Kapital qo'yilmalar va kapital bozori Reja



Yüklə 37,63 Kb.
səhifə1/11
tarix19.12.2023
ölçüsü37,63 Kb.
#152062
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kapital qo\'yilmalar va kapital bozori


Kapital qo'yilmalar va kapital bozori


Reja:

1. Kapital deganda odamlar yaratgan manbalar tushuniladi. Bu uning tabiat omillari tomonidan yaratilgan turli xil resurslarni birlashtirgan er omilidan farqi.


2. Kapital faqat ishlab chiqarish faoliyati uchun foydalaniladigan buyumlardir. Poyafzal, oziq-ovqat, shaxsiy avtoulovlar va boshqa mahsulotlar odamlar tomonidan yaratilgan bo'lsa ham, ishlab chiqarishda ishlatilmaydi va kapital hisoblanmaydi.
3. Kapital ishlatiladigan ishlab chiqarishning maqsadi foyda hisoblanadi.

Kapital ishlab chiqarish omillari orasida etakchi o'rinlardan birini egallaydi, chunki u zamonaviy iqtisodiyotga ularning asosiy xususiyatlarini taqdim etadi:



  1. ularning sanoat (texnologik) tabiati;

  2. ijtimoiy ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi;

  1. Kapital qo’yilmalarning mazmun mohiyati

Kapital qo’yilmalar - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida yangi
qayta qurilgan, hamda kengaytirilgan joriy asosiy jamg’armalar tashkil qilishga
mo’ljallangan moliyaviy mablag’lar. Mablag’lar muntazam tayyorlov bosqichidan qurilish ishlab chiqarish bosqichiga aylanadi, shundan so’ng mahsulotni sotish bosqichiga o’tiladi, bunda ular jamg’arma bo’lib o’zgaradi. Kapital qo’yilmalar quyidagi xarajatlarga yo’naltiriladi:

  • qurilish-montaj ishlariga;

  • turli jihozlarni va asboblarni sotib olishga;

  • boshqa har qanday xarajatlar - loyiha qidiruv ishlari, qurilish maydonini tayyorlash kabilar.

Yuqorida qayd qilingan uch elementning o’zaro nisbati kapital
qo’yilmalarning tuzilishini tashkil qiladi. U tarmoq texnologik va takror ishlab
chiqarish tuzilishi bilan ta’riflanadi. Kapital qo’yilmalar xalq xo’jaligi sohalarida
buyurtmachilarga ularning mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji, rivojlanish va haqiqiy
ishlab chiqarish kuchlariga qarab taqsimlanadi. Bu esa soha tuzilishini tashkil
qiladi. Kapital qo’yilmalarning texnologik tarkibi qurilish - montaj ishlarining,
jihozlarning, asbob-uskunaning, shuningdek jamg’armaning mulkiy hajmi
hisobidagi turlicha xarajatlarning ratsional hajmini aniqlashga qaratilgan.
Kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishini qurilish-montaj ishlariga
sarflayotgan xarajatlar miqdorini kamaytirish yo’li bilan amaldagi asosiy
jamg’armalardan ham to’liq foydalanish imkonini beradi. Amaldagi
korxonalarning quvvatlarini qo’llab-quvvatlashda, ularni texnik qayta
qurollantirishda, kengaytirish va qayta qurishda, shuningdek yangi korxonalarni
qurishda kapital qo’yilmalarining takror ishlab chiqarish tuzilishini aks ettiradi.
Kapital qo’yilmalar tarmoq, texnologik va takror ishlab chiqarish tarkiblari
bilan ta’riflanadi. Kapital qo’yilmalarning tarmoq tarkibi-bu xalq xo’jaligi
tarmoqlari bo’yicha kapital qo’yilmalarning miqdoriy nisbatini aks ettiradi.
Kapital qo’yilmalarning tarkibi – mashina va asbob-uskunalarni sotib olishga
va qurilish montaj ishlarini amalga oshirishga ketadigan xarajatlar orasidagi
nisbatni aks ettiradi. Asosiy fondlarning aktiv qismini (mashina va asbobuskunalarni takror ishlab chiqarishning kapital qo’yilmalardagi ulushini oshirish
yo’li bilan ularning tarkibini takomillashtirish sarflar samaradorligini oshirishning
muhim yo’nalishi hisoblanadi. Kapital qo’yilmalarni takror ishlab chiqarish tarkibi ularni bir tomondan yangi qurilishlarga, ikkinchi tomondan mavjud korxonalarni qayta qurish va texnik qayta qurollantirishni va kengaytirishga saflanadigan mablag’lar miqdori o’rtasidagi nisbatni aks ettiradi. Kapital qo`yilma ob`ektlaridan foydalanuvchilar - bular yuridik va jismoniy shaxslar, hamda davlat organlari, mahalliy hokimiyat, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar bo`lib, ushbu ob`ektlar ular uchun yaratiladi. Investitsiya faoliyatida kapital qurilishni mablag` bilan ta`minlashni ochish uchun buyurtmachi tomonidan xizmat ko`rsatuvchi bankka quyidagilarni taqdim etadi:

  1. qurilishlarning aniq mo`ljalli ro`yxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq
    ro`yxati);

  2. qurilishning titul ro`yxati;

  3. buyurtmachi bilan pudratchi o`rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;

  4. pudratchi tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug`urtalash yuzasidan
    shartnomasi nusxasi;

  5. qurilish – montaj ishlarini bajarishga “Davarxitektqurilish” qo`mitasining
    ruxsati.

Qurilishlarning aniq mo`ljalli ro`yxati ob`ektlar ro`yxatini, shuningdek
ulardan foydalanish yo`nalishlari bo`yicha ishlar va xarajatlar hajmini o`z ichiga
oluvchi har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida tuziladigan
moliyaviy hujjat. Qurilishning titul ro`yxati - qurilishning butun davriga kapital qo`yilmalar hajmini va uni sarflash yo`nalishlarini ko`rsatgan, uning texnik – iqtisodiy ko`rsatkichlarini aks ettirgan holda har bir ob`ekt bo`yicha tuziladigan moliyaviy hujjatdir.

Yüklə 37,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə