Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov


BUXORO XONLIGINING TASHKIL TOPISHI



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə10/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

4. BUXORO XONLIGINING TASHKIL TOPISHI

Shayboniyxon vаfotidаn so'ng uning аvlod-аjdodlаri o'rtаsidа


toj-u taxt, hokimiyat, mol-dunyo vа dаvlаt talashib o^ro qonli
urushlаr аvj oldi. 1510-1530-yillаrdа Shayboniyxonning аmаkisi
Ko'chkinchixon hokimlik qiladi. o'g'li Аbdusаid (1529-
1533) vа jiyani Ubaydullaxon (1533-1539) merosxo'r bo'ldi. Abdullaxon I ning qisqа hukmronligidаn (1539-1540) so'ng Movarounnahrdа qo'shhokimiyatchilik vujudgа keldi. Bungа sаbаb, Buxorodа Ubаydullаxon o'g'li Abdulazizxon (1540­1550), Sаmаrqаnddа esа Ko'chkinchixon o'g'li Abdullatifxon (1540-1551) taxt boshqarganlar. Hokimiyat talashib kurash mis-li ko'rilmаgаn cho'qqigа ko'tаrildi. Shayboniyxon аvlodlаrining har biridа 10-12 tаdаn o'g'il fаrzаnd bo'lib, ulаrning har biri taxt uchun vorislik qilishgа dа'vogаr edi. Shu bois Movaroun-nahr hududi bir nechra bo'lаklаrgа bo'linib ketdi. ^111^^ vа Miyonqаl'аdа Iskаndаr Bahodir,1 Balxdа Pirmuhammаd,2 Qarshidа Sulton Qilich Qora, Hisordа Shayboniyxonning nаbirаsi sulton Burhon hokimlik qiladi. 1556^Ыа Аbdullаtifxon vаfot etgаch Sаmаrqаnd taxtini Bаroqxon3 qo'lgа kiritib, Nаvro'z Ahmadxon nomi biten besh yil hukmronlik qiladi.
1550^Ыа Sulton Abdulazizxon vаfot etgаch, o'nlаb sultonlаr, beklаr vа ахтйа! Buxoro taxti uchun kurashni а^^а mindirdilаr. Dаstlаb Buxoro Shayboniyxonning ^birasi Sulton Muhammаdyorgа tegdi, lekin u bir yil o'tmаsdаn Pirmuhammаd tomonidаn quvildi. Pirmuhammаdgа qarshi Baroqxon vа Аbdullаtifxongа sulton Sаid, sulton Muhammаdyor vа Bur­hon sulton qo'shilаdi. Ulаr birgаlikdа Miyonqаl'а, Kаrmаnа vа Qarshigа yurish boshlаydilаr.

1 Iskandar B. - Abdullaxonning o'g'li.
2 Pirmuhammad - Jonibek sultonning o'g'li, Abdullaxonning amakisi, o'sha vaqtda Balx hokimi edi.
3 Baroqxon - Abulxayrxonning nevarasi, Suyunch xojaning o'rtancha o'g'li, Toshkent hokimi.

Vаhimаgа tushgan bu shаharlаrning hokimlаri qochib ketаdilаr. Fаqаt Miyonqаl'а hokimi Iskаndаrning 18 yoshli o'g'li Аbdullаginа qаl'аdа mustahkamlаnib sultonlаrning bir-lashgan kuchlаrigа qarshi yolg'iz o'zi km-ash^ otlаnаdi. 12 kun davom etgan jangdan so'ng sulh bitimi imzolanadi. Bitimga ko'ra Abdulla Balxga jo'nab ketishga majbur bo'ladi. 1556-yilda Baroq-xon vafot etgach uning farzandlari o'rtasida boshlangan taxt vo-risligi uchun kurashga aralashib undan ustalik bilan foydalangan Abdulla navbatdagi g'alabaga erishadi. U quvg'inlik yillarini bekorga o'tkazmadi. Eng obro'-e'tiborli o'nta o'zbek qabilasi -qushchi, o'tarchi, kenagas, yuz, jaloyir, major, qipchoq, ming', bahrin qabilalari, shuningdek jo'ybor shayxlari hamda musul-mon ruhoniylarining boshqa e'tiborli va qudratli vakillarining himoyasi va qo'llab-quvvatlashiga sazovor bo'ladi. Abdulla Ilono'tdi yaqinidagi jangda Baroqxonning o'g'li Bobosulton va uning ittifoqchisi Toshkent hokimi Darveshxonning birlashgan kuchlarini tor-mor keltiradi. Abdulla uchun Buxoroga yo'l ochiq edi. U Qarshi, Chorjo'yni egallab, sulton Burhonni mag'lubiyatga uchratib Buxoroga tantanavor kirib boradi. Buxoroni zabt etadi. Buxoro Abdullaxon zamonida siyosiy hokimiyat markaziga ayla-nadi. Markazi Buxoro bo'lgan davlat Buxoro xonligi deb atala boshlanadi.
Abdullaxon Shayboniylar urf-odatlariga katta hurmat bilan qaraydi va yoshi ulug' bo'lgan o'z amakisini so'ng otasini xon deb e'lon qiladi. Amalda Abdullaning o'zi ularning nomidan ho-kimiyatni idora etardi. Otasi Iskandarxon 1561-yili xon deb e'lon qilinadi. U 1582-yil vafotiga qadar xonlik taxtida o'tiradi. Ota­si vafotidan so'ng 1583-yil Abdullaxon II o'zini rasman xon deb e'lon qiladi. Abdullaxon (1557-1598) hukmron bo'lgan davrda Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlatga asos soldi. Uning butun hukmronlik yillari urush va jang-u jadallar bilan o'tdi. 1557-yilda Shahrisabzni, 1569-yilda Samarqandni egalladi. 1558-1572-yillarda o'rtada tanaffuslar bilan Badaxshon uchun jang qiladi, Balx va Hisorni qo'lga kiritdi. 1582-yilda Toshkent, Sayram, Turkiston, Farg'ona, 1583-yilda Xuroson, 1595-yilda esa Xorazm taslim etiladi.
Abdullaxon II Amir Temurdan so'ng Movarounnahrda nisbatan qat'iy siyosat yurgiza olgan yagona va so'nggi dav-lat arbobi edi. U Buxoro hokimiyatini tiklash maqsadida Qozog'istonning hozirgi Qarag'anda viloyati g'arbidagi, Sariq suv daryosining Shimolida joylashgan Ulug'toqqa yetib borgach, tog'




tepasidagi bir minorada bitilgan quyidagi so'zlarga ko'zi tushadi: «Tarix yetti yuz to'qson uchinda qo'y yili, yozning ora oyi, Turon-ning sultoni Temurbek ikki yuz ming cherik bila To'xtamishxon yurtiga intiqom uchun yurdi. Bu yerga yetib, belgi bo'lsun deb bu minorani qurdirdi. Tangri nusrat bergay inshoolloh. Tangri el kishiga rahmat qilg'ay. Bizni duo bilan yod qilg'ay».
Mazkur bitiklar 1391-yili Amir Temur To'xtamishxonga qar-shi lashkar tortgan kezi shu tog' ustiga chiqib, so'ng bu yerda bir minora qurdirib xarsang toshga o'ydirib yozdirgan xotira so'zlari edi. Abdullaxon II buyuk sohibqiron haqiga duolar o'qittirib, o'zi ham qarshi tomonda bir minora qurishga buyruq berdi va unga «Kimki bu manzilga qadam qo'ysa, xayrli duo ila bizni yod aylasin» so'zlarini o'ydirtiradi.1 Amir Temur Turkiston shahrida Xo'ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va masjidini qurdirgani ma'lum. Tugallanmay qolgan bu ishni oxiriga yetkazish Abdul-laxon II ga nasib etadi.
Abdullaxon II XVI asrning 80-yillarida Xurosonda, uning markazlari Hirot, Mashhadda, 90-yillarda Seyiston, Garmsir va to Xilmand daryosigacha bo'lgan hududlarda o'z saltanatini o'rnatdi, Qandahorni ham egallaydi. Uning davrida hozirgi Qarag'andadan (Ulug'tog'dan) Xilmand daryosigacha, Sibir xonligidan Mashhadgacha bo'lgan hududlar yana bir bor Oliy hokimiyati Buxoro qo'l ostida birlashdi. Bunday katta saltanatga Amir Temurdan so'ng Abdullaxon II asos soladi. Rossiyaliklar uning davlatiga nisbatan «Buyuk Buxoriya» degan iborani qo'llashgan edilar.
Ana shu davrdagi Abdullaxon II ning markazlashgan davlat tuzish borasidagi faoliyati Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida o'zining mukammal ifodasini topgan.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə