Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov


SHAYBONIYXON VA BOBUR MIRZONING O'ZARO MUNOSABATLARI



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə6/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

2. SHAYBONIYXON VA BOBUR MIRZONING O'ZARO MUNOSABATLARI

Temuriylar sulolasining nomini jahonga t aratgan vakillaridan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. U 1483-yilda Andijonda tug'ilgan. Bobur Mirzoning otasi - Umarshayx Mirzo (1451­1494) Farg'ona viloyati hokimi, onasi Qutlug' Nigorxonim Mo'g'iliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.


1469-yilda Sulton Abusayid vafotidan so'ng temuriylar saltanati yana ikki qismga bo'linib ketganligi tarixdan ma'lum. Movarounnahrda Sulton Abusayid avlodlari navbat bilan hukm-ronlik qildi. Dastlab uning o'g'li Sulton Ahmad Mirzo (1469­1494), so'ngra Sulton Mahmud Mirzo (1494-1498) va niho-yat Mahmudning o'g'li Sulton Ali Mirzo (1498-1500) mustaqil hukmronlik qiladilar. Farg'onada Umarshayx hokimlik qilar edi. Bu hukmdorlar orasida ayniqsa Sulton Ahmad uquvsiz, sustkash bo'lgan. Uning davrida siyosiy tarqoqlik va toj-u taxt uchun kurash avjiga mingan. 1494-yilda Sulton Ahmad Mir-zo Mo'g'iliston xoni Sulton Mahmud o'zaro ittifoq bo'lib, lashkarlarini Farg'onaga yuborgan bir paytda Umarshayx fojiali halok bo'ladi.
Bu davrda Bobur Mirzo endigina 12 yoshga to'lgan edi. U valiahd sifatida taxtga o'tiradi (1494-yil iyun).Yosh va tajriba-siz Bobur Mirzo yuqori tabaqa vakillari o'rtasidagi siyosiy tarqoqlik kurashiga aralashishga majbur bo'ladi. U ulug' so-hibqiron bobosi davlatini birlashtirishni o'zining ezgu niyati deb bilar edi. Ana shu ezgu maqsad bilan harakat qilgan Bobur Mirzo boshchiligidagi Andijon qo'shinlari 1495-1496-yillarda Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497-yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va yetti



oylik qamaldan so'ng Samarqand-
ni egallaydi, Boysung'ur Qunduzga
qochadi. Zahiriddin Bobur bobosi
Amir Temurning rasmiy poytax-
ti Samarqandda bor yo'g'i yuz
kungina hukmronlik qiladi, xolos.
U tez orada Andijonga qaytishga
majbur bo'ladi. Buni muarrixlar
har xil sabablar bilan sharhlaydilar.
Birinchi sababi, Samarqand uzoq
vaqt qamal qilinganligi oqibatida
shaharda oziq-ovqat tanqisligi ku-
chaygan. Ikkinchi sababi esa, Bobur
Mirzoning yo'qligidan foydalangan
mahalliy hukmdorlar Andijonda
qo'zg'olon ko'taradilar va shaharni

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə