Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/36
tarix26.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#131978
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Dulbarchin yozuvining o’qilishi bilan qaysi olimlar shug’ullanishgan? 
2. Qaysi yozuvlar turkiy tillar tovush xususiyatlarini yaxshi ifodalagan? 
3. Mahmud Koshg’ariy yozuv haqida qanday fikrlar bildirgan? 
4. Turkiy tillar tovush xususiyatlarini ifodalash uchun qaysi yozuvlarga o’zgartirishlar 
kiritilgan?
5. Arab alifbosi asosidagi turkiy yozuvlarni kimlar, nima maqsadda isloh qilmoqchi bo’lgan? 
6. Lotin yozuviga o’tish jarayonida qanday fikrlar o’rtaga tashlangan? 
7. Rus alifbosiga asoslangan turkiy xalqlarning yozuvlari qaysi jihatlari bilan xarakterlanadi?
 
2
Иоганнес Фридрих. История письма. Перевод с немецкого. Москва, 1979, 137-140
.
3
Х.Дегеринг. H.Degering, Doe Schrift, Tübingen, 1952.


18 
6- mavzu: Turkiy tillarning o'rganish tarixi
Reja: 
 
1.
Mahmud Koshg‘ariy va uning “Devonu lug‘otit turk”asari. 
2.
Mahmud Zamaxshariy va uning filologik asarlari. 
3.
XIII-XVII asarlarda yaratilgan filologik asarlar. Ularning turkologiya tarixidagi 
o‘rni. 
Tayanch so’z va iboralar
:
Abu Hayyon, Jamoliddin ibn Muxanna, Jamoliddin At-Turkiy, 
«At-tuhfa», Mahmud Koshgariy, «Devonu lugotit turk», Mahmud Zamaxshariy, Jorulloh, 
«Muqaddimat ul-adab», arab titshunosligi, tematik lugat, qomusiy lugat. 
XII-XIV asrlar davomida arab tilida turkiy tillarning leksik, fonetik va grammatik 
xususiyatlariga bag’ishlangan bir qancha asarlar vujudga keldi. Ularning ko’pchiligi til to’rganish 
maqsadida, ba'zilari esa qiyosiy xarakterda yozilgan. M: Abu Hayyon asarlari bunga misol bo'la 
oladi. 
Ispaniyaning Andaluziya viloyatidagi Grenada shahrida tugilib, Misrda yashagan, aslida 
Afrikaning berber qabilasiga mansub bo’lgan Asiruddin Abu Hayyon al-Andalusiy (1256-1345) 60 
ga yaqin asar yozgan bo’lib, 15 tasi bizgacha etib kelgan. U turkiy xalqlarning tarixi va tiliga 
bagishlangan 4 asar yozgan. Bular: 1) «Turk tilidan ish kitobi», 2) «Turk sintaksisi sohasidan yorqin 
kitob», 3) «Turk tili tarixi», 4) «Kitob al-idrok li-lison at-atrok» («Turk tilini tushunish kitobi»). 
Bulardan bizga «Kitob al-idrok» nomli asari ma'lum. 
Abu Hayyonning turkiy tiliga bo`lgan qiziqishi Misrda yashab turgan davrdayoq paydo 
bdlgan edi. Bu qiziqish natijasida u arablarning turkiy tilini yaxshi tushunishlarini osonlashtirish 
maqsadida turkiy til va uning dialektlariga hamda turkiy til bilan arab tilining o'zaro qiyosiga 
bagishlangan «Kitob al-idrok...» lug'atidir. Asar 1312 yilda Qohirada yozilgan bo'lib, qo'l yozma 
nusxasi 132 betdan iborat. Bu asarning 2 qo'lyozmasi mavjud. Ular Istanbulda saqlanadi. Mazkur 
qtflyozmalar asosida 1891 yilda Mustafo Bey, 1931 yilda Ahmad Ja'far o'g'li asarni nashr ettiradi. 
Keyingi davrlarda A.Zayonchkovskiy, K.Brokkelman, L.Bouvat, E.Fozilov, A.Kurishjonov, 
N.Rasulova singari olimlar bu asar yuzasidan maxsus tadqiqot ishlari olib bordilar. 
N.A.Baskakovning ta'kidlashicha, asar qipchoq tilini o'rganuvchilar uchun mo'ljallab 
yozilgan amaliy qtfllanmadir. Asarda turkiy tillar leksikasi va grammatikasiga doir qiyosiy 
ma'lumotlar ham bor. 
Asar 2 qismdan iborat. 1) lug'at; 2)grammatika. 
Lug'atda so’zlar alfavit printsipi asosida joylashtirilgan. So'zning lugatdagi o'rni so'z 
boshidagi 2 harf (tovush) asosida belgilangan. 
Muqaddima qismida ma'lum bo’lishicha, Abu Hayyon tilning struktura elementlarini o'sha 
davrdayoq lugat tarkibi, morfoloeiya va sintaksisdan iborat deb hisoblaydi. Chunki u til o'rganish 
uchun uch narsani: 1) ayrim olingan so’zlarning ma'nolarini; 2) so'zlarning turlanish va tuslanish 
qoidalarini, 3) so'z birikmalarini bilishni tavsiya qiladi. 
Yuqorida ta'kidlab o'tdikki, asarning lug'at qismida turkiy so'zlar arab alfaviti tartibida 
berilgan. Unda 2760 so'z mavjud, Tadqiqotchilarni ko'rsatishicha, asarning lug'at qismida 5 ta 
arabcha so`z va 13 ta forscha so'z uchraydi. 
Izohlangan so'zlarning ko’pchiligi qipchoq tiliga doir, biroq lug'atda turkman tiliga oid so'zlar 
ham mavjud. Shuning uchun bo'lsa kerak, ba'zi tadqiqotchilar Abu Hayyonning bu asari qipchoq-
turkman tiliga bagishlangan asar degan fikrlarni ham bildirishgan. 
1) k, g tovushining y tovushiga o'tishi holati: dagma-tayma, atni mindum ayarlab; 
2) g tovushining undoshlar oldidan tushishi: igna-ina. 
3) g va y tovushlarining o'rin almashinib kelishi; bugdoy-buyday; 
4) g`va v tovushlarining o'rin almashinib kelishi; o'g`ul-o'vul, ag'uz-avuz; 
5) so'z boshida y undoshining orttirilishi; ilon-yilon, yip-ip; 
6)x tovushining q ga o'tishi; xo`ja-qo`ja; 
Turkman tiliga oid fonetik xususiyatlar sifatida quyidagilar ko'rsatiladi. 


19 
1) m tovushining b tovushiga otishi: man-ban; 
2) t tovushining d ga o'tishi: tilku-dilku (tulki) 
Morfologiya qismida so'zlar odatga kdra 3 turkumga ajratilgan: ot, fe'l, harf (yordamchi 
so'zlar va qo'shimchalar). Bu qismda turkiy tillarning so'z yasash, so'z o'zgartish va shakl yasash 
tizimi aks ettiriladi. 
Sifatlarning orttirma darajasi «yavlak» so'zi orqali hosil qilinadi: yavlak ko'rkludur-juda 
chiroylidir. «Yarim» ma'nosini bildiruvchi son manbada «yaru» so'zlari bilan ifodalanadi. 
Umuman, Abu Hayyonning «Kitob al-idrok» asari turkiy tillar tarixini o'rganishda katta 
ahamiyatga ega. 
Jamoliddin ibn Muxanna XIII asrning oxiri XIV asrning boshida yashagan. Olimning ilmiy 
merosi P.M.Melioranskiy, S.Ye.Malov kabi turkolog olimlar tomonidan o'rganilgan. 
Ibn Muxanna turkiy tillarga bag'ishlah «Xiliat-ul-inson va xalibat-ul-lison» nomli asarini 
yozgan. Olimlar bu asarda keltirilgan materiallar o'g`uz tillariga, xususan eski ozarbayjon tiliga 
mansub deb ko'rsatishadi. Ibn Muxanna kitobda o`g`uz tillar xususiyatlarini boshqa turkiy tillarga 
qiyoslab izohladi, ularnl fonetik, leksik va grammatik farqlarini ko'rsatadi. 
Jamoliddin Muhammad Ahdulloh Turkiy o'z davrining yirik olimlaridan biri sanaladi. Uning 
qayerda yashagani va qanday asarlar yozgani haqida aniq ma'lumot yo'q. Ammo N.K.Baskakovning 
yozishicha, uning birgina «Kitobu bulg'ot al mushtoq fi-l-lug'ati at-turk va-l-qifchoq» («Turk va 
qipchoq tillariga mushtoqlarni qoniqtiruvchi kitob») lug'atigina bizgacha etib kelgan. Bu nodir asar 
birgina nusxaga ega bo`lib, hozirda Parij Milliy kutubxonasining Sharq qo'lyozmalar fondida 
saqlanadi. 
Asar 4 bobdan iborat bo'lib, ularning har qaysisi mavzuviy gurithlarga-fasllarga ajratilgan. 
Asarning birinchi bobi tangrining ismi va fazoda unga tobe bo'lgan mavjitdotlarga hamda diniy 
terminlarga bag'ishlangan. M: tangri, yalavach, farishta, quyosh, yog`mur, ko`kramak, ay tutulmak 
kabilar. 
Asarning ikkinchi bobi er, uning osti va uslidagi narsalar izohiga bag'ishlangan bo'lib, ularga 
oid so'zlar bir qancha guruhlarga bo’lingan: 
M: foydali qazilmalarga oid so'zlar: altun, kumush, baqo'r (mis), kamur, qurshun 
(qo’rg'oshin), tamur; 
-
harbiy sohaga oid so'zlar: kozari (josus), chari (qo'shin), chalo'sh (olishuv, 
kurash), sano'sh (sanchilmoq), qonush (bosqinchilik); 
-
o’simliklar nomlari: bugdoy, arpa, kunji, noxut, ekin; 
-
hayvonlar nomi: davar (poda), dava(tuya), okuz, bug'a, qoyan, buzag'u, oglak (uloq, 
echkicha); 
-
oziq-ovqat nomlari: ai (go'sht), ash, bal (asal), chaqar (shakar), yag: 
-
qarindoshlikka oid so'zlar: ana, ata,o`g'lan, o`g`ul, qiz; 
-
hashorat nomlari: sinak (pashsha), chibin; 
-
qush nomlari: sercha (chumchuq), chtipchak (chumchuq), kaklik, chil kabi so'zlar 
guruhiga bo'lgan. 
Asarning uchinchi bobida payt va o'rin ravishlari, kelishik, ko'rsatish va so'roq olmoshlari, 
ko’makchilar haqida, hafta kunlari va yil fasllari nomlari to'g'risida ma'lumot beriladi. 
Turkiy tillar lug'ati va grammatikasiga bagishlangan asarlar qatoriga muattif noaniq bo'lgan 
«Kitob at-tuhfatuz zakiyatu fi-l-lug'at~it-turkiya» («Turkiy til haqida noyob tuhfa») asar ham kiradi. 
Kitob kirish qismida muallif shunday yozadi: «Mendan (bu ishni) so’raganlarga ho’p deb 
va'da qildim. Tangridan muvaffaqiyat va yordam so'radim» («At-tuhfa» 8-bet) deyilishi ya'ni 
muallifdan mazkur asarni yozishni kimlardir so'raganiga ishora qilinishi uning etuk olim bo’lganidan 
dalolat beradi. Asar muallifi M.Koshgariy izidan borib, turkiy qabila tillarini, ularning o'zaro farqi va 
o'xshash jihatlarini aniqlashga harakat qilgan. 
«At-tuhfa» asarida qipchoq tili materiallari tahlil qilingan. «Men bu asarda,-deb yozadi 
muallif,-qipchoq tili (xususiyatlari)ga asoslandim. Chunki eng ko`p qo'llangan til qipchoq tilidir». 
Bu nodir yodgorlik 1922 yilida turk olimi Fuat Kupruluzoda tomonidan fan olamiga ma'lum 
qilindi. Shundan keyin polyak olimi A.Zayonchkovskiy, venger olimi 1942 yilda T.Xalal-Kun bu 
nodir yodgorlik faksimilesini nashr etdi. 1945 yilda Boaim Atalay «At-tuhfa»ning turk tiliga 
tarjimasini nashr etib, unga asarning to'liq lug'ati va fotokopiyasini ilova qildi. 


20 
1968 yilda S.Mutallibov mazkur asarni o'zbek tilida nashr ettirdi. 1978 yilda E.Fozilov va 
M.Ziyaevalar «At-tuhfa»ni kirish, leksik-grammatik ocherk, tarjima, so'zlik, grammatik 
ko'rsatkichlari bilan rus tilida nashr etdilar. Kirish qismida asarning o`rganilish tarixi haqida to'liq 
ma'lumot beriladi. 
Asar 182 betdan iborat, arab tilida yozilgan. Asarda qipchoq till materiallari uch qismda 
izohlanadi: kirish, lugat, grammatika. «At-tuhfa»ning lug'at qismi 29 bobni tashkil etadi. 
Kirish qismida tafakkur va tilning inson jamiyatidagi rolini ko`rsatib, muallif «inson 
hayvondan faqat tushunish va so'z (so'zlash) bilan farq qiladi» deydi. 
Lugat qismida 3 mingta turkiy so'z berilgan bo'lib, ularning ma'nolari arab tiliga tarjima 
qilingan. 
Qipchoq till morfologiyasi va sintaksisi 64 bobdan iborat grammatika qismida tavsiflanadi. 
Undo muallif turkiy tildagi barcha grammatik kategoriya va shakllarni klassik arab tilshunosligi 
terminlari vositasida izohlaydi. 
Xullas, kitobning grammatika qismi qipchoq tili strukturasi to'grisida tugal tasavvur hosil 
qiladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə