Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/36
tarix26.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#131978
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Uyg’ur yozuvi
. Mahmud Koshg’ariy “Devonu lug’atit turk” asarida uyg’ur alifbosini 
“turkcha yozuv” deb atagan va harflar soni 18 ta ekanligini qayd etib, ularni keltirgan. Mahmud 
Koshg’ariyning fikricha, “barcha hoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan 
shu kungacha, Qashqardan Chingacha – hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan yuritilgan”.
1
Аhmet Caferoğlu. Türk dili tarihi. Istanbul.1984. 127-130.


16 
Ibn Arabshoh o’zining “Ajoibu-l-maqdur fi navoibi Taymur” (Temur falokatlarida 
qismatning qiziqliklari) deb atalgan kitobida uyg’ur yozuvi haqida ma'lumot berib shunday fikrlarni 
bayon qilgan: “Chig’atoyliklarda esa “uyg’ur” deb ataluvchi va “mo’g’ul xati” deb shuhrat topgan 
yozuv bor. Soniga o’n to’rtta harfi bor.
...Ozligining va shu son bilan cheklanganligining sababi bo’g’iz harflarini bir xil shaklda 
yozadilar, talaffuzi ham shunday. Maxrajda (artikulyatsiyada) bir-biriga yaqin bo’lgan “b” va “f” 
kabi, “z” , “s”(sod) kabi, “t”, “d”, “t” (itqi) kabi harflar ham shunday. Ular o’zlarining tilxat, maktub, 
farmon, xat, kitob, bitim, solnoma, she'r, qissa, hikoyat, hisob, xotira va devonga tegishli hamma 
ishlarini chingizona tuzuklarini shu yozuvda yozadilar. Bu yozuvni yaxshi bilgan ularning orasida 
xor bo’lmaydi, chunki bu ularda rizq ochqichidir”. Ibn Arabshohning ma'lumotiga ko’ra uyg’ur 
harflarining nomi, o’zi bildirgan undosh tovushdan keyin “a” tovushini qo’shish bilan yasaladi. 
Uyg’ur yozuvi mutaxassislarning fikricha, sug’d yozuvi asosida shakllangan. Dastlab sug’d 
yozuvi kabi konsanat yozuv bo’lgan. Uch xil, so’z boshidagi, o’rtasidagi va oxiridagi shaklga ega. 
Unlilarning jarangli-jarangsiz juftlarini ifodalashda bir harfdanfoydalanilgan. Yozuvdajarangli-
jarangsiztovushlarnifarqlashuchunkeyinchalik qo’shimchabelgilar qo’llangan.
“Merojnoma”, “Oltin yoruq”, “Qutadug’u bilig” singari asarlar uyg’ur yozuvida bitilgan.
Arab alifbosi asosidagi turkiy yozuv. Arablar VII – VIII asrlarda juda ko’plab mamlakatlarni 
bosib olganlaridan keyin o’sha o’lkalardagi madaniy yodgorliklarni, xususan qadimgi qo’lyozmalarni 
yo’q qildilar. O’qish-yozishni biladigan ziyolilar qatag’on qilindi. Mahalliy til va dinlar o’rniga arab 
tili va islom dini joriy etila boshlandi, tillarning yozuvlari esa arab alifbosi bilan almashtirildi. 
Natijada arab tili va islom dinini qabul qilgan hududlar chegarasi kengaydi, arab alifbosi asosida 
yozadigan xalqlar soni ko’paydi. 
Arab tilidan ham ko’ra arab alifbosining qo’llanishi tez sur'atlar bilan kengayib bordi. Forslar, 
ulardan keyin usmonlilar imperiyasi tarkibiga kirgan xalqlar, Bolqon yarim orolidagi xalqlar
G’arbiy, Markaziy, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrikaning katta qismida yashaydigan aholi arab 
alifbosini qo’llay boshladi. Shunday qilib arab alifbosi hindevropo til oilalaridan – slavyan tillariga 
kiruvchi bosnya, ispan, fors, urdu, shuningdek, turkiy tillar, qadimgi yevrey, afrika tillaridan – 
berber, suaxil, sudan tillari uchun qo’llana boshladi. Natijada arab alifbosi lotin yozuvidan keyingi 
ko’p tarqalgan yozuvga aylandi. 
Arab alifbosi kelib chiqishi jihatidan unchalik qadimgi tarixga ega emas. Alifbo tarixi bilan 
shug’ullangan mutaxassislarning fikriga ko’ra, u IV asrning oxirlari yoki V asrda nabotiy yozuvi 
asosida shakllangan. Nabotiy yozuvida esa undosh tovushlarni ifodalaydigan 22 ta harf bo’lgan. 
Dastlabki arab alifbosida ham 22 ta belgi bo’lib, u keyinchalik arab tilining tovush xususiyatlariga 
moslashtirilgan va alifboga 6 ta belgi kiritilgan. Shunday qilib, 28 ta belgiga ega arab alifbosi 
yaratilgan. 
Arab alifbosida bitilgan eng qadimgi yozuv namunasi 512 yilda bitilgan uch tilda – grek-
suriya-arab tillaridagi yozuv yodgorligi 1879 yilda Xalabga yaqin joydan topilgan.
Arab alifbosining yaratilgan joyi haqida ham olimlar o’rtasida turli qarashlar mavjud. Ba'zi 
olimlar uni Messopatamiyada yaratilgan deb hisoblasalar, ayrimlar Hijozda degan qarashni ilgari 
suradi. Yana bir guruh olimlar esa arab alifbosining nasx xati Hijozda, kufa xati Messopatamiyada 
bir vaqtning o’zida nabotiy yozuvi asosida shakllantirilgan degan fikrni bildirishgan.
Arab alifbosida turkiy xalqlarning ko’plab asarlari, xususan “Devonu lug’atit turk”, 
“Qutadug’u bilig”, “Hibbatul haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning hikmatlari kabi asarlar, Alisher 
Navoiy, Bobur va boshqa mualliflarning asarlari yaratilgan.
Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asarida qayd etilishicha, arab alifbosi turkiy 
tilning tovush xususiyatlariga imkon darajasida moslashtirilgan. Biroq arab alifbosi turkiy tillarning 
tovush xususiyatlarini to’la ifodalay olmas edi. Masalan, arab alifbosidagi harflar ifodalagan 
tovushlar turkiy tillarda yo’q edi. Turkiy tillardagi unli tovushlar faqat uchta-harflari bilan 
ifodalangan. Shunday kamchiliklar bilan birga, turkiy tillargagina mos tovush xususiyatlarini 
ifodalaydigan harflar alifboda mavjud emas edi. Shu bois uni tarixda bir necha marta isloh qilishga, 
ba'zan esa uni tubdan o’zgartirishga harakatlar bo’lgan. Bobur esa boburiy xat deb nomlangan alifbo 
tuzib chiqqan.
Yigirmanchi asrning boshlarida arab alifbosini isloh qilish masalalsi Tatariston, Ozarbayjon, 
Turkiya va boshqa o’lkalarda qizg’in muhokama qilingan. 


17 
1921 yilda Fitrat tuzgan “Chig’atoy gurungi” a'zolari tomonidan Toshkentda chaqirilgan til-
imlo qurultoyida arab alifbosi isloh qilingan. 1922 yil Toshkentda, 1923 yil Buxoroda o’tkazilgan 
qurultoylarda ham arab alifbosini isloh qilish masalasi ko’rib chiqilgan va nashr ishlarida, ta'lim 
jarayonida isloh qilingan alifbodan foydalanish boshlangan. Arab alifbosi yigirmanchi asrning 
o’ttizinchi yillariga qadar deyarli barcha turkiy tillar uchun rasmiy yozuv sifatida qo’llangan. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə