21
o’zbeklar, qozoqlar, qirg'izlar, turkmanlar, uyg'urlar, tatarlar va
boshqa xalqlarning qadimgi
qabilalanni hamda ularning qadimgi sodda tillaridagi so'zlarning qaysi xalq va qabila tiliga oid
ekanligini izohladi. Shu nuqtai nazardan lug'atdagi so'zlarni bir necha guruhga ajratish mumkin.
Hamma turkiy tillarda qo'llanadigan so'zlar: ish, esh, yol, bosh, boy kabilar. Bu so'zlar fonetik
variantlari bilan farqlansa-da, bir xil shakl vama'noda ishlatiladi.
Bir xil shakl va ma'noda bir necha turkiy tillarda qo'llaniladigan so'zlar: bol (suvor va
qipchoq tilida asl ma'nosida), suzgaq (arg'u va qipchoq tilida cho’mich ma'nosida) kabilar.
Muayyan xalq, qabila tiliga oid so'zlar: gejak-kokil (arg'u tilida), o'tunch-qarz (o'guz tilida),
qaraqlamoq-tfg'irlamoq, taiamoq (yag'mo tilida), tunak-qamoqxona, zindon (barsag'on tilida), sugut-
suzma (qarluq tilida) kabilar.
Bu haqda Mahmud Koshg’ariy shunday yozadi: «Men turklar, turkmanlar o'g'uzlar, chigillar,
yag'molar, qirgizlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko'p
yillar kezib chiqdim, lug'atlarini
ttfpladim, turli xil so'z xususiyatlarini o'rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim
uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildirn. Vlarni har
tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim».
Mahmud Koshg’ariy o'zlashma so'zlarga ikki xil munosabatda bo'ladi: 1) Kundalik
turmushda qo'llanadigan
turli xil narsalar borki, ular hayotga singib ketgan. Vlarni nomlovchi so'z
tilda bo'lmasa, bunday so'zni qo'shni tildan olish mumkin. 2) Tilda mavjiid so'zlar o'rnida boshqa tit
so'zini qffllash zararli deb hisoblaydi. B
U
fikrga asoslanganimizga
bilge, bitig, uragut
kabi turkiy
so'zlar o'rnida arabcha olim, kitob, ayol kabi so'zlarni qabul qilmasligimiz kerak.
Mahmud Koshg’ariy o'zlashtirma so'zlarni ham e'tibordan chetda qoldirmadi. Masaian, qarit
(o'g'irlash, talash) so'zini u turkman tiliga arab tilidan o'zlashgan deb taxmin qiladi. Shu bilan birga,
Mahmud Koshg’ariy turkiy tillardan boshqa tillarga o'zlashgan so'zlarga ham to'xtalib o'tadi. «Paxtali
to'n» ma'nosidagi yolma so'zi haqida it shunday deb yozadi: «Forslar buni turkiy xalqlardan olib
yalma shaklida talaffuz qiladilar. Arablar forslardan olib yolmoq shaklida qo'llaydilar. Hech kirn bu
so'zni turklar forslardan olgan deb da'vo qila olmaydi. Chunki men bu so'zni eng qirg'oq chegaralarda
yashovchi oddiy turk xalqlaridan ham eshitganman. Bular boshqa xalqlardan ko'ra,
bu xil yomgir
elpig'ichiga muhtojroqdirlar. Chunki bularning yurtida qor, yomgir ko'pdir»
Dostları ilə paylaş: