Yoshlik I” konini o’zlashtirish” loyihaci to’g’risida ma’lumotnoma



Yüklə 18,89 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü18,89 Kb.
#131380
агмк


Yoshlik I” konini o’zlashtirish” loyihaci to’g’risida
MA’LUMOTNOMA
 (01.03.2023 yil holatiga)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020 yil 26 maydagi PQ-4731-son qaroriga muvofiq mazkur loyihani amalga oshirish natijasida:
loyihaning birinchi bosqichida (2017-2024 yy.) yiliga 65,0 mln tonna ma’dan qazib olinadigan kon, 60,0 mln tonna ma’danni qayta ishlovchi 3-Mis boyitish fabrikasi va fabrika infratuzilmasi hamda 650 megavatt quvvatli tashqi elektr ta’minoti quriladi.
Ikkinchi bosqichda, ya’ni 2024-2028 yillarda 400 ming tonna mis katodi, 40 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab chiqarilishiga erishiladi.
Uchinchi bosqichda 2030 yilga kelib 500 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 300 tonna kumush ishlab chiqarilishiga erishiladi.
Bugungi kunda obyektda togʻ-kon ishlari olib borilmoqda, 1 733 nafar ishchi-xodimlar va 400 dona texnika ishlamoqda.
Bosh loyihachi “Giprotsvetmet” AJ tomonidan bugungi kunga qadar loyihaning birinchi navbati boʻyicha texnik-iqtisodiy ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. Ishchi hujjat ishlab chiqilmoqda.
“Yoshlik I” ruda qatlamiga yetish va uni qazib olish maqsadida tuproq ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. 2023 yil 1 mart holatiga jami bajarilgan kon qazish ishlari hammasi boʻlib 141,5 mln m3 tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, konida vaqtinchalik temiryo’llar va tashqi kommunikatsiyalarni qurish ishlari olib borilmoqda.

  1. 3-Mis boyitish fabrikasi (MOF-3) boʻyicha

“UZTM-Karteks” va “Enter Enginnering” kompaniyalari konsortsiumi hamda “Olmaliq KMK” AJ oʻrtasida 3-son Mis boyitish fabrikasini (3-MBF) qurib, “Tayyor holda topshirish” sharti bilan qiymati 2 mlrd. dollar boʻlgan shartnoma tuzilgan.
Loyihalashtirish ishlariga “Wood” (Italiya), loyiha hujjatlarini texnik jihatdan baholash va qabul qilish uchun “Technip Energies” (Buyuk Britaniya) kompaniyalari jalb qilingan. “Wood” kompaniyasi tomonidan loyiha uchun kerakli 12725 ta hujjatdan 7822 tasi tayyorlandi.
«Enter Engineering» kompaniyasi tomonidan qurilish ishlarini jadallashtirish uchun 2022 yil may oyida foydalanishga topshirilgan metallkognstruksiyalar ishlab chiqarish zavodi qurildi.
Bugun kunda qurilish hududida 10,9 mln (78%) kub metr yer ishlari va 229,1 ming kub metr(57%) beton ishlari amalga oshirildi.
Bugunda obyektda 4000 nafardan ziyod quruvchi va 528ta texnika vositalari ishlamoqda.
Shuningdek, qoldiqlarni saqlash obyektlari bo’yicha zarur boʻlgan yer maydonlari ajratilib, bugungi kunda poydevor qurish ishlari olib borilmoqda.
"Olmalq KMK" AJ sanatoriy-profilaktoriysi 1970 yilda ochilgan va 250 o’ringa (kattalar, shuningdek bolalar ham) mo’ljallangan. Sanatoriy-profilaktoriy Toshkent viloyati Olmaliq shahrining markazida joylashgan. Umumiy maydoni yaqin 5 gektarni tashkil etadi, xududi manzarali va mevali daraxtlar, gullar va tokzorlar bilan ko’kalamzorlashtrilgan. Sanatoriy-profilaktoriy uchta binodan iborat bo’lib, binolar biridan ikkinchisiga o’tish uchun yagona arxitektura ansambli bilan birlashtirilgan. Dam oluvchilarga 2 o’rinli xonalar beriladi, qo’shimcha sharoitli xonalarda televizor va muzlatgichlar mavjud. To’rt martalik ovqatlantirish tashkil etilgan, parxez taomlar tayyorlanadi.
Yurak-qon tomr va asab tizimi kasalliklari, ginekologiya, harakt-tayanch tizimi va oshqozon-ichak kassaliklarini davolash lozim darajada yo’lga qo’yilgan. 
AGMK futbol klubi 2004-yilda tashkil topgan. Bosh homiy va jamoa egasi — „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati. AGMK futbol klubining rasmiy nomi kompaniyaning rus tilidagi nomidan kelib chiqqan qisqartmadir (Rus tilida: Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat). „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ tarqatib yuborilgan „Metallurg-Olmaliq“ futbol klubining davomchisi sifatida 1966—1988-yillarda futbol boʻyicha Sovet Ittifoqi chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan.
Yüklə 18,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə