeologizm va so’z, so’z birikmalarining o’xshashligi va farqi masalalariga e’tibor qaratilgan. 50-yillarning oxiriga kelib frazeologiya muammolariga sistemali yondashuv ko’zga tashlandi, A.I.Smirnitskiy, O.S. Axmanovlarning ishlarida frazeologik birliklarning struktura-semantik qurilishga ega bo'lgan birlik ekanligi haqidagi ta’riflar paydo bo’ldi.
60-yillarda V.L.Arxangelskiy, N.N.Amosova, V.P.Jukov, A.V.Kunin, M.T.
Tagiyevlarning tilning strukturali tahliliga asoslangan g’oyalari asosida frazeologik tadqiqot metodlari intensiv ravishda ishlab chiqildi. Frazeologik tarkibning
strukturali tartibi I.I.Chernisheva, N.M.Shanskiylar tomonidan batafsil o’rganildi. Frazeologiyaning rivojlanishini R.N.Popov, V.N.Mokienko, A.I.Fedorovlarning ishlarida ko’rish mumkin.
M.M.Kopilenko va Z.D.Popovlar frazeologik birliklardagi leksemalarning bog’lana olish muammolariga oid yangi ilmiy izlanish metodlarini ishlab chiqdilar.
Frazeologik birliklarning paydo bo’lish jarayoni S.G.Gavrin va Yu.A.Gvozdarevlarning izlanishlarida ko’rsatilgan, hamda, so’zning frazeologik tarkibini o’rganish bilan Yu.Yu.Avaliani, A.D.Rayxshteyn va L.I.Rozeyzonlar shug’ullanganlar.
A.M.Babkin va A.I.Molotkovalarning ishlari esa frazeologizmlarning
lug’atlardagi ta’rifiga bag’ishlangan.
Frаzеоlоgiyaning аlоhidа lingvistik yo`nаlish bo`lib shаkllаnishidа, jumlаdаn, o`zbеk frаzеоlоgiyasining dunyogа kеlishidа V.V.Vinоgrаdоvning ahamiyati kattadir. O`zbеk tilshunоsligidа “Frazeologiya” sohasida
Sh.Rахmаtullаyеv, Y.Pinхаsоv, M.Husаinоv, I.Qo`chqortоyеv, B.Yo`ldоshеv kаbi zаbаrdаst оlimlаr ulkаn хizmаt qildilаr.
O`zbеk frаzеоlоgiyasining izchil ilmiy аsоsdа tаdqiq qilinishi Sh.Rахmаtullаyеv nоmi bilаn bоg‘liqdir. Olim bu sоhаgа bаg‘ishlаngаn bir qаtоr tаdqiqоtlаri bilаn milliy frаzеоlоgiyamizning yarаtilishigааsоs sоldi. Jumlаdаn, оlimning quyidаgi tаdqiqоt ishlаri mаvjud: «O`zbеk tilining izоhli frаzеоlоgik lug‘аti» (T., 1978), «O`zbеk tilining qisqаchа frаzеоlоgik lug‘аti» (T., 1964),
«O`zbеk frаzеоlоgiyasining bа’zi mаsаlаlаri» (T., 1966), «Основные грамматические особенности образных глаголных фразеологических единиц современного узбекского языка» (M., 1952), «Hоzirgi zаmоn o`zbеk tili» (T., 1957), «Frаzеоlоgik birikmаlаrning аsоsiy mа’nо turlаri» (T., 1955) vа h.z.
Tarjima – bu bir xalqning ma’naviy boyliklarini boshqa bir xalqqa yetkazib
berishda eng to’g’ri yo’ldir.
Ko’plab olimlar A.B.Kuninning frazeologizmlar to’g‘risidagi ta’rifiga asoslanadilar, ya’ni: “frazeologizmlar bular shunday so’z birikmalariki, ularning komponentlari to’la va qisman ko’chma ma’noga, ya’ni frazeologik ma’noga ega bo’lgan komponentlardan iborat. Frazeologik birliklarga umuman turg’unlik muhimdir, bundan tashqari so’z komponentlari qonuniy ravishda bir-biriga bog’liq bo’lib,unga strukturali semantik modellik xarakterli bo’ladi” [Кунин 1970, 24].
Tilshunoslikda har bir tilning lug’at tarkibi leksik va frazeologik qatlamlardan iborat va lug’at tarkibidagi frazeologik qatlam frazeologiya sohasi deb yuritiladi va u tilshunoslikning mustaqil yo’nalishlaridan biridir. Frazeologiya hozirgi zamon tilshunosligining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, har bir tildagi turg’un birikmalarning ma’nosi va tuzilishini o’rganadi.
Sharl Balli tilshunoslik sohasiga oid bo’lgan “Frazeologiya” tushunchasiga dastlabki izohni berganidan so’ng, tilshunoslikda Sh.Balli qarashlariga tayanib, frazeologiya tilshunoslikning tadqiqot ob’ektiga asosiy ko’mak beruvchi ilmiy qarash ekanligini kuzatishgan.
Frazeologizm til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan ortiq mustaqil leksema ko’rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma‘noviy tabiatga ega bo’lgan lisoniy birlik frazeologizm [Телия 1966, 7] deyiladi:

sirkasi suv ko‘tarmaydi

step on smb.'s corns

tepa sochi tikka bo‘ldi

tit for tat

o‘takasi yorildi

with flying colours

do‘ppisi yarimta

come a cropper

Frazeologizm ibora, frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror birikma, frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi.
Frazeologiya leksikologiya bo’limining tarkibiy qismidir. Frazeologizm tashkil etuvchisiga ko’ra qo’shma leksema, so’z birikmasi va gapga o’xshaydi. Biroq ular ko’proq qo’shma leksema kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bo’lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo’ladi.
Frazeologizmlarning tarkibida nechta so'z ishtirok etishiga qaramay, ular yagona umumiy ma'no bilan birlashadi va emotsional-ekspressiv ma'noni ifodalaydi. Frazeologizmlar badiiy adabiyotda obrazli va ta'sirchan vosita sifatida ko'p qo'llanadi.
Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini so’z tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma‘nodir. Frazeologik ma‘no o’ta murakkab tabiatli, leksemada bo’lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bo’lsa, boshqalari grammatik ma‘noga ega.

Yüklə 107,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə