Bob milliy daromad statistikasi


-jadval O‘zbekiston Respublikasi asosiy fondlarining tarkibi (1.01.2010 y. nisbatan)



Yüklə 157,37 Kb.
səhifə5/11
tarix19.09.2023
ölçüsü157,37 Kb.
#122636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MILLIY DAROMAD STATISTIKASI11

3.1-jadval O‘zbekiston Respublikasi asosiy fondlarining tarkibi (1.01.2010 y. nisbatan)

Jami asosiy fondlar

Salmog‘i (%%)

Jami asosiy fondlar

100

shu jumladan:


I. Passiv qism

45,4

ulardan:


- binolar

29,3

- inshootlar

16,1

II. Aktiv qism

54,6

ulardan:


- o‘zgaruvchi moslamalar

12,3

- kuchlanish mashina va uskunalar

9,2

- ishchi mashina va uskunalar

27,2

- o‘lchash va boshqarish anjomlari, qurilmalari va laboratoriya uskunalari

1,2

- hisoblash teхnikasi

0,9

- transport vositalari

2,8

- boshqa asosiy fondlar

1,2

Bevosita mahsulot ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etuvchi asosiy fondlarni bajarayotgan funktsiyasiga qarab aktiv va passiv guruhlarga ajratish mumkin.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlangan bo‘lishlari lozim.
Ishlab chiqarish fondlari asosiy va oborot ishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Ular o‘rtasidagi farq quyidagilardan iboratdir:

  • asosiy fondlar ko‘p ishlab chiqarish tsikllarida qatnashib, o‘z qiymatini qismlab, asta-sekin yangidan tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazib boradi; oborot fondlari esa bitta ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‘z qiymatini to‘liqligicha yangidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkaziladi;

  • oborot fondlari bevosita ishlab chiqarish jarayonida bo‘lsa, asosiy fondlar shunday bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin;

  • asosiy fondlar buyum shaklida tayyor mahsulotga qo‘shilmaydi, oborot fondlari esa qo‘shiladi va tayyor mahsulotning o‘zagini tashkil etadi;

  • asosiy fondlar tarkibiga хizmat qilish muddati bir yildan ortiq va qiymati 15 ta minimal ish haqqidan ortiq bo‘lgan fondlar kiradi.

Asosiy fondlar ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil qiladi. Ularning qiymati va tarkibi korхona faoliyatining sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 157,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə