Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə15/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

1 Мирмухаммад Амин Бухорий. Убайдуллашзма, пер. с персид. с прим. A. Семенова. Т., «Фан», 1957, 158-6eT.

Ashtarxoniylar davrida soliqlarning qirqdan ortiq turi joriy qilingan. Bu hol ommaning qashshoqlanishiga olib keldi. Ubay-dullaxon hukmronligi davrida pul tizimi inqirozga uchradi va xalqni talash avjiga mindi. Bitta kumush tangadan to'rtta tanga zarb ettirila boshlangan, bunday tangalarning qudrati to'rt barovar pasayib ketgan. Soliqlar amalda to'rt barobar oshirilgan. Bularning oqibatida mamlakat xalq xo'jaligi batamom inqirozga yuz tutdi, ochlik-yalang'ochlik oddiy bir narsa bo'lib qoldi: «Od-diy xalq va kambag'allar, deyiladi «Ubaydullanoma»da-mushkul ahvolda qoldilar, kundalik yeyish-ichishdan mahrum bo'ldilar, hatto kafan uchun mato topolmay, jonlarini xudoga topshirdilar».1 Chorasiz qolgan xalq ommasi Ubaydullaxon zulmiga qarshi Buxoroda, Kesh, Urgut va Termizda qo'zg'olonlar ko'tardilar. Bu qo'zg'olonlar shafqatsizlik bilan bostirilgan. Ashtarxoniylar xalq ommasi ustidan o'z hukmronliklarini o'tkazishda ruho-niylar ning qo'llab-quvvatlashi va madadiga tayanganlar. Hukm­dor zodagonlar bilan diniy mahkamalar o'rtasida to'la ham-korlik vujudga kelgan. Har bir hukmdor taxtga o'tirishdan oldin muqaddas joylarga, avliyo-anbiyolar qabrlariga borib qurbonliklar, nazr-niyozlar qilib, kechalari bilan uxlamasdan qur'on oyatlaridan o'qitib chiqqanlar va ularning arvohlaridan hukmronlikka fatvolar so'raganlar.
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davriga kelib, Buxo-ro O'rta Osiyoda islom dinining tayanch markazi sifatida mav-qeyini saqlab qolgan. Bu yerga islom dinining bilimdonlari, mullalar, shayxlar, mudarrislar har tarafdan kelar edilar. «Ubaydullanoma»da bu haqda quyidagilarni o'qiymiz. «Go'zal Buxoro shahrida va uning atroflarida ilohiyotchilar, olimlar, taqvodor va avliyo kishilar shu qadar ko'p ediki, ularning sanog'iga yetib bo'lmasdi».1 Ular so'fiylik ta'limotini bilishda va karomatda go'yo o'z ilohiy qudratlarini namoyish qilar edilar. Bu davrda Xo'ja Ahror-naqshbandiylar g'oyasining tarafdori so'fi Dehqonga teng keladigan va u bilan bahslasha oladigan ulamo yo'q edi. Manbalarda ko'rsatilishicha, uning yer-mulklari va boyliklari juda ko'p va cheksiz bo'lgan.
Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlatlari ijtimoiy-siyosiy hayotida Jo'ybor shayxlarining o'rni va nufuzi juda k atta bo'lgan.2 Aslzodalik va tariqatdagi yuqori mavqeyilariga ko'ra, Jo'ybor xojalari o'zlarini ota tomonidan Muhammad payg'ambar S.A.V. avlodlari, ona tomonidan esa Chingizxon va Jo'ji avlodlari deb bilganlar.

1 O'sha joyda.
2 Bu haqda qarang: Bo'riboy Ahmedov. Buxoro xonligining XV-XVII asr-lardagi ijtimoiy-siyosiy hayotida Jo'ybor hojilarining tutgan o'rni haqida, -Tarixdan saboqlar. Т., 1994, 24-37-betlar.

Ashtarxoniylar davlatining eng ojiz va kuchsiz tomoni shunda ediki, ularda muntazam qo'shin bo'lmagan. Xon qo'shini asosan qabilalar lashkarlaridan tashkil topardi. Ular oddiy qurollar: qilich, nayza, kamon hamda uchli nayzalar bilan qurollangan edilar. O't o'chuvchi qurollar kamdan-kam bo'lgan. Qo'shinda xizmat qiluvchi sipohlarga maosh berilmasdi, ularga bosib olingan yurtlar aholisini talash huquqi berilardi. Albatta oddiy va qadimiy qurollarga tayanuvchi, tartib intizomi bo'lmagan qo'shin bilan uzoqqa borib bo'lmasdi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə