Bob iqtisodiy ahamiyati va nazariy asoslari


III BOB. KICHIK BIZNESNI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI



Yüklə 330,69 Kb.
səhifə7/7
tarix11.12.2023
ölçüsü330,69 Kb.
#147253
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish istiqbollari

III BOB. KICHIK BIZNESNI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI


Mustaqillik yillarida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o’rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo’yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar hali ham dolzarbligicha qolmoqda:

  • Tadbirkorlik sub’ektlarining davlat, soliq, nazorat idoralari, tijorat banklari bilan o’zaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan ma’muriy reglament to’liq ishlab chiqilmaganligi;

  • Ochig’ligi ta’minlanmagan ko’plab ruxsat berish tartiblari hamon saqlanib qolayotgani;

  • Nazorat idoralarining tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda;

  • Kichik biznes mahsulotlarini hududiy va jahon bozorlariga olib chiqish bo’yicha amaliy mexanizm yaratilmaganligi;

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida e’tirof etilayotgan kreditlash jarayonidagi kredit olish va kredit qaytarish bilan bog’liq muammolar, ya’ni garovga oid talablarning birmuncha qattiqligi, kredit foiz stavkalari nisbatan yuqoriligi bilan bog’liq muammolar shular jumlasidandir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etib, kichik biznes muhitini yanada sog’lomlashtirish uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kichik biznes sohasiga yanada ko’proq imkoniyatlar yaratish maqsadida quyidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda:

  • Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkrolik sub’ektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish bo’yicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi;

  • Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’layotgan, shuningdek ishlab chiqarishning barqaror o’sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o’tkazish taqiqlandi;

  • 2012-yilning 1-yanvaridan sanoat sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 6 % dan 5 % ga kamaytirildi;

  • 2011-yilning 1-oktabrdan boshlab shunday tartib joriy etildiki, unga muvofiq soliq, bojhona bojlari va yig’imlari, shuningdek, boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddatlarini buzganlik uchun penya miqdori kechiktirilgan har bir kun uchun penyani hisoblash tartibi saqlangan holda, amaldagi miqdoriga nisbatan uchdan bir qismga kamaytirildi.

Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yo’lidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka ko’proq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi to’siq va g’ovlarni barataraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta’minlash maqsadida quyidagilar ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilandi:

  • Tijorat banklarini kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes sub’ektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi;

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi ortiqcha byurokratik to’siq va g’ovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka ko’proq erkinlik berish bo’yicha aniq choratadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish me’yorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish belgilandi;

  • Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va nazorat tuzilmalari bilan o’zaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish mexanizmini ularni electron tizim bo’yicha taqdim etishga bosqichma-bosqich o’tish orqali tubdab soddalashtirish amaliyotga joriy etilmoqda ;

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga soliq, bojhona hamda boshqa to’lovlar bo’yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga ko’maklashadigan qo’shimcha imtiyoz hamda prefertensiyalar berish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda;

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tijorat banklari bilan o’zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilshga yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini ko’paytirish;

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko’maklashish, eksport shartnomalarini ro’yhatdan o’tkazish jarayonini hamda umuman bojhona ma’muriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish;

  • Yuridik shaxslar tekshiruvlar natijalari bo’yicha qo’shimcha hisoblangan soliq va boshqa majbutiry to’lovlarni, shuningdek, moliyaviy sanksiyalarni undirish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida teng ulushlarda to’lash huquqiga ega;

  • O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi, Moliya Vazirligi O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini 2014-yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o’tkazish belgilandi.

Markaziy bank, O’zbekiston banklari assotsatsiyasi, tijorat banklarining tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va liberallashtirish bo’yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar qabul qilindi:

  • Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining kelishilgan hajmda kreditlar ajratish haqidagi arizalarining ko’rib chiqish muddati uch bank ish kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklash;

  • Xo’jalik sub’ektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan Tovar(ish, xizmat)lar uchun korporativ plastic kartalaridan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirishda to’lov cheklari birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirish;

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga bank muassasalariga eng ka mish haqining yigirma barobari miqdorigacha bo’lgan naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqini berish;

  • Xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy jamg’armalar va banklar bilan hamkorlikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi bo’yicha ta’minotni taqdim etish uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha kafolatlash fondini tashkil etish;

  • Mikrofirmalar va kichik korxonalar o’zi ishlab chiqargan

Tovar(ish,xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valuta tushumining 50 % ini majburiy sotishdan ozod etish;
Xulosa
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Markazsanoateksport” davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi qoshida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha “O’ztadbirkoreksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish va 2011-yilning oxirigacha respublika hududlarida uning vakolatxonalarini ochish to’g’risidagi taklifi berilgan;

  • Xo’jalik sub’ektlari o’rnatilgan texnologik uskunalarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yhat bo’yicha respublika hududiga olib kelinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar uchun 2016-yilning 1-yanvarigacha bojhona to’lovlarini (bojhona rasmiylashtirish yig’imlari bundan mustasno) to’lshdan ozod etiladi.

Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqning farovon turmush darajasi, qolaversa, mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog’liqdir. Bu holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlarida ham o’zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro’y beradi. Umumiy sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o’zgarishlar sanoat sohasiga talab natijasida sodir bo’ladi, shuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanishi hisobiga bu soha yanada yuksaldi. Hududlarning mashinasozlik va metallga ishlov berish, yengil sanoat, ayniqsa, trikotaj, tikuvchilik buyumlari, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sohalarida kichik biznesning o’rni va ulushi yetarli darajada emas.

1 .”Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lini izchil davom etttirish-taraqiyotimizning muhim omilidir.” 2010 yil, 8 dekabr. “Ma’rifat” gazetasi

2 “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonun 25.05.2000; №69-II

3 O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to’g’risida”gi Nizom 02.03.2000, № 906

4 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda
O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma “O’qituvchi”nashryoti, T.: 2012, 214-bet

5 Bozor, pul va kredit jurnali, 01/2013(188) son, 19-bet.

6 Bozor, pul va kredit jurnali, 01/2013(188) son, 32-bet.

7 Agrobank OATB ning shu 2011 yillik hisoboti asosida. www.agrobank.uz saytidan oilngan.


Yüklə 330,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə