Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/36
tarix26.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#131978
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Nazorat uchun savollar: 
1. Turkiy tillarini tasniflashdagi asosiy mezonlar haqida gapiring. 
2. Turkiy tillarning asosiy xususiyatlarini guruhlab ko'rsating. 
3.Mahmud Koshgariy qanday tatnoyilga asoslanib turkiy tillarni tasnif qilgan? 
4. A.N.Baskakov tasnifining ahamiyatini tushuntiring. 
5.V.A.Rogorodskiy, V.V.Radlov, F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich, Bentsing va Menges 
tasniflarini qanday xususiyatlarga qarab tasnif qildilar, ularning farqlari nimada? 
5-mavzu: Turkiy xalqlarning yozuvi tizimi 
R e j a: 
1. Yozuvning paydo bo’lishi

2.Turkiy xalqlar yozuvi tarixining rivojlanish bosqichlari. 
3.O’rxun-Enasoy yozuvlari. 
4. Arab alifbosi va uning kelib chiqishi tarixi. 
5. Lotin alifbosi va uning kelib chiqishi tarixi. 
6.Kirill alifbosi va uning shakllanishi. 
 


13 
Tayanch so’z va iboralar:
yozuvning paydo bo’lishi, piktografik, ideografik, bo’g’inli 
yozuvlar, fonografik yozuv, O’rxun-Enasoy yozuvi, sug’d, moniy, braxma, suryoniy, arab, lotin, kirill 
yozuvlari. 
 
 
 
Insoniyat tarixida yozuv amaliyotini piktografik, ideografik, bo’g’inli yozuvlar boshlab 
berdi. Fonetik yozuv esa lingvistik bilimlar takomillashgan davrga to’g’ri keladi. Turkiy xalqlarning 
yozuv madaniyati tarixida butun boshli yozuvlar tizimi amal qilgan. Ba'zi yozuvlar xalqning 
madaniy, ijtimoiy-siyosiy yuksalishi, davlat va jamiyat taraqqiyoti ta'sirida yuzaga kelgan bo’lsa, 
boshqa birlari diniy ta'sirlar yoki qo’shni xalqlar bilan bo’lgan aloqalar natijasida yuzaga kelgan. 
Qadimgi turklar moniy, brahma, suryoniy kabi yozuvlarni qo’shni xalqlar bilan bo’lgan diniy 
munosabatlar tufayli qabul qilgan. Uyg’ur xati esa o’zga bir madaniy, iqtisodiy munosabatlar tufayli 
shakllangan.
So’g’d yozuvi 
aslida so’g’dlar foydalangan. Keyinchalik undan turkiy xalqlar ham 
foydalangan. Bu yozuvdagi turkiy yodgorliklar kam saqlangan. 
Moniy yozuvi
melodiy 247 yili Bobilda Moniy boshchiligida yangi dinga asos solinadi va 
shu davrdan boshlab Suriyaning Palmira shag’rida qo’llanilgan moniy yozuvi ham amalga kiritilgan. 
Ushbu yozuv moniy dini bilan birga Markaziy Osiyoga kirib kelgan. Yettinchi asrga kelib, moniy 
dini uyg’ur xoqonligining rasmiy dini sifatida qabul qilingan. Moniychilar tavbanomasi 
“Xuastuanift”ning ayrim qo’lyozma nusxalari, ayrim she'riy parchalar bizgacha yetib kelgan. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə