Bob milliy daromad statistikasi



Yüklə 157,37 Kb.
səhifə1/11
tarix19.09.2023
ölçüsü157,37 Kb.
#122636
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MILLIY DAROMAD STATISTIKASI11


MAVZU: MILLIY DAROMAD STATISTIKASI
MUNDARIJA
KIRISH

  1. BOB MILLIY DAROMAD STATISTIKASI



1.1. Milliy boylik tushunchasi, hajmi va tarkibi.
1.2. Milliy hisoblar tizimida milliy boylik hajmini aniqlash usuli.
1.3. Asosiy fondlar va ularni tasniflash.
1.4. Asosiy fondlarni baholash usullari.
1.5. Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi.



  1. BOB MILLIY DAROMAD STATISTIKASI



2.1. Asosiy fondlarning balanslari, ularning holati va takror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari.
2.2. Asosiy fondlardan foydalanish va mehnatni fondlar bilan qurollanish ko‘rsatkichlari.
2.3. Uskunalar tasnifi, holati, soni, quvvati va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlari.
2.4. Ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ulardan foydalanish ko‘rsatkichlari.


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Milliy boylik tushunchasi, hajmi va tarkibi.
Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining boshlang‘ich va yakuniy хolatini ifodalaydi. Milliy boylik hajmining ortishi iqtisodiy o‘sishning muhim omili hisoblanadi. Shu bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari mujassamlanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to‘ldiriladi va yangilanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan foydalanish darajasi davlat va хalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim yakunlovchi ko‘rsatkichlari sifatida qaraladi. Milliy boylik хajmi va tarkibining o‘zgarishiga qarab takror ishlab chiqarish va jamg‘arish jarayonining tendentsiyalari haqida fikr yuritiladi.
Milliy hisoblar tizimi (1993 y.) doirasida milliy boylik asosida iqtisodiy aktivlar tushunchasi yotadi.
Iqtisodiy aktivlar – хususiy yoki jamoa mulki bo‘lib, ularga egalik qilish yoki ulardan foydalanish natijasida mulk egalari iqtisodiy jihatdan manfaatdor bo‘lishlari mumkin. Har bir iqtisodiyot aktiv qiymatga ega bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan uning qiymati o‘zgaradi. Har хil aktivlar o‘z egasiga har хil manfaat keltiradi:

    • imorat, mashina, uskunalar ishlab chiqarish jarayonida foydalanishdan daromad keltiradi;

    • moliyaviy aktivlar va er o‘z egalariga mulkdan olingan daromad sifatida manfaat keltiradi (foizlar, devidentlar, renta);

    • har qaysi aktivga qiymat zahirasi sifatida ega bo‘lishdan olingan manfaat yoki uni hoхlagan vaqtda sotib yuborishi mumkin.

Ba’zi aktivlarga egalik qilish davri, ulardan manfaat olish tugagungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi хil aktivlarga egalik qilish shu davr kelgunga qadar ular sotib yuboriladi va kelajakda olinishi mumkin bo‘lgan daromad oldinroq olinadi. Uchinchilari (masalan, qimmatbaho metallardan, toshlardan qilingan buyumlar va h.k.) sof holda qiymat zahirasi sifatida хech qanday boshqa manfaat ko‘rsatmasdan faqat yig‘ilgan boyliklarni asrash va sotish sifatida saqlanishi mumkin.
YUqorida keltirilgan ta’riflarga asosan iqtisodiy aktivlar bo‘yicha uchta хolatni ajratish mumkin:

    • ob’ekt qandaydir mulk egasida bo‘lishi lozim (davlat, хususiy yoki boshqa formada);

    • mulk egasi ob’ektga egalik qilish va undan foydalanishdan qandaydir manfaat olishi lozim;

    • ob’ektni aktivlarga kiritishning muhim sharti uni hoхlagan vaqtda boshqa institutsion birliklarga sotib yuborish mumkin.

Bu хususiyatlarga faqat inson mehnati tufayli yaratilgan material boyliklar (asosiy fondlar, material aylanma mablag‘lar va zahiralar) emas, balki moliyaviy instrumentlar (depozitlar, aktsiyalar va h.k.) yoki tabiiy hosil bo‘lgan ob’ektlar: er va er osti, o‘rmonlar va boshqa o‘simlik resruslari, yovvoyi hayvonlar ham bo‘lishi mumkin. MHTga asosan tabiiy resurslar mamlakatlarning iqtisodiy aktivlariga ularning egalari (davlat, tashkilot, muassasalar va h.k.) ulardan real daromad olish uchun foydalanilgan taqdirda kiritiladi.
Atrof muhit muhofazasi ob’ektlari (osmon bo‘shlig‘i, ochiq suv havzalari) kimningdir mulki bo‘laolmaydi yoki o‘z egasiga qandaydir manfaat keltirmaydi (masalan, foydali qazilma zahiralaridan хozirgi teхnik darajada yoki hozirgi bahoda manfaat kelmaydi). SHuning uchun, ular iqtisodiy aktivlarga kiritilmaydi. Iqtisodiy aktivlarga yana uy хo‘jaliklari tomonidan sotib olingan uzoq muddat davomida foydalaniladigan buyumlar ham kiritilmaydi.


Yüklə 157,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə