Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə20/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Turdi-Farog'iy (XVII asrning birinchi yarmi - taxminan 1701-yil) XVII asr o'zbek adabiyotidagi ilg'or oqimning yorqin vakili, xalq manfaatlari ifodachisi adabiy taxallusi Farog'iy (erkin tabiatli kishi) . U Buxoro, Xo'jand va Jizzaxda yashab ijod qiladi. Turdi-ning hayoti va ijodiy yo'li haqida ma'lumotlar nihoyatda k am. Asli o'zbeklarning yuz qabilasidan bo'lib, boshqa qabila boshliqlari qatori Turdi ham o'z qabilasi nomidan otaliq lavozimida bir-muncha vaqt Subxonqulixon saroyida xizmat qiladi. U Subxon-qulixon hukmronligi davri (1691-1701)dagi adolatsizliklar, xalqqa o'tkazilgan jabr-zulmlarni o'z ko'zi bilan ko'radi. Xon saroyidagi yuqori mansab egalarining laganbardorliklari, poraxo'rlik axloqiy buzuqliklarning guvohi bo'ladi. Xalqning esa zulm, eksplutatsiya va soliqlar dastidan qaddi bukildi, hatto «barot» solig'ining yetti-yilligi bir yilda undirib olinar edi. Mehnatkash omma 1681-1686-yillar mobaynida Subxonqulixon siyosatiga qarshi bir necha bor qo'zg'olon ko'taradi. Shoir Turdi ham qo'zg'olonchilarga qo'shiladi. Buxoroda ko'tarilgan bu qo'zg'olonga yuz qabilasidan Fozilbiy, qatag'on qabilasidan Temurbiy, yobu qabilasidan Tamg'abiylar boshchilik qiladilar. Ikki o'rtada shiddatli jang bo'ladi. Qo'zg'olonchilar Fathobod, Xazora qal'asi, so'ng Karmanaga chekinadilar. Temurbiy Subxonqulixonga sotilib qo'zg'olonga xiyonat qiladi. Fozilbiy va Tamg'abiylar shoir Tur-di bilan birga O'rtatepa va Xo'jand hokimi Rahimbiyga yordam so'rab boradilar. Turdi Rahimbiyga b ag'ishlab she'r yozadi va uni Subxonqulixonni ag'darib tashlashga chaqiradi. Lekin Rahimbiy xonga qarshi kurashga jur'at eta olmaydi.
Qo'zg'olonchilar Samarqand yaqinida Konigil degan joyda xon qo'shinlaridan yengiladilar. Turdi Rahimbiy va uning o'g'li Oqbo'tabiydan yordam olish ilinjida Xo'jandda qoladi. Rahimbiyga atab madhiyalar yozadi. Ammo bu harakatlardan natija chiqmagach Turdi Jizzaxda o'rnashadi va taxminan 1701-yilda shu yerda vafot etadi. Turdi vafotining so'nggi kunlarida yozgan she'rlarida o'z qayg'u alamlarini zorlanib ifodalaydi:


Kuyar til shammayi gar holatimdan aylasam tahrir1, Giribon chok o'lur, etsa qalam dardi dilim tahrir.

Shoir bevafo zamonasidan shikoyat qiladi:


Tahrir - bayon qilish.


Charxi dun' qiladi manga jabru jafolar behisob, Gardishi davron berur har lahza yuz ming pechu tob.2

Hajvchi, tanqidchi, demokratik g'oyalar kuychisi Turdidan bir devon-she'rlar to'plami bizgacha yetib kelgan. Unda 432 misradan iborat 17 ta she'r bor, ulardan 2 tasi tojik tilidadir. Bu asarlar oddiy, sodda v a r avon tilda yozilgan. Shoir Turdidan uning yuz, ming urug' qabila boshliqlari bo'lgan oq suyak qarindosh-urug' aqrabolari yuz o'giradilar, ammo xalq uni hurmat qilar edi. Bu shoirning qalbini ko'taradi.


Shoir xalq ommasining davr nohaqliklariga, xonning adolatsiz siyosatiga qarshi noroziligini, alamli fikr va hayajonli kechinmalarini san'atkorona dadillik bilan qalamga oladi.
Turdi xonni insof, diyonatga chaqirdi, uning atrofini o'rab olgan xushomatgo'y, laganbardor, nomunosib odamlardan ogoh bo'lishga da'vat etdi. U xalqni talagan, mamlakatni xonavayron qilgan, adolatsiz va zolim xon haqida g'azablanib yozadi va uni ag'darib tashlashga chaqiradi. Turdi yurt va mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tarqoqlik qirg'inbarot urushlarni la'natlaydi, urug' va qabilalarni birlashishga, hamkorlikka, urug' oqsoqollarini, beklarni «bir yaqodin bosh chiqarish» ga chorlaydi. Bu jihatdan shoirning «Tor ko'ngilluk beklar» she'ri ibratlidir:


Tor ko'ngilluk beklar, man-man demang, kenglik qiling, To'qson ikkiborio'zbekyurtidur, tenglikqiling. Birni qipchoqu xitoyu, birni yuz, nayman demang, Qirqu yuz, ming son bo'lib, bir jon oyinlik qiling. Bir yaqodin bosh chiqarib, barcha bir to'ng'a kirib, Bir o'ngurliq bir tirizlik bir yaqo, yenglik qiling.

Albatta Turdi o'z zamondoshlariga nisbatan bir qadam olg'a ketdi. Ammo jamiyat va hayotdagi barcha yaramas nuqson va illatlarni shoir «yomon», «adolatsiz» podshoning ongidan izladi. Bu uning nuqsoni emas, balki shoir Turdi yashagan va ijod qilgan davrning fojiasi edi.


Charxi dun - tuban falak. Pechu tob - to'lg'anish.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə