Kapital qo'yilmalar va kapital bozori Reja


Korxonalar investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari



Yüklə 37,63 Kb.
səhifə8/11
tarix19.12.2023
ölçüsü37,63 Kb.
#152062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kapital qo\'yilmalar va kapital bozori

3. Korxonalar investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari
Iqtisodiy tarkibning qayta qurilishi faol investitsiya siyosatini o`tkazish bilan
chambarchas bog`liqdir. Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish
islohotlar strategiyasining muhim shartidir. Iqtisodiyot tuzilishining belgilangan
yo`nalishlari eksport imkoniyatining kengaytirilishiga, baquvvat investitsiya
siyosatini o`tkazish yo`li bilangina erishish mumkin. Buning uchun o`z
sarmoyalarimizni ham, tashqi kreditlarni ham bevosita investitsiyalar va ularning
barcha manbalarini ham ishga solish zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar, shu jumladan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo`li bilan, kreditlar evaziga qonunchilikda belgilangan holda qimmatli qog`ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga amalga oshiriladi. Korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirish turli shakl va usullarda olib boriladi. Hozirgi vaqtda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini
shakllantirish, investitsiya faoliyatining bosh muammolaridan biri hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirish
quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilmoqda:
1) investorning o`z moliyaviy resurslari va ichki xo`jalik rezervlari (foyda,
amortizatsiya ajratmalari, maxsus zahira fondlari);
2) investorning qarz mablag`lari (bank krediti, budjet krediti, obligatsiya
bo`yicha qarzlar);
3) jalb qilingan moliyaviy resurslar (aksiyalarni sotish, mehnat jamoasining
pay va boshqa ko`rinishdagi badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va
boshqa badallari);
4) budjetdan investitsion assignatsiyalari (mahalliy, davlat va budjetdan
tashqari fondlar mablag`lari).
5) chet el investitsiyalari (chet el kreditlari, to`g`ridan-to`g`ri chet el
investitsiyasi, qo`shma korxonalar ko`rinishida);
6) lizing va seleng (investitsion loyihalarni moliyalashtirishning bir turbo`lib, asbob-uskuna, transport vositalari, bino va inshootlarni ijariga yoki
intellektual mulkdan foydalanish huquqini berish tushuniladi).
Ushbu moliyalashtirish shakllari va manbalarining har biri o`zining ijtimoiy
siyosiy va iqtisodiy jihatlariga ega, shu sababli investitsion loyihalarni
moliyalashtirish shakllarini tahlil qilib eng qulay shakl va usul tanlanadi.

Yüklə 37,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə