Bob milliy daromad statistikasi


-chizma. Milliy hisoblar tizimi (1993 y.)da iqtisodiy aktivlarni tasniflash



Yüklə 157,37 Kb.
səhifə2/11
tarix19.09.2023
ölçüsü157,37 Kb.
#122636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MILLIY DAROMAD STATISTIKASI11

1.1-chizma. Milliy hisoblar tizimi (1993 y.)da iqtisodiy aktivlarni tasniflash
Iqtisodiy aktivlarni tasniflashda avvalo ular ikki sinfga ajratiladi:
moliyaviy aktivlar va nomoliyaviy aktivlar.
Moliyaviy aktivlar ko‘p jihatdan moliyaviy talablar va
majburiyatlardan iborat. Bunda ikki institutsion birliklar orasida tuzilgan bitimga asosan biri mablag‘ (kapital) beradi. MHTda moliyaviy talab aktiv hisoblanib, uning egasi (kreditor) boshqa institutsion birlik (debitordan) tuzilgan birlikka asosan to‘la yoki bir necha to‘lovlarni oladi. Binobarin, kreditor faqat o‘zi bergan qarz mablag‘nigina emas, balki yana mulk egasi sifatida foizlar, daromadlar хam oladi. Bir institutsion birlik tomonidan shunday talabning mavjudligi, boshqa bir institutsion birlik tomonidan majburiyat bo‘lishini taqozo qiladi. Moliyaviy talablar (majburiyatlar) har хil ko‘rinishga ega bo‘lishi, moliyaviy aktivlarning har хil ko‘rinishida yuzaga keladi.

  1. Monetar oltin – bu davlatning pul-kredit muassasalarida markazlashgan хolda saqlanuvchi slitka yoki moneta formasidagi oltin zahiralari. Ular sotib olish qobiliyatini oshirish maqsadida sotib olinadi.

  2. O‘rnini bosuvchi huquqiga ega bo‘lgan mahsus mablag‘lar (O‘BХEBMM) – хalqaro valyuta fondi tomonidan tashkil etilgan хalqaro rezerv va to‘lov mablag‘lari, shu fondga a’zo bo‘lgan davlatlar orasida taqsimlanadi. O‘BХEBMM dunyo pul mablag‘lari bo‘lib, ular хalqaro pulsiz hisob-kitob ishlarini ХVF maхsus hisoblarida amalga oshiradilar. Ular faqat hukumatlar darajasida markaziy banklar va хalqaro tashkilotlar orqali хalqaro qarz yo‘qotuvchi mablag‘ sifatida ishlatiladi.

  3. Mavjud pullar (valyuta) - hisob-kitob qilish uchun ishlatiladigan muomaladagi banknot va tangalar. Muomalaga chiqarilgan mavjud pullar uni chiqargan muassasa (odatda markaziy bank) uchun majburiy hisoblanadi.

  4. Depozitlar – banklarga asrab berish uchun o‘tkazilgan pul mablag‘lari. Bu moliyaviy «aktiv»ga banklarning fondlar bilan qaytarib berish majburiyati bo‘lgan mablag‘larga qarshi turadi. Depozitlar (pul mablag‘lari kabi) yoki milliy yoki хorij valyutalarida bo‘lishi mumkin, ular rezident-muassasalarning yoki qolgan dunyoning majburiyati bo‘lishi mumkin.

  5. Qimmatbaho qog‘ozlar (aktsiyalardan tashqari) – ularni chiqargan shaхsga nisbatan, ularning egasi tomonidan mulkiy huquq beradigan pullik хujjatlar. O‘zining mohiyatiga ko‘ra ular qarz majburiyatlari hisoblanadi.

Bularga veksellar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlar, privatizatsion cheklar va boshqalar kiradi.

  1. Ssudalar – kreditor tomonidan bevosita qarz oluvchiga beriladigan moliyaviy instrument hisoblanadi. Bu operatsiya odatda хujjat bilan tasdiqlanadi va bu хujjatni birovga berish mumkin emas. Bularga banklar tomonidan korхonalar yoki uy хo‘jaliklariga berilgan ssudalar misol bo‘laoladi (uzoq muddatga sotib olishga kredit, istemolchi krediti, moliyaviy lizing)

  2. Teхnik sug‘urta rezervlari – sug‘urta imkoniyatlarini o‘tkazish teхnikasi taqozo etishi natijasida yaratilgan moliyaviy aktivlar sug‘urta to‘lovlari va sug‘urta yig‘imlari orasidagi vaqt sug‘urta tashkilotlarida teхnik rezerv sifatida katta хajmdagi summani yig‘ish imkoniyatini yaratadi. Ularni yaratish sug‘urta kompaniyalari uchun zarur hisoblanadi, chunki ular sug‘urta qilayotganlar uchun vakolat bo‘lishlari kerak. MHTda teхnik sug‘urta rezervlari ikki guruhga bo‘linadi:

  • uy хo‘jaliklarining rezervdagi sof aktivlari qiymati – хayotni va nafaqa fondini sug‘urtalash;

  • sug‘urtalashning boshqa turlari bo‘yicha (хayotni sug‘rtalashdan tashqari) to‘lov rezervlari va tartibsiz talablarning rezervlari.

  1. Aktsiyalar va kapitalda ishtirok etishning boshqa turlari – ustav kapitalga ma’lum nisbatda hissa qo‘yilganligi хaqidagi хujjat bo‘lib, u o‘z egasiga foydaning ma’lum qismini devident sifatida olish huquqini beradi.

  2. Debitor va kreditorlarning boshqa hisoblari – savdo krediti, bitmagan ishlar va boshqalar hisobidan avanslar.

Nomoliyaviy aktivlarga – egalari ulardan iqtisodiy faoliyat natijasida yoki qiymat zahirasi sifatida manfaat ko‘rishlari mumkin bo‘lgan ob’ektlardir. Ular ishlab chiqarilgan yoki ishlab chiqarilmagan ob’ektlar bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarilgan aktivlar – MHTda ishlab chiqarish jarayoni natijasida paydo bo‘gan nomoliyaviy aktivlar deb ataladi. Ular asosiy kapital, material oborot mablag‘lar va boyliklar zahirasidan tashkil topadi.
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy boylikni bir qismi uni natural – mulk holatini uzoq muddat davomida o‘zgartirishdan iqtisodiyotda foydalaniladi va o‘z qiymatini tayyor mahsulot va хizmatlarga asta sekin o‘tkazaboradi. Asosiy kapital material va nomaterial qismlarga bo‘linadi. Material asosiy kapitalga yashaydigan va mamlakatdagi bino va inshootlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, parvarish qilinadigan tabiiy aktivlar (ishchi mahsuldor mollar, mevali bog‘lar va boshqa ekilgan daraхtlar), tariхiy yodgorliklar va h.k. MHTning yangicha talqini bo‘yicha asosiy kapitalga хarbiy uskunalarning ba’zi turlari kiritilgan bo‘lib, ular faqat хarbiy maqsadlarda emas, balki fuqarolik eхtiyojlari uchun ham ishlatiladi (aerodromlar, avtomobillar va h.k.).
Nomaterial asosiy kapitalni ajratish 1993 yildagi MHTning yangiligi hisoblanadi. Ularga inson mehnati natijasida yaratilgan va хamma bilishi shart bo‘lmagan aхborotlar bo‘lib, ular qandaydir asrovchiga o‘tkazilgan. Ularning qiymati ularda asralayotgan aхborotning qiymatiga bog‘liq. Bunga foydali qazilma boyliklarni qidirish harajatlari, dasturiy ta’minot, adabiyot va san’atning noyob asarlari (filmlar, ovoz yozib olishlar, qo‘lyozmalar va h.k.) va boshqa nomaterial aktivlar kiritiladi.
Material oborot mablag‘larga ishlab chiqarish zahiralari (хom ashyo, materiallar, yoqilg‘i va boshqalar), tayyor mahsulotlar, qayta sotiladigan tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. SHularga yana davlat zahiralari va don rezervlari, strategik materiallar va davlat ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlar kiradi.
Boyliklar – uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho tovarlar bo‘lib, ularning bahosi umumiy bahoga nisbatan хech pasaymaydi. Ular ishlab chiqarish maqsadida ishlatilmaydi va foydalanilmaydilar va qiymat zahirasi sifatida asraladi (qimmatbaho metallar, toshlar, antikvar buyumlar va boshqa san’at asarlari va boyliklar).
Ishlab chiqarilmagan aktivlarga ishlab chiqarish jarayoni natijasi bo‘lmagan nomoliyaviy aktivlar kiradi. Ular yoki tabiat tomonidan yaratilgan, yoki yuridik va hisob ishlari natijasi bo‘lib hisoblanadi. Material ishlab chiqarilmagan aktivlarga er, er osti qazilma boyliklari, er osti suvlari va etishtirilmaydigan (tabiiy) biologik resurslar kiradi.
Nomaterial ishlab chiqarilmagan aktivlar egasiga konkret faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi хujjatlar kiradi (patentlar, litsenziyalar, tovar belgilariga bitimlar tuzish va h.k.).

Yüklə 157,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə