Bobur nomidagi andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə92/113
tarix19.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118027
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

«Qаttiq tegmа mengа muncha yuzboshim, Oqizmа ko'pgdmim uzrа ko'z yoshim. Yurаkbаg'rim o'zihаdsizezilgаn, Yurtu Vаtаn, el^nm^sog'inib».

Mardikorlik mavzusida yozilgan va xalqimiz orasida mash-hur qo'shiq bo'lib ketgan «Do'ngalagim» she'rining muallifi ham o'sha mardikorlardan biri Andijon shahrining Oqyor guzari-dan 566-raqam bilan Andijondan poyezd eshelonida Dvinskaga ketgan 31 yoshli Xudoyberdi Qoraboyev edi.




Poyezdingni jildirgan, O'txonasi bilan do'ngalagi Dvinskaga ketdi Andijonni Mardyigitining bir bo'lagi. Dvinskaga ketmas edi Mardyigitning bir bo'lagi, Dvinskaga ketkizvorgan Nikolay zolim zambaragi. Dvinskaga yo'lbo'lsin, Qarag'ayzoring qul bo'lsin. Yigitlarni qiynagan Nikolayingyo'q bo'lsin.
Bizni to'qqiz oy ishlatdi, Sizran degan o'rmonda. Ketolmaymiz Andijon, Bir chaqa yo'q karmonda. So'k oshingni ichmayman, Etigimni yechmayman. Qorda qarag'ay kesganman. Hech haqqimdan kechmayman.

Ammo keyingi vaqtlarda e'lon qilingan ayrim tarixiy asar-larda bu she'rni xalq og'zaki ijodi mahsuli deb, hatto, matni bi-roz o'zgartirilgan tarzda berilmoqda. Jumladan, X.Ziyoyevning asarida: «Poyezdning g'ildiragi, Ustaxonasi bilan do'ngalagi, Dvinskaga ketishdi, Mard yigitning bir bo'lagi» shaklida, «Va-tan tarixi» kitobida esa: «Poyezdingni jildirgan, O'txonasi bilan do'ngalagi, Dvinskaga ketishdi, Mard yigitning bir bo'lagi» deb berilgan. Holbuki, hozirda poytaxtdagi «Qatag'on qurbonlari xo-tirasi» muzeyi zallarida yangrab turuvchi «Do'ngalagim» ashula-sining matni ham X.Qoraboyev matni bilan bir xil:




Poyezdingni jildirgan O'txonasi bilan do'ngalagi Dvinskaga ketdi Andijonni Mardyigitining bir bo'lagi...

Aslida, she'rning muallifi X.Qoraboyev deyishga asos yetarli. Chunki xalq og'zaki ijodi namunalari ham alohida kishilar, xalq-ning iste'dodli vakillari tomonidan yaratiladi, keyin xalq ichida og'izdan og'izga o'tib yuradi. X.Qoraboyevda shoirlik iqtidori bo'lgani shubhasiz: uning qarindoshi Odiljon Egamberdiyevning say'-harakati bilan 1980-yilda G'afur G'ulom nomidagi Adabi-yot va san'at nashriyotida Xudoyberdi shoirning «Men qushim-ni g'ozga solsam» nomli she'riy to'plami chop etilgan. Bu esa X.Qoraboyevda chindan ham shoirlik iste'dodi bo'lganidan, uning she'r muallifi bo'lish ehtimoli ko'p ekanligidan dalolat beradi. Albatta, hali bu bahsli masalani uzil-kesil, hujjatli asos-da hal qilish vazifasi oldinda turibdi, nasib qilsa buni uddalarmiz



h
am. Shunga qaramay, she'r aynan andijonlik mardikor tilidan aytilgani haqiqatga ko'proq yaqindir. Biroq hozir maqsadimiz boshqa - shoirning keyingi taqdiri. Mardikorlikdan qayt-gan Xudoyberdi Qoraboyev ijtimoiy hayotda faol bo'lgan, she'r va g'azallar yozib turgan; minglab aldanganlar qatori, sovet hokimiyatiga ishonib, uni istiqlolchilardan himoya qilish-ga uringan va 1919-yilda o'zi tug'ilib o'sgan Oqyor qishlog'ida bo'lgan is-tiqlolchilar bilan to'qnashuvda halok bo'lgan.

Sovet davrida yaratilgan tarixiy
adabiyotda Turkiston ziyolilari, ayniqsa, ularning sarvari bo'lmish jadidlar 1916-yilgi qo'zg'olonda ishtirok etmaganlar. Ular chor hukumati tarafida turib, qo'zg'olonga salbiy munosabatda bo'lganlar, degan fikr chuqur o'rin olgandi. Aslida esa Turkiston yerli aholisining 1916-yilgi shonli milliy ozodlik harakatida o'lka ziyolilari, munavvarlari bo'lgan jadidlar faol rol o'ynagandilar.
Jadidlar Nikolay II ning 1916-yil 25-iyundagi farmonini be-kor qilish va butun o'lka bo'ylab birdaniga isyon harakatini bosh-lash uchun kurash olib bordilar. Yosh buxoroliklar sardorlaridan Usmonxo'ja Po'latxo'jayev, Yosh xivaliklar rahbari Pahlavon Ni-yozhoji, Turkiston jadidlari Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonovlar xalq ommasini o'lka qo'zg'oloniga da'vat etganlar, joylarda aholining yig'inlarini o'tkazdilar, o'sha mudhish farmonni bekor qilishni qat'iyan talab qilib chiqdilar.
Samarqanddan Muftiy Mahmudxo'ja Behbudiy, Toshkentdan Munavvar Qori, Xivadan Polvonniyoz Yusupov, Buxorodan Usmonxo'ja, Jizzaxdan Qori Komil, Qo'qondan Obidjon Mah-mudov, Andijondan Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Sa'dul-laxo'ja Tursunxo'jayev, Haqqul Husanboyev, Akbar O'ro z -aliyev beklar va boshqalarning ishtirokida bo'lgan yig'in larda mardikorlikka olish haqidagi farmonga qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqilgandi. Turkistonda mardikor olish xususidagi

1

f armoyishning qonuniy shakl olishiga monelik qilish uchun tadbir ko'rdilar, bu farmon qo-nuniy shakl olgan taqdirda no-rozilik mohiyatidagi isyonlar chiqarishni ko'zda tutdilar.
Andijon shahridagi eng yi-rik millioner, milliy burjuaziya-ning tipik vakil laridan biri, jadidchilik harakatining ho-miylaridan biri Mirkomil Mir-mo'minboyevning Qo'qon va Marg'ilon shaha rlari ming-boshilari no mi ga yo'llagan xatida shun day yozgan edi: «Shahringizdagi aholi va boy-larga mardikorlikka qarshi chiqishlarini ayting, Rossiya-ning ahvoli juda tang, shu-ning uchun hech narsadan qo'rqmanglar. Hammangiz bir yoqadan bosh chiqarib ish yuri tingizlar, mardikor olinishiga qarshi qo'zg'olon ko'tarilishi oson. Hozirgi vaziyatda hukumat amal dorlariga pul bo'lsa bas, hamma ishni bitiradilar. Mening xaloyiqni qo'zg'olonga undash harakatim bilinib, tekshiruv o'tkazilganda 150 ming so'm berib o'zimni saqlab qoldim. Shu boisdan sizlar ham xavotirlanmay harakat qilaveringlar».
Andijon taraqqiyparvarlar jamiyati sardorlaridan biri, ke-yiinchalik Turkiston milliy muxtoriyati tashkilotchilaridan biri, hukumat a'zosi bo'lgan Ubaydulla Asadullaxo'jayev o'sha 1916-yil A.N.Kuropatkinga tutqazgan arizasida ham Andijon uyezdi boshlig'i polkovnik Brjezitskiy davrida, avvallari ham mavjud bo'lgan poraxo'rlik, tovlamachilik, zo'ravonlik nihoyatda ku-chayib ketgani va bu qoidaga aylangani, tizimga tushganini bayon etgandi. Aholidan o'lpon olish va poraxo'rlikka mahalliy amaldorlarni, ellikboshi, mingboshilar, shahar bosh oqsoqo­li Shermat Alimqulov kabi ma'muriyatni jalb qilganini, soliq, o'lpon undirish, pora olish ma'muriyat vakillari tomonidan be-vosita emas, balki bilvosita, o'rtadagi odamlar orqali amalga oshirilayotgani ham aytilgandi o'sha shikoyatda. Uyezd boshlig'i tilmochi Yusufhoji Chorishev hamda pristavlar tarjimonlari pora olishda mustamlakachi ma'murlarga vositachilik qilayotganlik-lari, natijada aholining amaldorlarning noqonuniy ishlari yuza-sidan shikoyatlari hech qachon adolatli hal qilinmayotgani ham Ubaydulla Xo'jayev arizasida ko'rsatilgandi44.
Chor ma'murlari, bosqinchilarning poraxo'rlikka mukka-sidan ketganligi, bunday og'ir yukning mahalliy aholi yelkasiga tushgani Zakiy Validiy To'g'on esdaliklarida ham o'z ifodasini topgan. Chor hukumatining Peterburg va Turkistondagi amaldorlari, Buxoro va Xiva xonlaridan, Turkiston mahalliy aholisidan katta poralar olgani haqida to'xtalib, Zakiy Validiy To'g'on mana bu dalillarni keltirgan:«Amudaryo uyezdi boshlig'i polkovnik Gulasovskiy, ma'lum muddatda Turkiston general-gubernatori bo'lgan general Galkin, harbiy vazir Suxominov, Rusiya harbiy shtabining Osiyo bo'limi boshlig'i general Seel va uning muovini Abdulaziz Davlatshin juda katta pora oldilar... Turkiston general-gubernatori Kuropatkin urush ehtiyojlari uchun aholidan 2 million 400 ming rubl «sovg'a» to'plagan edi. Bu pullarning ko'p miqdori generalning cho'ntagida qolar edi»45.
1916-yil iyulida Andijon mahalliy jamoatchiligi nomidan jadid Ubaydulla Xo'jaev, millioner boy Mirkomil Mirmo'minboyev, jadidlarga xayrixoh bo'lgan sotsialist-revolyutsioner Vadim Chaykinlar Peterburgga borib davlat dumasiga Turkistonda ro'y bergan dahshatli, fojiali voqealarni izohlab, Andijonga duma a'zolaridan kelib, mustamlakachi ma'murlarning bu yerdagi jinoyatlarini tekshirib, aybdorlarni jazolashni talab qiladilar. davlat dumasi a'zolari Rayevskiy, Vinogradov, P.B.Tevkeleyev-lar andijonlik vakillar xatiga, talablariga ko'ra Oliy bosh qo'mondonlik qarorgohiga borib, bor ahvolni bayon etishib, zud-lik bilan chora ko'rmaslik, kelajakda og'ir oqibatlarga olib keli­shini bildirishdi. Bunga muvofiq podsho Nikolay II Turkistonda mardikorlikka olish muddatini 1916-yil 15-sentabrgacha ke-chiktirish haqida farmon berdi. G'arbiy front qo'mondoni A.N.Kuropatkin Toshkentga Turkiston general-gubernatori qi-lib jo'natildi. A.N. Kuropatkin bilan birga Turkistonga IV davlat dumasi a'zolari A.F.Kerenskiy, K.B. Tevkeleyevlar keldilar, ularga Sh.Z.Muhammadyorov, Mustafo Cho'qayevlar hamroh bo'lishgandi.
Ular Toshkent, Qo'qon, Marg'ilon va boshqa shaharlarda bo'ldilar. 24-avgust kuni Duma a'zolari A.F.Kerenskiy, K.B.Tevkeleyev, Mustafo Cho'qayevlar Andijondagi «Slava Ros-sii» mehmonxonasida tunaydilar. Ertasiga ertalab mehmonlar qo'zg'olon ko'tarilgan Jome' masjidiga keladilar, bu yerda to'plangan aholi bilan uchrashadilar. Xaloyiq Andijondagi unutilmas iyul kunlarida nimaiki fojia yuz bergan bo'lsa, uni Peterburgdan kelgan duma vakillariga bayon qiladi.
Andijonda chiqayotgan «Turkestanskiy golos» gazetasining 26-avgust sonida shunday xabar chop qilgandi: «Davlat dumasi a'zolari Andijonda ikki kun bo'lganlarida ular huzuriga rus, sart va tatar jamiyatlaridan ko'plab vakillar tashrif buyurish-di. Taxminiy hisoblarga ko'ra shu qisqa vaqt ichida deputatlar Andijondagi barcha millatlar va turli xil jamoat vakillaridan yuzga yaqin kishilarni so'roq qilganlar. Bu so'roqlar qisman shikoyat, arznoma, talablar shaklida bo'lib, mahalliy aholining katta qismini o'z og'izlaridan deputatlar va ularning kotiblari yo-zib olganlaridan boy materiallar to'plandi, ularning eng dolzarb masalalari Toshkent sud palatasi prokuroriga xabar qilinadi. Ancha murakkab masalalar esa, davlat dumasi minbaridan, shu-ningdek duma budjet komissiyasida aytiladigan bo'ldi»46.
Davlat dumasi a'zolarining Turkistonga kelishini va ularni 1916-yilgi mudhish voqealar bilan tanishtirish ishini tashkil qilganlar ham jadidlar ekani yuqoridagilardan ma'lumdir.
TTMB boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik Rozalion-Soshalskiyning 1916-yil 24-noyabrda yo'llagan ma'ruzanomasida Andijondagi «Turkestanskiy golos» gazetasi binosida har kuni oqshomda gazeta muharriri Chaykin raisligida o'zlariga «taraq-qiyparvar» nomini bergan yo'nalishdagi 20 ga yaqin o'zbek yosh-larining yig'ilishlari o'tkazilayotgani, bularda hozirgi ahvol va boshqa masalalar muhokama etilayotgani aytilgan.
Polkovnik Volkov agenturasi yo'llagan axborotda Andijon «taraqqiyparvarlar»i maslakdoshi rus jurnalisti Vadim Chaykin hokimiyatga qarshi mahalliy yoshlarni uyushtirayotgani qayd etilgan. Turk-yunon urushida millatdosh, dindosh Turkiyaning yunonlar ustidan g'alaba qozonishiga umid bildiruvchi va bu ishga ko'mak beruvchi maxfiy jamiyat bo'lib uning asosiy maq-sadi mahalliy rus hokimiyatini yerga urib qoralash orqali yerli aholi o'rtasida obro' qozonishdan iboratligi ham ko'rsatilgan. TTMB maxfiy agenti Mirza Ahmad Qushbegiyev uni to'ldirib, «Agar bu jamiyat jazosiz qolaversa u holda dahshatli kuchga aylanadi. Xalq ularning qaramog'iga ilinib, jilovini ularga berib qo'yadi», deb andijonlik taraqqiyparvarlarning siyosiy kuch eka-nini ta'kidlagan.
Taraqqiyparvarlar o'z oldiga siyosiy erkinlikka erishish, rus va mahalliy ma'muriyat zulmidan ozod bo'lishdek maqsadni va-zifa qilib qo'yganlar. Ularga ruscha va musulmoncha ma'lumotga ega bo'lgan Andijon yoshlarining ko'pchiligi xayrixoh edi. Andi-jon uyezdi boshlig'i polkovnik Yu.A.Brjezitskiy Farg'ona viloyati harbiy gubernatoriga 1916-yil 13-sentabrdagi bildirgisida «Hozir-da aholi ma'muriyat ovoziga emas, balki janob Vadim Chaykin, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Ahmadbek Hoji Temurbekov, Poshshoxo'ja Umarxo'jaevlar va ular to'dasi ovoziga quloq os-moqda. Odamlar arz-shikoyatlar bilan ma'muriyat oldiga emas, balki o'shalar huzuriga adolat istab bormoqda. Ma'murlar Toshkent, Andijon va Qo'qon kabi yirik ma'muriy markazlarda tobora kuchayib borayotgan «taraqqiyparvarlar» firqasidan juda hayiqib qolishdi» deb yozgan.
«Taraqqiyparvarlar» sardori Ubaydullaxo'ja Asadulla-xo'jayevning «Rus imperator jug'rofiya jamiyati» majlisidagi ma'ro'zasida «Rus xalqi bizlarni o'g'irlik va jinoyatga o'rgatdi» degan fikrni «Turkestanskiy golos» gazetasi o'z sahifalarida yozgan edi. Buni o'qigan mustamlakachi shovinistlar nihoyatda darg'azab bo'lishgan.
Aholi tomonidan advokat Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev nomiga yozilgan arizada shunday yozilgan: «Hozirgi Andijon no-hiyasi boshlig'i Brjezitskiy davrida avvallari ham mavjud bo'lgan poraxo'rlik, tovlamachilik va zo'ravonlik nihoyatda kuchayib ketdi. Qonun-qoidaga aylangan bu sistemaning xususiyatla-ri, birinchidan, aholidan o'lpon olish va poraxo'rlikka mahal-liy amaldorlar: ellikboshi, mingboshi va shahar bosh oqsoqoli Shermat Alimqulov kabi ma'muriyat vakillari jalb etilayotgani-da, ikkinchidan, soliq, o'lpon undirish va pora olish ma'muriyat vakillari tomonidan bevosita emas, balki bilvosita vositachilar orqali amalga oshirilayotganida namoyon bo'lmoqda. Xusu-san, nohiya boshlig'ining tilmochi Yusufjon Hoji hamda pris-tavlarning tarjimonlari vositachilik qilishmoqda. Bu usul shun-day ustalik va izchillik bilan olib borilmoqdaki, natijada aholi amaldorlarning qonunga xilof ishlari yuzasidan qilgan jinoyatla-ri hech qachon adolatli hal bo'lmaganligiga ko'nikib ketishgan. Bu ahvolni Asadullaxo'jayev general-gubernator Kuropatkinga yetkazgan. U esa Asadullaxo'jayevning talabini qondirib Andi-jon tuman boshisini lavozimidan chetlatadi. Shuningdek mar-dikorlikka olish bo'yicha barcha ishlar jadidlar rahbarlik qiluv-chi «Tuzem qo'mitasi» ixtiyoriga topshirilib, uning raisligiga U. Asadullaxo'jayev, muovinligiga esa Munavvarqori Abdurashid-xonov tayinlanadi».
Kuropatkinning «taraqqiyparvarlar»ga ko'rsatgan bun-day ishonchi tagida yotgan yashirin maqsadni fahmlamagan shovinistlar benihoya darg'azab bo'ladi. Polkovnik Brjezitskiy maslakdosh do'sti, Farg'ona viloyati harbiy gubernatori vazifa-sini bajaruvchi polkovnik Ivanovga yuborgan xatida shunday degan: «Tuzemetslar so'nggi vaqtda surbetlashib ketishdi. Ja-nob Xo'jayevlar va Chaykinlar «Kambag'al tuzem aholini eza-yotgan ma'muriyat» ustida yana arzbozlik kompaniyasini bosh-lamoqda. Fikrimizcha, zudlik bilan ularning faoliyatiga chek qo'yish kerak. A. Chaykin, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev ukasi Bashirullaxo'ja, Ahmadbek Temirbekov, Poshshoxo'ja Umarxo'jayevlarni mardikorlikka jo'natish tugaguncha o'lkadan chiqarib yuborish zarur. Shaxsan o'zim ko'rgan-kechirganlarim asosida mahalliy aholiga ishonchimni batamom yo'qotdim. Bu
12 - Vatan tarixi, 2.
xalq iyul oyida rus qizlarini va ayollarini zo'rladi, ko'priklarni yondirdi, himoyasiz amaldorlarni o'ldirdi. Bunday yovvoyilar-ga men endi sira ishonmayman. O'lkadagi 27 yillik xizmatimdan kelib chiqib, shunday qat'iy xulosaga keldim: yovvoyi tuzemlarga bizning insonparvarligimiz mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Faqat miltiq-nayzalargina ularni mardikor berishga majbur qiladi». 1898-yilgi Andijon qo'zg'olonini bostirishda faol qatnashgan Brjezitskiyning bu xulosasi polkovnik Ivanovning o'sha vaqtda xalq orasida mashhur bo'lib ketgan «bir rus soldati etigi poshna-si mingta tuzemets ablahdan afzal», degan iborasiga hamohang edi.
Shovinist Ivanov jadidlarni, ayniqsa, Ubaydullaxo'ja Asa-dullaxo'jayevni o'lgudek yomon ko'rardi. U bor vositalarni ishga solib taraqqiyparvarlar ustidan jinoiy ish qo'zg'adi. Shax-san o'zi ko'zatuv ishlari olib bordi. 162 varaqni tashkil etgan ma'lumotnomasida «taraqqiyparvarlar»ning rus inqilobchilari bilan hamkorligi xunuk oqibatlarga olib kelishi haqida ma'lumot to'plab o'lka hukmdori Kuropatkinni qo'rqitmoqchi bo'ldi. «Xo'jayev o'z ta'sirini kuchaytirish uchun, - deb yozgan edi Ivanov, - Andijondagi Sulaymon Kelginboyev to'dasi bilan bi-tim tuzib, tayyor tashkilotga bosh bo'lib oldi. Kelginboyevning Asadullaxo'jayev bilan ittifoqiga «Turkestanskiy golos» gazetasi muharriri, faxriy fuqaro A.A.Chaykinning ukasi Vadim Chaykin va o'z xodimi yahudiy Il ya Yakovlevich Shapiro bilan jon dili bilan kirishgan va u bilan til biriktirgan».
«Bu o'zbeklar, - deyiladi TTMB boshlig'i o'rinbosari, polkov­nik Rozalion-Soshalskiyning 1916-yil 24-sentabrdagi bildirgisi-da, - Andijon shahrining eski qismini o'zaro bo'lishib olishgan va har kuni o'z jabhalarini aylanib chiqadilar va aholidan hol-ahvol so'rash ma'nosida qandaydir shikoyatlar yo'qmi degan savollar ham berishadi. Boshqacha qilib aytganda, ularning o'zlari aholi vakillariga biron narsa bo'yicha shikoyat yozishlikka shama qila-dilar. Kechqurun tahririyatda to'planishib Chaykin va uning yor-damchilari, jumladan, huquqshunos Shapiro ishtirokida yig'ilish o'tkazadilar».
Chaykinning general-gubernatorga yo'llagan telegrammasi bo'yicha Andijon shahrining katta oqsoqoli ishdan olingan vaqt­dan beri Chaykinning ahamiyati yanada ko'tarilib ketadi. Shun-dan beri Chaykin general-gubernator bizning tomonimizda va u, Chaykin ma'muriyatdagi har qanday amaldorlarni xizmati-dan haydashi mumkin, deb yuribdi. Deyarli har kuni «Turkes-tanskiy golos» gazetasi tahririyatiga kelib, yig'ilishda qatnasha-yotgan «taraqqiyparvar»chilardan hozircha quyidagilar ma'lum: Olimjon Hoji Mirza Yusupov Asaka volost boshqaruvchisining sobiq mirzasi, Sa'dullaxo'ja Tursunxo'jayev savdogar, Mirkomil passajida o'zining manfaktura (gazlama) do'koniga ega, Mirali Umarboyev shahar noibi, Latifjon Maxsum Qoziyev, Andijon shahri 2-qismidagi hokim tilmochi, Olimjon Hojining qarindoshi, Qo'chqorboy Alimov, Mirali Umarboyevda prikazchik Otaxon Nazarboyev xususiy kitob do'koniga ega, Mirhaydar, Mirkomil Mo'minboyev uyi yonidagi gazmol magazinni egasi.
Polkovnik Ivanov shaxsan o'zi va maslakdoshlari nomidan Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayevni va uning safdoshlarini dar-hol hibsga olish, butkul Turkiston o'lkasidan chiqarib yuborishni general-gubernatordan qat'iy ravishda talab qilgan. Kuropat-kin esa usta siyosatchi sifatida Sirdaryo viloyati gubernatoridan bu haqda fikr so'raydi. U esa 1916-yil 5-noyabrda Kuropat-kinga yo'llagan axborotida U. Asadullaxo'jayevning «zararli faoliyati»ga oid hech qanday asoslar yo'qligini yozadi. Ammo, oxiri general-gubernator mahkamasi, maxsus bo'lim, siyosiy razvedka-Turkiston rayon muhofaza bo'limi ko'rsatishicha, Tur-kistonning harbiy-siyosiy doiralari jadidlarning «taraqqiypar-varlar» firqasining aholiga ta'siridan xavfsirab, uning faoliyatini to'xtatishga qaror qilishgan.
1917-yil 31-yanvarda TTMB boshlig'i o'rinbosari polkovnik Rozalion-Soshalskiy Farg'onaga kelib, harbiy gubernator mah-kamasidagi hujjatlar bilan tanishadi. Tez orada «o'ziga «taraq-qiyparvarlar» nomini qo'ygan Andijondagi uyushma faoliyati haqida»gi jinoiy ish qo'zg'atiladi. Xuddi shu vaqtda inqilobiy mazmundagi o'zbek tilida tarqalgan varaqalar chor ma'murlarini g'oyat tashvishga solayotgan edi. Bu varaqalarni yozishda va tar-qatishda 50 dan ortiq «taraqqiyparvarlar» gumon qilinadi.
«Taraqqiyparvarlar» asta-sekin inqilobiy harakatga qo'shilib ketayotganliklari endi ravshan bo'lib qolgan edi. TTMB boshlig'i polkovnik M.Volkov 1917-yil fevral oyida general-gubernator Kuropatkinga «Taraqqiyparvarlar» firqasi ishi bo'yicha ishga ki-rishganini va o'rinbosari podpolkovnik Rozalion-Soshalskiyning 7-fevralda Andijonga yuborilganini ma'lum qiladi. Shu bilan birga Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev va boshqa firqa a'zolari va rahbarlarini jinoiy faoliyatda ayblab o'lkadan surgun qilish haqida Kuropatkinning buyrug'i ijro uchun qabul qilinganini ta'kidlaydi.
Nihoyat, Kuropatkin o'ta shovinist generallar va zobit-larning siquviga dosh berolmay, mardikorlikka safarbarlikni uyushtirishda adolatli ish ko'rishni talab qilgan jadidlarni sudga beradi. Ammo Turkiston o'lkasi tarixida kutilmagan voqea yuz beradi. Toshkent okrug sudi raisining o'z kasbdoshi, ishonchli vakil - advokat Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev va uning saf-doshlari ustidan farmonining e'lon qilinishi Turkiston xalqini qo'zg'olon ko'tarishga majbur etadi. Jadidchi Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayevning Andijonga kelgan A.F.Kerenskiy va bosh-qalarga qo'zg'olonni yuzaga keltirgan sabablari haqida aytgan mana bu fikrlariga e'tibor bering: «Podsho farmoni e'lon qilin-masdan oldin Andijonda mustamlakachi ma'murlar xalqni aldab sizlarning o'g'illaringizni frontga olmaymiz, shu bois armiyani qo'llab unga otlar va boshqa kerakli narsalar bilan yordam bersangiz, pul qilsanglar bo'ladi, deb aldagan va bunga ishongan aholi front uchun ko'pdan ko'p moddiy sarf-xarajatlar qilgan edi». U. Asadullaxo'jayevning bu fikrini davlat dumasi minba-ridan turib 13-dekabrda noib Jafarov katta achinish bilan aytgan edi.
Farg'onada 10 yildan beri gubernatorlik qilib kelayotgan general-leytenant Aleksandr Gippius podsho farmonining bemavridligini payqab, uni nihoyatda tinch yo'l bilan bajarish-ga urinadi. U «Farg'ona viloyati vedomosti»da podsho farmoni bilan barobar aholiga o'zining murojaatini e'lon qiladi. Namo-yish tarzida bu murojaat arab imlosida, o'zbek tilida beriladi. Unda gubernator mardikorlar davlat tomonidan to'la-to'kis ta'minlanishi, odamlar o'zlari o'rniga boshqa odam yollab yu-borishlari ham mumkinligini aytgan. Gippius joylarda aholining g'alayonlari haqidagi xabarlarga asoslanib, general-gubernatorga
«xalq g'alayonlari» nima sababdan kelib chiqishidan qat'i nazar, u o'z taraqqiyoti davomida diniy va siyosiy zaminga ko'chishi xavfi bor», deb uni ogohlantiradi. U 17-iyulda ro'za tugab, 18 iyuldan hayit uch kun davom etilishini eslatgan holda, bu kunlar «to'polon chiqish uchun juda qulay» ekanligini uqtiradi. Gippius podsho farmonini aynan Farg'onada qo'llab bo'lmasligini yozish-ga jur'at etadi. U mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib, pod-sho farmoniga «o'zi bilganicha to'zatish va chekinishlar kiritaja-gini, bundan maqsad yirik tartibsizliklarga yo'l qo'ymaslikdir», degan mazmundagi telegrammaning bir nusxasini Toshkentga, ikkinchi nusxasini esa Peterburgga - Bosh shtabga yuboradi.
Tajribali siyosatchi va tadbirkor general yon bosishlar, qis-man chekinishlar va hatto Qur'oni Karimni ham ishlatish bi-lan qo'zg'olon chiqarmaslikka urinadi. Katta olomonning ko'z o'ngida gubernator boshiga salla o'rab, yelkasiga to'n tashlab, Qur'ondan suralar o'qiydi. Lekin, har qanday urinishlar tugal natijaga olib kelmasligiga ko'zi yetgach, oxirgi chorani qo'llaydi. Vaqtdan yutish maqsadida u 27-iyulda podsho farmoni ijrosini to'xtatib turish haqida ko'rsatma beradi. Bunday dadil va qaltis ishni asoslab, gubernator zo'ravonlik ishlatilsa, «isyonga doim moyil» va «hamisha g'azovot ruhi ufurib turadigan» Farg'onada aholi qisman tog'larga chiqib ketishiga, qisman qaroqchilar to'dasiga qo'shilib ketishiga, asosan esa diniy va siyosiy shior os-tida ochiqchasiga ko'tarilib ketishiga urg'u beradi. Gippius oliy qo'mondonlikka Turkiston rus davlati uchun qudrat manbayi bo'lib qolishi maqsadida shunday qilingani ma'qulligini aytadi. Ammo Markaz uning dalillarini qabul qilmay, hatto farmonni buzishda va musulmonlarga yon bosishda ayblab vazifasidan bo'shatadi. Uning o'rniga o'taketgan shovinist, kaltadum polkov-nik P.Ivanov tayinlanadi. U tabiiy ravishda tezlik bilan farmonni bajarishga hamda ochiqdan-ochiq harbiy jazolar qo'llashga kiri-shadi1.
A.F.Kerenskiy boshliq 31 nafar Davlat dumasi a'zolari Mi-nistrlar Kengashi raisi, harbiy, ichki ishlar va adliya vazirligiga yozgan murojaatlarida 1916-yil iyulida Turkistonda bo'lib o'tgan

O'zbekistonning yangi tarixi. Brirnchi kitob... 418-bet.


dahshatli voqealarni tasvirlab, «ko'p minglab «tuzumetslar» jin-si, yoshi farqlanmay jazo ekspeditsiyalari tomonidan yo'q qilib yuborildi», «qirg'iz aholisi minglab o'ldirilmoqda», Samarqand viloyati, Jizzax uyezdida jazo otryadiga o'z yo'lida uchragan bar-cha aholini va butun qishloqlarni yo'q qilishga buyruq berilgani, aholining yoppasiga qirg'in qilingani, shahar, qishloq va ovullar yondirib yuborilgani, aholining barcha mol-mulki tortib olingani kabi dahshatli manzara ochiq-oshkora yoritib beriladi. 1916-yilgi qo'zg'olon masalasining Davlat dumasida ko'rilishining asosiy tashkilotchilari, tashabbuskorlari ayni andijonlik taraqqiypar-varlar va demokratlar bo'ldi.
Shunday qilib, Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingach o'lka xalqlarining barcha insoniy haq-huquqlari oyoqosti qilindi, milliy zulm kuchaydi. Turkistonliklar milliy-ozodlik kurashlariga otlandilar, qo'zg'olonlar yuz berdi. Xalq ommasi Rossiya mus-tamlakachilik iskanjasidan qutulishning birdan bir, eng ishonchli yo'li qurolli qo'zg'olon ekanligini tobora anglab yeta boshladilar. 1916-yilgi qo'zg'olon mana shu yo'ldagi ulkan ko'tarilish bo'ldi. Bu qo'zg'olon o'lka xalqlari kuch-qudratining haqiqiy namoyishiga aylandi. Eng oddiy qurollar bilan qurollangan o'zbek qirg'iz, turkman, tojik, qozoq, qoraqalpoq xalqlari 1916-yilda rus istilochilariga qarshi «Jihod» e'lon qilgan va Turkistonda chor hokimiyatini parchalab tashlab, musulmon davlati barpo etishni ko'zda tutgan edilar. Ammo xalq qo'zg'oloni Rossiya mustam-lakachilari tomonidan qonga botirildi. Ammo u Turkiston xal-qining ozodlikka bo'lgan xohish irodasini bostira olmadi. Buni biz Turkiston general-gubernatori Kuropatkinning podshohga yo'llagan quyidagi xabaridan ham bilsak bo'ladi: «Yarim asrlik hukmronligi maboynida rus hukumati o'zga xalqlarni rus pod-shohining ishonchli xizmatchilariga va rus imperiyasining sodiq fuqarolariga aylantira olmadi»47.
Duma majlisida dumaning musulmonlar fraksiyasi raisi Qut-lug' Muhammad Mirza To'qil bilan birga Turkiston qo'zg'oloni sabablarini aniqlash uchun hozir bo'lgan A.F.Kerenskiy bosh-qa urush o'choqlari qatori Turkistonda ham yangi front yuzagakelganidan shikoyat qiladi. U o'z yurtdoshlarining vahshiy-liklaridan voqiv bo'lgach, vayronaga aylantirilgan shahar va qishloqlarni ko'rgach, yuzaki bo'lsada, turkistonliklarni yoqlab chiqdi. 1917-yil fevral inqilobi xabari kelganda, hali Turkistonda 1916-yil qo'zg'olonining izlari o'chmagan, rus hukmronligi to'la-to'kis tiklanib ulgurmagandi. Turkistonliklar Kerenskiyga tabrik telegrammasi yo'llashib, uning yordamida ozodlikka chiqishga umid bog'ladilar. Chunki Kerenskiy 1916-yil noyabrida Turkistonda so'zlagan nutqida rus hukumatini shafqatsizlikda ayblagan, Turkistonga o'z hukmatini tuzish huquqini berish-ni talab qilib chiqqan, 1916-yil oxirida Peterburgga kelgan To'rg'ay viloyati delegatsiyasiga rus hukumatining va'dalariga ishonmaslikni maslahat bergan va shu sababdan nafaqat Tur-kistonning, balki turkiy xalqlarning ishonchini qisman oqlagan
edi48.
Xullas, 1917-yil fevral burjua-demokratik inqilobi arafasida Turkistonda murakkab bir ijtimoiy-siyosiy vaziyat vujudga kelgan edi. O'lkada yashab kelayotgan xalq ommasi og'ir ijtimoiy va milliy mustamlakachilik zulmini o'z bo'ynidan uloqtirib tashlash uchun faol kurashga otlanadi. Xususan, 1916-yilgi qo'zg'olon bu mintaqa katta siyosiy larzalar arafasida turganligini ko'rsatardi. Ammo xalq ommasining erk uchun, ozodlik va milliy istiqlol uchun olib borayotgan kurashiga boshchilik va rahbarlik qilishini eplay oladigan siyosiy partiya Turkiston o'lkasida yo'q edi.
Nihoyat, 1917-yil fevralida Rossiyada inqilob yuz berdi, podshohlik Rossiyasi quladi. Butun mamlakat bo'ylab hurriyat, ozodlik keng quloch yoydi. Jadidchi shoir Abdulhamid Cho'lpon bu inqilobni Fransiyadagi XVIII asrdagi buyuk inqilobga tenglashtirdi. Ayni shu fevral inqilobidan keyin O'rta Osiyodagi jadidchilik harakatida, jadidlar faoliyatida tamomila yangi davr boshlandi, yangi sahifa ochildi. Jadidlarning o'z maqsad va istak-larining ro'yobga chiqishi uchun zarur ijtimoiy-siyosiy vaziyat, sharoit yuzaga keldi.
Xullas, jadidchilik harakati o'zining yangi bosqichiga qadam qo'ydi.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə