Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə22/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Mulla S ayid. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligida faqatgina poetik iste'dodi va qobiliyati bilangina emas, balki o'zining yuksak ma'naviy, axloqiy va insoniy fazilatlari bilan ham nom qozongan juda ko'p ulug' zot shoirlar va yozuvchilar yashagan. Ana shun-day ulug' zotlar orasida «Buxoro shoirlari taxtidagi bek» degan ulug' nom egasi Mulla Sayiddir. Uning badiiy ijoddagi taxallu-si Muhammadiydir. Mulla Sayid Buxoro xalqining cheksiz hur-mati va mehr-muhabbatiga faqatgina shoir bo'lganligi, go'zal va sermazmun she'rlar yozganligi uchun erishgani yo'q. Balki eng avvalo bunday mehr-muhabbatga o'zining mustaqil va mag'rur fe'li, kamsuxan va kamtarona xarakteri va odobi tufayli erish-di. U saroy shoiri bo'lmadi, tamagirlik qilmadi, mansab, mol-dunyoga qiziqib o'z insoniy qaddini bukmadi, oyoqosti bo'lmadi, xon qo'lidan sadaqa kutmadi va umrining oxirigacha g'oz turib yashadi. «Ubaydullanoma» muallifining yozishicha Mulla Sayid shoir Nodir devonbegi masjidining bolaxonasidagi bir kichik hujrada yashab «amirlar xonadoni va xon saroyiga tashrifni xayoliga keltirmadi, o'z nasibasiga tushgan bir burda nonga qanoat qildi».
O'zining o'tkir aqli va so'zamolligi , keng qamrovli bilimi hamda nozik did tabiati tufayli «tug'ma Aflotun» nomini olgan samarqandlik mulla Fitrat she'rlari ham bebaho injuga nisbat berilgan. Mulla Fitrat ham mulla Sayid singari, o'zining insoniy qadr-qimmatini har qanday boyligu, arkonu davlatdan ustun qo'ygan, boylar, amaldorlar va xonlardan iltifot kutmagan.
Xalq og'zaki ijodi. Shayboniylar va Ashtarxoniylar zamonida xalq og'zaki ijodi ham keng rivoj topadi. IX-X asrlarda yaratil­gan «Alpomish» dostonining og'zaki epik an'analari bu davrda keng tarqaladi. «Alpomish» - vatanparvarlik, qahramonlik, sevgi va do'stlik, rostgo'ylik va to'g'rilik haqidagi dostondir. Undagi demokratik g'oyalar va oliyjanob insoniy fazilat - ideallar Alpomish, Barchin, Qorajon va boshqa ijobiy qahramonlarning murakkab sarguzashtlari orqali ochila boradi.
Xalqqa, elga, yurtga, qabila-uruqqa nisbatan samimiy va cheksiz muhabbat, dushmanga nisbatan mislsiz g'azab va nafrat, mardlik va fidokorlik, oila baxti, samimiy sevgi, do'stlik va sadoqat, insof va adolat, osoyishtalik va farovonlik uchun ku-rash «Alpomish» dostonining yetakchi g'oyasidir. Bu g'oyaviy motivlar dostonning bosh qahramonlari Alpomish, Barchin va Qorajonlarning ijobiy sarguzashtlari va faoliyatlari orqali talqin etiladi. Haqiqiy insoniylikka qarama-qarshi o'laroq mu-nofiqlik, adolatsizlik, insofsizlik, qabihlik, shaxsiyatparastlik, ochko'zlik, ichi qoralik kabi barcha yomon illat va xislatlar dostondagi salbiy obrazlar: Boybo'ri, Ko'kaldosh, Suxayil kampir, Toychaxon va boshqalar timsolida ochib beriladi. Xul-las, «Alpomish» dostoni xalqimizning o'tmish tarixi, uning ezgu orzu-niyatlarini o'rganishda g'oyatda qimmatli manbadir. Unda ilgari surilgan vatanparvarlik, qahramonlik, do'stlik va birodarlik kabi g'oyalar milliy mustaqilligimizni yanada mustah-kamlash, milliy qadriyatlarni tiklash uchun kurash ketayotgan bugungi kunda yanada qimmatli va ahamiyatlidir. O'zbekiston Prezidentining maxsus farmoni asosida «Alpomish» dostoni-ning ming yillik tantanalarining nafaqat mamlakatimizda hatto ko'plab xorijiy mamlakatlarda ham keng nishonlanishi har biri-mizning qalblarimizda otashin g'urur va faxr tuyg'ularini kamol toptiradi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə