Kapital qo'yilmalar va kapital bozori Reja


Investitsion loyihani moliyalashtirishning qarzga olingan manbai bo`lib



Yüklə 37,63 Kb.
səhifə10/11
tarix19.12.2023
ölçüsü37,63 Kb.
#152062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kapital qo\'yilmalar va kapital bozori

2. Investitsion loyihani moliyalashtirishning qarzga olingan manbai bo`lib,
bank kreditlari, ipoteka ssudalari, sug`urta kompaniyalaridan olingan qarzlar
yoki budjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar hisoblanadi.

Ushbu, moliyalashtirish manbalari ma`lum muddatga qaytarish va to`lovlilik shartli asosida beriladi. Investitsion loyihalarni kredit asosida moliyalashtirishning
afzalroq tomoni shundaki, faoliyat yuritayotgan korxona uchun modernizatsiya,
rekonstruksiya ishlari va kerakli me`yorda ishlab chiqarish quvvatini ta`minlashda,
ya`ni korxona ishlab chiqarish faoliyatni kengaytirmoqchi bo`lsa, kreditdan
foydalangani ma`qul, chunki, ishlab turgan korxona aktivlari ushbu kreditlar
qaytarilishiga garov bo`lib xizmat qilishi mumkin.
Yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilotlar uchun esa investitsion
loyihalarni moliyalashtirish uchun, aksioner kapitalidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir, chunki yangi tashkil etilgan korxonalar uchun bank kreditidan
foydanish yuqori risk bilan bog`liq bo`lib, kredit olishda korxona uni qaytarish
uchun yetarli darajada moliyaviy resurslar bilan yoki boshqa aktivlar bilan
ta`minlanmagan bo`lishi mumkin, bunday shartlarni yangi korxona bajarmasligi
sababli, aksionerlik kapitalidan foydalanadilar. Likvidlik bilan bog`liq bunday
vaziyatlarda yangi korxona qiyin vaziyatlarga tushib qoladi. Loyiha yaxshi
baholanganda, ham, yaxshi texnik asoslanganda ham banklar yuqori foiz
stavkasida kredit berishlari mumkin. Aksioner kapitali esa bunday muammolar
keltirib chiqarmaydi, ammo uni yig`ish ancha murakkab vazifadir, bank kreditlari
esa bundan mustasnodir. Investitsion loyihalarni kreditlash sharti, foiz stavkasi o`zgarishi bilan loyiha iqtisodiy ko`rsatkichlarlarining o`zgarishi orasidagi munosabat bilan aniqlanadi. Ma`lumki, foiz stavkasi o`zgarmas va o`zgaruvchan bo`ladi. Shu sababli korxona investitsiya loyihasini moliyalashtirishda kredit olmoqchi bo`lsa, u uzoq muddatli bo`lsa, u holda o`zgarmas foiz stavkasidagi kreditdan foydalanadi. Yaxshi asoslangan loyiha uchun qarz mablag`lari olish bir muncha osonroq bo`ladi. Moliyalashtirish jarayonini qarzga olinadigan mablag`larni hajmini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq bo`ladi, bu kredit olishni kafolatlashi mumkin. Ushbu ssuda kapitalini quyidagilarga yo`naltirilishi mumkin: asbobuskunalar harid qilish, ishlab chiqarishni kengaytirishga, modernizatsiya,
rekonstruksiya qilish va boshqalarga. Ssuda kapitalini quyidagi turlarga ajratish
mumkin: aylanma mablag`larni tashkil qilish maqsadida tijorat, bank yoki moletkazib beruvchilarning turli xil shakldagi kreditlari yoki milliy va xorijiy
moliyaviy institutlarining uzoq muddatli kreditlari. Bank tomonidan olinadigan foizlar beriladigan kreditning hajmi, muddati uning ta`minlanganligi, kreditlash shakli, kreditning risk darajasi va boshqalarga bog`liq tarzda differensiyallashadi. Hozirgi vaqtda investorlar tez qaytish beruvchi tadbirkorlik faoliyatiga kreditlarni jalb qilmoqdalar. Kreditlar, kreditlash muddatiga ko`ra qisqa muddatli (1 yilgacha) va uzoq muddatli (1 yildan yuqori) turlarga bo`linadi. Korxonaning asosiy fondlari uchun olingan uzoq muddatli kreditlarni odatda investitsiya deb atashadi. Uzoq muddatli kreditlarning ob`ektiv zarurligi korxonani ishlab chiqarishini kengaytirish
ehtiyojidan kelib chiqadi. Aynan shu sharoitda kredit munosabatlarida uzoq
muddatlilik harakteri vujudga keladi. Bu qarzdorga o`z mablag`larini o`z
muomulasidan olishga (aylanmasidan olishga) nisbatan, bir muncha qisqaroq
vaqtda pul mablag`larini olish imkoniyatini beradi. Kapital qo`yilmalarni
moliyalashtirishning kredit usulining afzallik tomoni mablag`larni qaytarishlik
bilan bog`liqdir. Bu kapital qo`yilmalarni haqiqiy qoplanishi va kreditni qaytarilishini nazaratini kuchaytiradi. Bu esa o`z-o`zidan mablag`lardan
foydalanish samaradorligini oshiradi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, kapital qo`yilmalarni iqtisodiyot tarmoqlariga jalb
qilish orqali rivojlangan bozor iqtisodiyotini barpo etish bilan bog`liq ko`pgina
vazifalarni hal etishga muvaffaq bo`lamiz. Uning amalga oshirilishi birgina
qo`shimcha faoliyat va ishlab chiqarishning yo`lga qo`yilishini ta`minlab
qolmasdan, balki jamiyat hayotining haqiqiy darajasini ko`rsatib beruvchi aholi
turmush farovonligining oshishiga va davlat boyligining ko`payishiga hamda uning
iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qiladi. Kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish manbalarini qidirib topish, ishlab chiqarishga investitsiyalarni, jumladan xorijiy kapital qo`yilmalarni jalb etish orqali mavjud sohalarni rivojlantirish mumkin. Bunday moliyalashtirish mulkchilikning turli shakllariga mansub xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatini yanada samarali bo`lishiga yordamlashadi, xo`jalik amaliyotida asta-sekin bosqichma-bosqich iqtisodiy o`sishni kengaytirishga, xorijiy kapital qo`yilmalarnini jalb qilish imkoniyatini oshiradi, takror ishlab chiqarishni har tomonlama jadallashtirishga imkon beradi, xususiy sektorni investitsiyalash
imkoniyatlarini kengaytiradi. Kapital qo`yilmalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmiga ustuvorlik berish, buning uchun qulay shart-sharoit yaratish (imtiyozlar va boshqalar), moliyalashtirishning turli usullaridan faol foydalanish, aholi mablag`larini faol jalb qilish, foiz stavkalarini diversifikatsiyalash, yangi texnika-texnologiyalarni o`zlashtirishda chet el kreditlari va kapital qo`yilmalarini faol jalb qilish maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 37,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə