Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə8/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

3. SHAYBONIYXON VA SHOH ISMOIL

Shayboniyxonning janub tomon ilgarilab borayotganligini Eron shohi Ismoil ziyraklik bilan kuzatib turar va u Shaybo-niyxonning bu harakatini to'xtatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi. Shoh Ismoil bilan Shayboniyxonning to'qnashuvi aniq bo'lib qoldi. Eron hukmdori Ismoil Ardabel shahridagi safaviylar xonadonidan edi. U Ozarboyjondagi turk qabilalari ko'magidan foydalanib uncha katta bo'lmagan, biroq kuchli va tartib-intizomli qo'shin tuza oldi.


1510-yilda Eronga yurish qilib, Mashhar va Eronning shi-molidagi boshqa shaharlarni egallagan edi. Eron shohi asosiy kuchlari bilan Shayboniyxonga qarshi chiqqach, u Mashhaddan Seraxs orqali Marvga ketgan edi. Bundan xabar topgan shoh Ismoilning 70 ming kishilik qo'shini Marv qo'rg'onini qurshov-ga oldi. Biroq Shayboniyxon tomonidan qattiq mudofaa qilingan shaharni qo'lga ola olmagan Ismoil hiyla ishlatdi va qal'ada hi-moyalanayotgan Shayboniyga: «Agar mard bo'lsang tashqariga chiqib, men bilan maydonda olishasan», deydi. Erkaklik va

Гyл6aдaн6eгим. «XyMoK>HHoMa». Т., 1959. 24-25-6eтлap.


mаrdlik g'ururi tu^n Shayboniyxon oz sonli qo'shin biten Ismoilni orqаsidаn boradi. Eronlik safaviyter Mаrv yaqinidаgi Murg'ob dаryosi qirg'og'idа, Tаhrirobod deb аtаlgаn joydа d аryo ustidаgi ko'priklаrni buzib, Shayboniylаrni tuzoqqа tushirаdilаr. Ko'p o'zbek sаrkаrdаlаri qirib tаshlаnаdi. Mаg'lubiyatgа uch-rab yarаlаngаn Shayboniyxon yaqin bir qishloqqа chekinadi. Eronliklаr Shayboniyxonni qo'lgа olib 1510-yil 12-dekabrdа uning boshini tаnаsidаn judo etib1, nаyzа uchiga ilib qo'yadikr. Zаki Vаlidiy To'g'onning yozishichа, shoh Ismoilning buyrug'i bilаn Shayboniyxonning bosh suyagidаn sharob qаdаhi yasаlаdi vа u oltin bilаn bezаtilib, Misr sultoni Falajga sovg'а sifаtidа yuborilаdi. Chunki Falaj ham Shayboniyxon singаri sunniy mаzhаbidа edi vа uni judа sevаrdi.2 Аrаb tarixchisi Ibn Аyos «Bаdoiy o'z-zuhur» nomli аsаridа keltirishichа Shayboniyxon­ning bosh suyagidаn yasаlgаn qаdаh ustigа shoh Ismoil quyidаgi sаtrlаrni yozdirgаn ekаn;
Alsayf val-xanjar rayxonano, Tuf a 'lo almarjis val-as. Mudominoman dam a 'donno, Vahasno jumjumatu'al-ras!
АшЬйш bu sаtrlаrning mа'nosini quyidаgichа shаrhlаsh mumkin:
Qilich va xanjar bizning hidimizdir, «Tuf» bo'lsin nargiz va sumbulimizga. Dushmanning qoni ichkiligimizdir, Aylansin bosh suyak qadahimizga!

1 Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilingan. Baland Sufa Registon maydonida Tillaqori va Sherdor madrasalari o'rtasidagi burchakda joylashgan bo'lib bu yerga keyinchalik boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Qarang: Shayboniylar daxmasi. Узбекистан миллий энциклопедияси... 9-жилд. 678-679-бетлар.
2 Лхмад З. В. Бугунги турк эли (Туркистон ва якин тaриxи). И^^^ул, 1981, 2-нaшри, 55-56-бeтлaр.

Shayboniyxonning bosh suyagidаn yasаlgаn иПа qаdаhning Misrgа yetib kelishi sunniy mаzhаbidаgi а^Н o'rtаsidа kаttа norozilik uyg'otdi. Misr sultoni Qаnsu Gаvri o'shа bosh suyakni katta hurmat bilan ko'mdiradi. Yana Ibn Ayosning aytishicha, 200 dan ortiq misrlik shoir shoh Ismoilning yuqorida keltirilgan she'riy to'rtligiga qarshi javob she'riy to'rtliklar yozdilar. Masalan, shayx Nosuriddin Tahhan qalamiga mansub she'riy javob to'rtlikning o'zbekcha tarjimasi quyidagichadir:


Саг hidlab yursang hushbo'y narsalarni Kopaytirarsan mudhish qo'rquvlarni. Jangda dushmannio'ldirish sharafdir, Faqat it yalaydi bosh suyaklarni!
Shayboniy taqdiridan voqif bo'lgan Bobur Mirzo qalbida Shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni qaytadan egallash umidi paydo bo'ladi. Ana shu niyatida u Shoh Ismoil elchisi-ni Qobulda juda ochiq chehra bilan kutib oldi. Ismoil elchilari Bobur Mirzoga sovg'a tariqasida shialar odatiga ko'ra o'ralgan salla qalpoqni tortiq qiladilar. Bu albatta diplomatiya o'yini edi. Atrofdagilarning nigohi Bobur Mirzoga qadalgan; nahotki Bo-bur Mirzo o'zi sunniy bo'laturib shialar qalpog'ini kiysa... Shu payt elchilar shoh Ismoil Bobur Mirzoga birgalikda Samarqandga qo'shin tortishni taklif qilganligini aytadilar. Bobur Mirzo Shoh Ismoil taklifini qabul qiladi va diplomatik mahoratini ishga so-lib: «Inshoolloh Samarqandni egallasak bu qalpoqni kiyamiz», deb og'ir vaziyatdan chiqib ketadi. Chunki agar shu paytda u qalpoqni kiyganida barcha sunniylar Bobur Mirzodan yuz o'girar edilar. Shoh Ismoil o'zaro kelishuvga asosan Samarqand taxti uchun kurashda Bobur Mirzoga har tomonlama yordam ber-di. U Bobur Mirzoni qurollantirdi, unga sipohlar berib jangga otlantirdi. Bobur Mirzo 1512-yilda Shoh Ismoil yordamida Samarqandni qo'lga kiritdi. Ammo bu safar Samarqand aholisi Boburni qo'llab-quvvatlamadi. Xalq uni bu gal shiddatli hukm-dor avlodi, qo'rqmas sipoh, xalqparvar shoir va mutafakkir, avvalgi Bobur Mirzo deb emas, balki shoh Ismoilning qo'g'irchoq gumashtasi, Samarqand sunniy aholisining nazarida mansab, ho-kimiyat uchun har narsaga tayyor, o'z elidan, dinidan qaytgan shialar xizmatkori sifatida qabul qiladi. Bunga Bobur Mirzoning yo'l qo'ygan xatolari va noto'g'ri xatti-harakatlari asosiy sabab bo'ldi. U Samarqandni egallagach, shoh Ismoilni oliy hokim deb e'lon qiladi. Shiya imomlari nomi bilan tangalar zarb qila boshladi, Movarounnahrni Eron manfaatlariga bo'ysundiradi.
Albatta, bu hol sunniy mazhabidagi Movarounnahr aholisining g'azabini qo'zg'adi. Bu orada Bobur Erondan kel-gan qo'shinlarga javob berib ularning boshliqlariga katta-katta sovg'a-salomlar ulashadi. Shu tufayli yuzaga kelgan qulay fursatdan foydalangan va xalq ommasining kayfiyatini to'g'ri hisobga olgan Shayboniylar urug'idan bo'lgan Shayboniyzodalar Ubaydulla Sulton boshchiligida birlashib 1512-yil iyun-noyabr oylarida katta qo'shin bilan Movarounnahrga bostirib kirdilar. Bobur Mirzo 50 ming kishilik qo'shini bilan qarshi chiqadi, ammo Samarqand yaqinidagi Saripulda yengilib Hisorga qoch-di. Shayboniy avlodlari Samarqandni uzil-kesil egalladilar. Shoh Ismoil Boburga yordam berish maqsadida o'zining eng tajribali va nomdor sarkardalaridan bo'lgan amir Ahmad (laqabi «Najmi-soniy» («Ikkinchi yulduz»)) boshchiligida qo'shin yuboradi. Eron qo'shini o'z yo'lida Xuroson amirlarining madad beruvchilarini o'ziga qo'shib olib, Termiz yonida Jayhundan kechib o'tdi va Bo-bur Mirzo bilan qo'shildi. Birlashgan Eron va Bobur qo'shinlari Qarshi shahrini o'rab oldi va Amir Ahmad shahar aholisini butunlay qirib tashlashga buyruq berdi. Qarshi shahrida 15 ming aholi qirib tashlandi. Qariyalaru bolalarni ham ayamadilar. Bu paytda Ubaydulla, Muhammad Temur sulton va boshqa o'zbek sultonlari fursat poylab Buxoro yaqinida raqiblarini kutib turar edilar. Amir Ahmad Buxoro tomon yuradi va G'ijduvonni qamal qila boshlaydi. Kutilmaganda u o'zbek sultonlarini hujumiga duch keldi va tez orada yakson qilindi. Bu jangda amir Ahmad-ning o'zi o'ldiriladi. Eron qo'shinidan ozgina qismi qochib ul-gurdi. Shundan so'ng Bobur Mirzo bilan Shoh Ismoil o'rtasidagi ittifoq barham topdi. Bobur Mirzo endi Movarounnahrdan butunlay umidini uzib Qobulga qaytdi. U 21 yil mobaynida, ya'ni 1526-yilga qadar Qobulni boshqargan. So'ngra Bobur Mirzo Qobulni ikkinchi o'g'li Kamron Mirzoga qoldirib o'zi Hindiston sari yurish boshlaydi va buyuk boburiylar sulolasi saltanatiga asos soladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur o'zbek va hind «xalqlari tarixida buyuk lashkarboshi va davlat arbobi, ulug' shoir, mutafakkir olim va tarixchi sifatida munosib o'rin olgan. Hind xalqining buyuk farzandi Javoharlal Neru «Hindistonning kashf etilishi», «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida Bobur Mirzo va uning nabirasi Akbarga yuksak baho bergan. U shunday deb yozadi: «Bobur - dilbar shaxs, Uyg'onish davrining tipik hukm-dori, mard va tadbirkor odam bo'lgan. U san'atni, adabiyotni


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə