Bob iqtisodiy ahamiyati va nazariy asoslari


Kichik biznes faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari



Yüklə 330,69 Kb.
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü330,69 Kb.
#147253
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish istiqbollari

1.2. Kichik biznes faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining mamlakat iqtisodiyoti rivojida naqadar muhim ekanini yuqorida ko’rib o’tdik. Endigi masala kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslari bilan tanishib chiqish. Kichik biznes faoliyatining tub mohiyati tadbirkorlik faoliyatiga borib taqaladi. “Tadbirkorlik faoliyati - tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” 2.
Qishloq joylardagi ish bilan band bo’lmagan aholini uyda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, ishlarni bajarishga jalb etish uchun ish beruvchilarga real rag’batlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperasiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 2006-yil 5-yanvardagi 3706-sonli Farmoni bilan kasanachilik faoliyati tashkil etildi. Unga ko’ra "kasanachilik" tushunchasi tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs - kasanachining yashash joyi bo’yicha yoki unga yoki uning oila a'zolariga tegishli bo’lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalari bo’yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish bo’yicha kasanachi tomonidan amalga oshirilayotgan ishini anglatadi.
Kichik biznes vaxususiy tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari ushbu sohaga taalluqli bo’lgan barcha me’yoriy huquqiy hujjatlarni qamrab oladi. Bu sohadagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni beruvchi eng asosiy huquqiy asoslaridan biri bu 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonundir. Unda tadbirkorlik faoliyati haqidagi dastlabki tushunchalar, kichik biznes sub’ektlari, ularga tavsif, tadbirkorlik faoliyatining huquq va majburiyatlari va boshqa qator masalalar keltirib o’tilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, yuritish, bu sohani moliyalashtirishga oid me’yoriy hujjatlar juda ko’p. mustaqillikning dastlabki paytlaridayoq ushbu sohaga e’tobor qaratilib huquqiy asoslarda ham kichik biznes va uning faoliyati qayd etib o’tildi. Xususan, 1990yil 31-oktabrdagi 152-XII-sonli "O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida"gi qonunga ko’ra tadbirkorlik faoliyati daromadlari banklarga qo’yilgan mablag’lari hisobiga ko’payib borishi haqida belgilab qo’yilgan.
Qolaversa, 1991-yil 9-yanvarga kelib, matbuotda "O’zbekistonda tadbirkorlik to’g’risida"gi qonun loyihasi e'lon qilindi. 1991-yil 15-fevraldagi "O’zbekistonda korxonalar to’g’risida"gi qonuni ham dastlabki qabul qilingan me’yoriy hujjatlar sirasiga kiradi.
Kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlashdagi birinchi qadami 1991-yil 29-noyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada dehqon va fermer xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida"gi 295-sonli Farmoni bilan boshlandi. O’tgan yillar davomida qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni shartli ravishda uch bosqichga bo’lib tahlil qilsak bo’ladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan, mustaqillikning ilk davrida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar birinchi bosqich ya’ni 1991-1999-yillarni o’z ichiga olgan davrga kiritsak bo’ladi. Keyingi davr ikkinchi bosqichga 2000-2005-yillarni keltirib o’tamiz. Bu davrda 2000-yil 25mayda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi va bu qonun sohaning yanada mustahkamlanishi uchun bazaviy hujjat bo’lib xizmat qildi. Qolaversa bu davrda 2000-yil 21-martdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida"gi 2564-sonli Farmonining qabul qilinishi bilan bog’liq. Sababi, shu farmon bilan ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xo’jaliklarini yuqori texnologik va innovatsiya loyihalarini kreditlash maqsadida "Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi" tuzildi.
Ushbu jamg’arma faoliyati 2000-yil 19-maydagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 195-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan kreditlar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag’larni to’ldirishga fermer xo’jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxs bo’lgan dehqon xo’jaliklariga 2 yil muddatga, investisiya loyihalarini mablag’ bilan ta'minlash uchun kichik tadbirkorlikning barcha sub’ektlariga, shu jumladan, yuridik shaxs bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklariga to’lov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yil muddatga hamda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo’ljallangan aylanma mablag’larni to’ldirish uchun dehqon va fermer xo’jaliklariga qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 30 oygacha beriladi.
Jamg’arma mablag’lari hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga tamakichilik va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari mahsulot yetishtirish bilan bog’liq bo’lgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va rekonstrusiya qilish, mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug’lik, mol va parrandalar sotib olish, xom ashyo va materiallar, shu jumladan, mollar uchun yem, omixta ozuqa, veterinariya preparatlar, o’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o’g’itlar, yonilg’i-moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish bo’yicha mexanizasiyalashtirilgan xizmatlar sotib olishga beriladi. Ushbu maqsadlar uchun beriladigan kreditlar foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining 50 % idan ortiq bo’lmagan miqdorda belgilanadi. 2000-yil 24-martdagi O’zbekiston Respubyulikasi Vazirlar Mahkamasining "Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 104-sonli qaror ijrosini ta'minlash maqsadida kichik biznes sub’ektlarini kreditlashga oid bir qator tartiblar ishlab chiqildi. Dastlabkisi, 2000-yil 29-fevraldagi "Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko’rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklarini milliy va xorijiy valutalarda mikrokreditlash" 902-sonli hamda "Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklari va kichik biznesning boshqa sub’ektlarini milliy va chet el valutasida mikrokreditlash" 903-sonli tartiblaridir. 2001-yil 10-sentabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklarini mablag’ bilan ta'minlash, moddiy-texnik ta'minlash, ularga bojhona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida"gi 366-sonli qarorining kuchga kirishi munosabati bilan yuqoridagi tartib qoidalari to’ldirildi. Endigi qaror qoidalariga muvofiq Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi kredit resurslarining kamida 50 % i har yili dehqon (yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan) va fermer xo’jaliklarining dastlabki sarmoyasini shakllantirish uchun tijorat banklarida maqsadli kredit liniyalari ochishga yo’naltiriladi. Yana bir qabul qilingan hujjat bu 2005-yil 2-fevraldagi "Qishloq xo’jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g’alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to’g’risida"gi 1448-sonli Nizomidir.

Yüklə 330,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə