Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə7/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Zahiriddin Muhammad qo'lga oladilar. Bobur Mirzo
Bobur Andijondagi o'zboshimcha beklarni
tanobini tortib qo'yish maqsadida Samarqanddan chiqib Andijon sari otlanadi. Samarqand yosh shahzoda xotirasida juda chuqur iz qoldiradi. Bu Bobur Mirzoning Movarounnahr poytaxtiga birinchi bor qadam qo'yishi edi.
1498-yilda Buxoroda turgan temuriylardan bo'lmish Sulton Ali Samarqandga kirib keladi. Uning ixtiyorida qurolli kuch yo'q bo'lib u amirlar qo'lida shunchaki bir qo'g'irchoq edi, xolos. Mamlakatdagi bunday bosh-boshdoqlik, boshqaruv tizimining tez-tez bir qo'ldan ikkinchi qo'lga o'tib turishi, xalqning og'ir iqtisodiy ahvoli Movarounnahr tuprog'idan temuriylarni surib chiqarishni o'z oldiga vazifa qilib qo'ygan boshqa bir turkiy qabi-la - Dashti Qipchoqdagi chorvador o'zbek nomi bilan ataluvchi qavm va qabilalarning Muhammad Shayboniyxon boshchiligi-da bu hududlarni egallab olishlariga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxon 1500-yilda jangsiz Samarqandni egalladi. U shaharni talaydi, temuriy shahzodalarni qilichdan o'tkazadi. Aholiga katta va og'ir soliqlar solinadi. Bu hol Samarqand shahri aholisining norozilik qo'zg'oloniga sabab bo'ldi. Qo'zg'olonga
Abulmakarim boshchilik qiladi. Shayboniyxon bu davrda Sa-marqandda 600 kishini qoldirib o'zi Ko'limalikda dam olayot-gan edi. Shunda Samarqand shahri ahli 19 yoshli Bobur Mirzoni Samarqandga chorlab, shahar darvozalarini unga ochib berdilar. Shayboniyning Samarqand shahrida qoldirib ketgan 600 kishidan iborat askarlari qirib tashlandi.
Bobur Mirzo hukmdor etib ko'tariladi. Samarqand tuman-lari, Qarshi, G'uzor hududlari ham Bobur Mirzo hukmronligini tan oldi. Samarqandda sodir bo'lgan voqealardan xabar topgan Muhammad Shayboniyxon Turkiston atroflaridan katta qo'shin to'plab yana Samarqand sari yurdi. Bu davrda S amarqandda og'ir vaziyat vujudga kelgan edi. Qurg'oqchilik tufayli shahar oziq-ovqat va yem-xashak tanqisligiga uchradi. Natijada Bobur Mirzo lashkarlarining bir qismini tarqatib yuborishga majbur bo'ladi. U oz sonli qo'shin bilan qolgan edi. Bundan foydalangan Shay-boniyxon hujum boshlaydi. Bobur Mirzo Kesh, Toshkentdan kelayotgan yordamchi kuchlarni kutmasdan jangga kiradi. Za-rafshon qirg'og'ida bo'lgan jangda Bobur Mirzo yengiladi va Samarqandda yashirinadi. Shayboniyxon Samarqandni uzoq vaqt qamal qiladi. Shaharda misli ko'rilmagan og'ir ahvol yuzaga keldi. Bobur Mirzo och-yalang'och qolgan Samarqandni ya-rim tunda tashlab Toshkent tomon otlandi. U tog'asi Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon huzuriga Samarqandni qaytarib olishda yordam so'rab boradi. Biroq Muhammad Shayboniyxon Bobur Mirzo, Sulton Mahmudxonning birlashgan qo'shinlarini yengadi. Bobur Mirzo Mo'g'ilistonga qochishdan boshqa chora topa olmadi. Bu davrda Andijon ham Shayboniylar tomonidan egallangan edi. Muhammad Shayboniyxon 1505-yilga kelib butun Movarounnahrni egallab bo'lib, Xurosonni qo'lga ki-ritish maqsadida tayyorgarlik ko'rayotgan edi. Bobur Mir-zo 1504-1507-yillar oralig'ida Mo'g'iliston va Movarounnahr yerlarida quvg'inda yuradi va nihoyat oz sonli lashkar bilan Hisor tog'laridan oshib, Qobul shahrini egallaydi. U boshidan juda og'ir kunlarni o'tkazdi. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim (1523­1603) o'zining «Humoyunnoma» asarida bunday deb yozgan edi: «To'liq 11 yil davomida Movarounnahr o'lkasida, chig'atoy, te-muriy va o'zbek sultonlari bilan shunday janglar va mudofaalar qiladilarki, ularning sanog'ini batafsil bayon qilishga qalam ojiz va nuqsonlidir. Oxirgi hamrohlari va qarindoshlari bo'lib, jami 250 ga yaqin kishi, piyoda, yelkalarida chopon, oyoqlarida cho-riq, qo'llarida tayoq bo'lgani holda beyarog', xudoga tavakkal qilib Badaxshon va Qobulga qarab yo'l oldilar»1.
Bobur Mirzo Afg'onistondagi tarqoq qabilalarni birlash-tirdi. Qobuldan so'ng G'azna egallandi. Qobul Bobur Mir­zo davlatining poytaxti edi. U 1508-yilda rasmiy suratda o'zini Afg'onistonning podshosi deb e'lon qiladi. Hatto Xuroson hukm-dori Husayn Boyqaro Bobur Mirzo bilan birgalikda Muhammad Shayboniyxonga qarshi jangga otlanishga o'zaro kelishib olgan edi. Faqat Husayn Boyqaro Mirzoning 1506-yildagi kutilmagan bevaqt o'limi bu rejaning amalga oshuviga imkon bermadi. Muhammad Shayboniyxon Movarounnahr so'ng Xurosonni egallab, bu hududlarni temuriylardan tortib oldi.



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə