Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov


Muhammad Solih (1455, Xorazm-1535 Buxoro)



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə18/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Muhammad Solih (1455, Xorazm-1535 Buxoro), o'zbek shoi-ri, tarixchi, davlat arbobidir. Uning otasi Nur Saidbek Xorazmda hokim bo'lgan. Bobosi Amir Shoh Malik Xorazmda Temur saltanatining tayanchlaridan bo'lib, Mirzo Ulug'bekka vosiy edi. Boshlang'ich ma'lumotni Xorazmda olgan Muhammad Solih Hirotda Jomiy qo'lida tahsil ko'rdi. U dastlab 1490-yilgacha Xurosonda Husayn Boyqaro, keyinchalik Buxoro va Samarqandda temuriylar, 1499-yildan e'tiboran esa Shayboniy-xon saroyida xizmatda bo'lgan. Shayboniyxon unga «amir ul-umaro», «malik ush-shuaro» unvonlarini berdi. Shayboniyxon-ning harbiy yurishlarida birga bo'ldi. Shayboniyxon 1500-yilda Buxoroni egallaganda hokimlikka Muhammad Solihni qo'yadi. U ayni zamonda Chorjo'y va Niso viloyatlarining hokimi bo'lgan. Muhammad Solih 1507-1510-yillarda Hirotda yashadi, olimlar, ijodkor, shoir-yozuvchilar va san'atkorlar bilan bevosita muloqotda bo'ldi. Muhammad Solihning devoni bizgacha yetib kelmagan, ammo uning Solih taxallusi bilan yozgan g'azallari, she'rlari, bayoz va tazkiralari uchrab turadi. Uning ijodiga Navoiy, Bobur, Nisoriy kabi shoir va adabiyotshunoslar ijobiy baho berganlar.
Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asari o'zbek tilida nazm bilan yozilgan doston bo'lib, o'zining badiiy saviyasining yuksakligi va tilining sodda-xalqchilligi bilan ahamiyatlidir. Dostonning asl nusxasi topilgan emas. Ammo shoirning hayot-lik chog'ida 1510-yilda Qosim tomonidan ko'chirilgan nusxasi Venada saqlanadi.
Zayniddin Mahmud Vosifiy (1485, Hirot-1551-1556-Toshkent)
1512-yilgacha Hirotda yashagan, so'ng O'rta Osiyoga qo-chib kelgan va 30-yillarga qadar Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa yerlardagi Shayboniy hukmdorlarining saroylarida saroy shoiri sifatida ijod qilgan. U «Badoe'ul-vaqoye» («Nodir voqealar») nomli qiziqarli esdaliklar muallifidir. Vosifiyning esdaliklari kichik-kichik qiziq hikoya va latifalar to'plamidan iborat. Kitobda Xuroson, Movarounnahr, Turkiston va Erondagi 1532 yilgacha bo'lgan davrdagi ilmiy, adabiy, tarixiy va madaniy hayot aks ettirilgan. Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, shuningdek, Qosim Ali Qonuniy, Chaqar, Chanchiy, Ustod Hasan Udiy Hofiz Basir, Ustod Shayxi Noyi kabi musiqashunoslar, ayrim davlat arboblari haqida muhim ma'lumotlar keltirilgan. Kitob O'rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati haqida muhim manba hisoblanadi. Undan V.V.Bartold, Yakubovskiy, Bertels, Ayniy va boshqa ilmiy tadqiqotchilar o'z davrida foydalanganlar.
Uning asarlari orasida o'z davrining tarixiy shaxslari qatorida Alisher Navoiyning hayotidan ba'zi lavhalar ham kel-tirilgan. Saroy shoiri sifatida Vosifiy hukmdorlar, amaldor to'ralar va savdogarlarga atab madhiyalar, qasidalar yozgan, ularning buyurtmalari asosida she'rlar ijod qilgan, farmonlar va yorliqlarning matnlarini tuzgan, maktublar, qurilayotgan masjidlar va maqbaralar uchun yozuvlar, qabr toshlari ustiga yoziladigan yodgorlik xatlari, turli-tuman asarlarga so'zboshlar tuzish va boshqa shuning singari ishlar bilan shug'ullangan.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə