Bob. Frazeologizmlarning asosiy mazmuni va uning o’ziga xos xususiyatlari


Frazeologizmlarda semantik munosabat



Yüklə 107,53 Kb.
səhifə7/21
tarix02.03.2023
ölçüsü107,53 Kb.
#101761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot

Frazeologizmlarda semantik munosabat.
Leksikada bo’lgani kabi frazeologiyada ham lisoniy-semantik munosabat amal qiladi. Bular : frazeologik sinonimiya, frazeologik antonimiya, frazeologik omonimiya.
Ma‘nodoshlik hodisasi frazeologizmlarda ham mavjud. Frazeologizmning ma‘nodoshlik paradigmasida birliklar ifoda semalari darajasiga ko’ra farqlanadi:
yaxshi ko‘rmoq – ko‘ngil bermoq yer bilan yakson qilmoq – kulini ko‘kka sovurmoq ipidan ignasigacha – miridan sirigacha qilidan quyrug‘igacha va h.
Ma‘nodosh frazeologizmlarning atash semasi bir xil bo’ladi.
Masalan, ipidan ignasiga – miridan sirigacha, qilidan quyrug‘igacha kabi iboralarida «butun tafsiloti bilan» atash semasi umumiy.
Ammo ular uslubiy xoslanganlik va bo’yoqdorlik darajasini ifodalovchi semalari bilan farqlanadi.
Sinonim frazeologizmlarni frazeologik variantdan farqlash lozim. Sinonim iboralarda ayni bir so’z bir xil bo’lishi mumkin. Lekin qolgan so’zlar sinonim leksemaning ko’rinishlari bo’lmasligi lozim. Jonini hovuchlab va yuragini hovuchlab iboralarida bir xil so’z mavjud. Ammo jon va yurak so’zlari sinonim leksema ko’rinishi emas. Кo‘ngliga tugmoq va yuragiga tugmoq iboralari frazeologik variant.
Frazeologik antonimiya. Zid ma‘noli antonimlar bir-biriga teskari tushunchani ifodalaydi. Misollar: ko‘ngli joyiga tushdi – yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, qoni qaynadi – og‘zi qulog‘iga yetdi.
Frazeologik omonimiya. Frazeologizmlar omonimik munosabatda ham bo’lishi mumkin. Misollar: so‘z bermoq I («va‘da bermoq»), so‘z bermoq II («gapirishga ruxsat bermoq»), boshga ko‘tarmoq I («ardoqlamoq»), boshga ko‘tarmoq II («to’polon qilmoq»), qo‘l ko‘tarmoq I («ovoz bermoq»), qo‘l ko‘tarmoq II («urmoq»).
Frazeologizm tashqi ko’rinishi jihatidan so’z birikmasi yoki gap ko’rinishida bo’ladi.
So’z birikmasi ko’rinishidagi frazeologizm:

ko‘ngli bo‘sh

A clever dog

tirraqi buzoq

Red sheep

enka-tinkasini chiqarmoq

work one's fingers to the bone/ to work very hard

beg‘araz mehnat (yordam), xolisona mehnat

a labour of love

muvaffaqiyatsizlikka uchramoq

come a cropper

surbet, bezbet

bold as brass

qo‘ynida ilon asramoq

A snake in the grass

o‘lmoq, qazo qilmoq

give up the ghost

og‘ir yuk, ortiqcha tashvish, dardisar

white elephant

Hulosa qilib aytganda frazeologizmlar, ogzaki va yozma nutqda qo’llaniluvchi muhim ifoda vositalari hisoblanadi. Frazeologizmlar kontekstdagi ma’noni teranroq tushunib olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy asarlarda esa, frzeologizmlar asarning badiiy bo’yoqdorligini oshiradi.

Yüklə 107,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə