Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə19/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Mushfiqiy (1525-1588). Abdullaxon saroyida xizmat qilgan shoir. U Buxoroda kambag'al oilada tavallud topgan. 1564-yilga qadar Buxoroda yashagan. 1568-1572-yillarda Samarqand hokimi Sulton Said saroyida, 1572-1573-yillarda Hindistonda Akbarshoh saroyida kitobdorlik qilgan. 1678-yildan Abdulla-xon saroyida ishlay boshlagan. Abdullaxon unga «Malik ush­shuaro» unvonini bergan. Mushfiqiy boy ijodiy qalb egasi. Shoir-ning satira, g'azal va qasidalari «Devoni mutoibot», «Devoni g'azaliyot», «Devoni qasoid», «101 tugun» («Sadu yak buvad») kabilarda to'plangan.
Shoir Mushfiqiy o'z asarlarida go'zallik va muhabbat haqida «Eram bog'i», shuningdek «Soqiynoma» va «Jahonnoma» kabi poetik asarlarini yaratgan. Bu satirik she'rlarida yuqori tabaqa vakillarining xudbinlik, riyokorlik xasisliklarini ayovsiz fosh qiladi, ijtimoiy tengsizlikni qoralaydi («Zulmdan shikoyat» va boshqalarda ). Mushfiqiy asarlari xalq orasida katta e'tibor topdi va keng tarqaldi, uning o'zi ham Mulla Mushfiqiy nomi bilan to-jik xalq latifalari qahramoniga aylangan.
Sayido Nasafiy (1637-1710) «Ubaydullanoma» muallifining iborasi bilan aytganda «Buxoro shoirlari taxtida sulton» deb nom chiqargan shoir va yozuvchidir. U tojik adabiyoti va tojik adabiy tilining rivojlanishida o'ziga xos o'rni bo'lgan mutafakkirdir.
Sayido Qarshi (Nasaf) shahrida tavallud topgan va shu yerda boshlang'ich ta'lim olib, Buxoro madrasalarida o'qishni davom ettirgan. U hunarmand-to'quvchi bo'lgan, og'ir iqtisodiy qiyinchiliklar sharoitida, «Ubaydullanoma»da ta'kidlanganidek «amirlar uyini va xon saroylarini ziyorat qilishga intilmagan, o'ziga nasib qilgan bir burda nonga qanoat qilib» yashagan. Shunga qaramasdan u badiiy ijod uchun vaqt va imkoniyat topa olgan. O'zi yashagan og'ir va qiyin bir sharoitda mehnatkash xalq bilan birga bo'ldi, uning dardiga hamdardlik qiladi, xalqning jabr-jafolariga sherik bo'ldi. O'z ijodida demokratik xalqparvarlik ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surdi. Sayido o'zaro siyosiy qirg'inbarot urushlarni qattiq qoraladi, mamlakatni xarobaga aylantirganlarni ayovsiz tanqid qiladi.
Sayido Nasafiy juda ko'plab lirik she'rlar va g'azallar ham yozgan. Ularda shoir so'fizm, naqshbandiylik g'oyalari va dunyoqarashini ilgari suradi. Sayido bu xususdagi qasida va masnaviylari, ashtarxoniy xonlar yurishlarining she'rda ifodalangan tarixiy asarlari, muxammaslari, masallarida mamlakat va xalq hayoti haqida g'oyat qimmatli fikr va xulosalar beradi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə