Kapital qo'yilmalar va kapital bozori Reja


Qurilishda ish hujjatlari



Yüklə 37,63 Kb.
səhifə2/11
tarix19.12.2023
ölçüsü37,63 Kb.
#152062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kapital qo\'yilmalar va kapital bozori

Qurilishda ish hujjatlari – alohida binolar va inshoatlarga hamda ish turlariga ish chizmalari komplektidir. Kapital qo`yilma – bu, yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob`ektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog`liq bo`lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig`indisiga aytiladi. Kapital qo`yilmalar iqtisodiy jihatdan kapital investitsiyalarni anglatadi, ular deyarli bir mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatish sohasida kiritiladigan investitsiyalarni – qo`yilmalarni – xarajatlar majmuasini anglatadi. Shu o`rinda, kapital qo`yilma yoki capital investitsiyalarning real investitsiyalardan farqlab olish zarur. Real investitsiyalar fizik ob`ektlarga kiritiladigan investitsiyalar majmuasini bildirib, ular nafaqat mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko`rsatish ob`ektlariga kiritiladigan investitsiyalarni anglatadi, balki boshqa turdagi noishlab chiqarish ob`ektlariga va tijorat maqsadlari ko`zlanmaydigan sohalarga, xususan ijtimoiy samara olib keluvchi sohalarga ham kiritiladigan investitsiyalardan iborat bo`ladi. Real capital qo`yilmalar esa, faqat ishlab chiqarish fondlarini takror ishlab chiqarish bilan bog`liq xarajatlarni o`z ichiga oladi.

  • Kapital qo`yilmalarning tarkibiy tuzilishi quyidagilardan iborat:
    kapital qo`yilmalarning tarmoq tuzilishi, ya`ni jamiyat miqyosida kapital
    qo`yilmalarning tarmoqlar bo`yicha sarflangan qiymatini anglatadi;

  • kapital qo`yilmalarning texnologik tuzilishi, ya`ni asosiy fondlarning aktiv
    elementlari va passiv elementlariga sarflangan xarajatlar nisbatini anglatadi.

Aktiv elementlar deganda, o`z qiymatini bevosita mahsulot yoki xizmatlar tannarxiga o`tkazuvchi, bevosita amortizatsiyalanuvchi elementlar va ob`ektlar tushuniladi, bularga texnologik uskunalar, mashina va qurilmalar qiymati misol bo`ladi.
Passiv elementlar esa o`z qiymatini tannarx tarkibiga bilvosita kiritib boruvchi ob`ektlar va vositalar qiymatini anglatadi. Ularga bino-imoratlar, mebel, ofis jihozlari, kompyuter texnikasi va moddiy hamda nomoddiy ob`ektlar misol bo`la oladi;

  • kapital qo`yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi, ya`ni mavjud
    ob`ektlarni qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi ob`ektlarni
    barpo etish va harakatdagi korxonalarni kengaytirish bo`yicha qilingan
    xarajatlarning nisbatiga aytiladi. Kapital qo`yilmalar qiymati davlat, korporativ va xususiy investitsiyalarni rejalashtirish jarayonida qo`llaniladi, ular asosida investitsion faoliyat prognozlashtiriladi. Yillik o`zlashtirilish zarur bo`lgan kapital qo`yilmalar hajmi Davlat investitsiya dasturida ko`rsatib o`tiladi. Kapital qo`yilmalar hajmi Dastur tarkibidagi dastlabki hujjatda aks ettiriladi. Kapital qo`yilmalar hajmi O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi, qo`yilmalar qiymatini aniqlashda, Moliya vazirligi va Markaziy bank ham ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda korxonalarni qayta qurish, kengaytirish va texnik qayta qurollantirishga katta miqdorda kapital qo’yilmalari yo’naltirilmoqda. Ishlab
    turgan korxonalarga kapital qo’yilmalarning sarflanishi texnik taraqqiyotning
    jadallashib borishi va ishlab turgan texnikaning eskirib borishiga bog’liqdir.
    Agarda mamlakatning yangi tabiiy boyliklar konlari ochilishi bilan bog’liq
    bo’lgan mintaqalarda kapital qo’yilmalarni yangi korxonalarni qurishga va yangi
    quvvatlarni barpo qilishga sarflanishi to’g’ri bo’lsa, boshqa mintaqalarda, ayniqsa
    qayta ishlash sanoatidagi, ishlayotgan korxonalarni qayta qurish, texnik qayta
    qurollantirish to’g’ri bo’ladi. Hozirgi sharoitda ilgari qurilgan ko’pgina korxonalarda eskirgan uskunalarni modernizatsiyalash zarurati yuzaga kelgan. Bu ishlab chiqarishning intensivlashga va texnikani hozirgi zamon talablariga javob berishiga va mehnat unumdorligini oshishga olib keladi. Qator mintaqalarda qayta qurish ushbu mintaqa iqtisodiyotini ko’p qirrali rivojlantirish, korxonalarni zarur buyumlar bilan ta’minlanishi uchun ham zarurdir. Ammo ishlayotgan korxonani qayta qurish har bir holatda chuqur iqtisodiy asoslarni talab qiladi. Tajribaning ko’rsatishicha ayrim korxonalarda dastlabki iqtisodiy hisobkitoblarning qilinmaganligi natijasida qayta qurish bo’yicha samarasiz ishlarni amalga oshirildiki, natijasida qayta qurishga ketgan sarflardan ham oshib ketdi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital qo’yilmalar samaradorligini oshirish birinchi navbatda korxonalarni texnik qayta qurollantirish, mexanizatsiya va avtomatizatsiya, uni ixtisoslashtirish, texnologiyani yaxshilash va tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi va bank kreditlari hisobiga korxonalarni texnik qurollantirish ko’payib boradi. Kapital qo’yilmalar dastavval boshlangan qurilishlarni tugatish va ishga tushirish lozim bo’lgan ob’ektlarga yo’naltiriladi, shuning asosida ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni ishga tushirishga erishiladi.


Yüklə 37,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə