Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi


Har xil oyoqlilar, ya'ni yonlab suzarlar



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə12/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ

Har xil oyoqlilar, ya'ni yonlab suzarlar (Amphipoda) turkumi vakillarining tanasi ikki yon tomondan siqilgan; tuzilishi tengoyoqlilarga birmuncha o‘xshash bo‘ladi. Boshi yaxlit bo‘lib, birinchi, ba'zan ikkinchi ko‘krak bo‘g‘imlari bilan qo‘shilib ketadi. Fasetkali ko‘zlari boshining ikki yonida joylashgan; ikki juft mo‘ylovlari yaxshi rivojlangan; og‘iz organi chaynovchi tipda bo‘ladi. Boshining orqa tomonidagi bosh qalqonining ostida muvozanat organi joylashgan. Ko‘krak oyoqlari 7 juft bo‘lib, bir-biridan bir muncha farq qiladi. Shu sababdan ularga har xil oyoqlilar nomi berilgan. Dastlabki ikki juft oyoqlari odatda qisqichga o‘xshash bo‘lib, oziqlanish uchun xizmat qiladi. Keyingi ikki juft ko‘krak oyoqlarining tirnoqlari orqaga, oxirgi 3 juftiniki esa oldingi tomonga egilgan. Deyarli hamma ko‘krak oyoqlarida bargga o‘xshash jabra plastinkalari joylashgan.
Yonlab suzarlarning qorin bo‘limi 6 bo‘g‘imdan iborat, qorin oyoqlari yaxshi rivojlangan. Ikki shoxli uch juft oldingi qorin oyoqlari tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, suzish uchun xizmat qiladi. Keyingi 2 juft qorin oyoqlari ham ikki shoxli, lekin ular orqa tomonga egilgan bo‘ladi. Bu oyoqlar telson bilan birga sakrovchi oyoqlar, ya'ni uropodlarni hosil qiladi. Ko‘payish davrida urg‘ochilarining ko‘krak qismida tuxum xaltasi hosil bo‘ladi. Bu xaltadagi tuxumlar ichida embrionlar rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan yosh nasli voyaga yetganlariga juda o‘xshash bo‘ladi.
Yonlab suzarlar turkumiga 4500 dan ortiq tur kiradi. Ko'pchilik turlari dengizlarda tarqalgan bo‘lib, suv tubidagi loyga ko‘milib yashaydi yoki maxsus naysimon inlar ichida hayot kechiradi. Yonlab suzarlar orasida planktonda hayot kechiruvchi vakillari ham ko‘p uchraydi.
Yonlab suzarlar oyoqlarining turlicha tuzilganligi tufayli xilma-xil harakatlanadi. Ular ko‘krak oyoqlari yordamida suv tubida yoki suv o‘tlari ustida o‘rmalab yurishi, oldingi ko‘krak oyoqlari yordamida suzishi yoki urapodlari yordamida sakrab harakatlanishi mumkin. Ko‘pchilik turlari sharoit taqazosi bilan uchchala usul yordamida ham harakatlanishi mumkin. Ular faqat suv havzalarining juda sayoz joylarida yon tomoni bilan suzadi. Suvning chuqurroq joylarida esa boshqa qisqichbaqasimonlar singari qornida suzadi. Shu sababli "yonlab suzarlar" nomi bu qisqichbaqasimonlar uchun uncha to‘g‘ri kelmaydi. Yonlab suzarlar orasida hammaxo‘rlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular har xil suv o‘tlari, mayda hayvonlar, turli organik qoldiqlar va hatto suv tubidagi balchiq bilan oziqlanishi mumkin. Planktondagi yonlab suzarlar orasida yirtqich vakillari ko‘p uchraydi. Ayrim yonlab suzarlar, masalan kit bitlari (Cyamidae) oilasi vakillari kitlar terisini kemiradi. Ko‘pchilik dengizlarning suv qaytish zonasida Gammarus va Anisogammarus urug‘i vakillari ko‘plab uchraydi. Chuchuk suvli ko‘llarda ko‘l yonlab suzari-Gammarus lacustris, oqar suvlarda Gammarus culex va Gammarus balcanicus keng tarqalgan. Bir qancha yonlab suzarlar g‘or, quduq, buloq va yerosti suvlarida ham hayot kechiradi.
Yonlab suzarlar ko‘pchilik ovlanadigan baliqlarning asosiy ozig‘i hisoblanadi. Yangidan barpo etiladigan suv havzalarida baliqchilikni rivojlantirish uchun yonlab suzarlarni ko‘paytirish, ayniqsa muhim ahamiyatga ega.

B

O‘noyoqlilar (Decapoda) turkumi. O‘noyoqlilar-yirik va eng murakkab tuzilgan qisqichbaqasimonlar. Ularning bosh qismi prototsеfalonda ikki juft mo‘ylovlari va poyachali bir juft fasеtkali ko‘zlari joylashgan. Harakatchan poyacha ko‘rish maydonini kеngaytiradi. Poyachada joylashgan ichki sеkrеtsiya bеzlari gormonlari pigmеntni hujayrada tarqalishi, tullash, modda almashinuvi, qon tarkibidagi shakar va kaltsiy miqdorini boshqarish jarayonlariga ta'sir ko‘rsatadi. Qisqichbaqalarning murakkab ko‘zlari pigmеnt hujayralar qavati bilan ajralib turadigan juda ko‘p mayda ommatidlardan tashkil topgan. Ko‘pchilik uzundumli qisqichbaqasimonlar antеnnulalari 2-3 shoxli bo‘ladi. Antennalardagi tuklar hid bilish, tuyg‘u va kimyoviy sezgi organi vazifasini bajaradi.
O‘noyoqlilarning ko‘krak bo‘g‘imlari uch juft jag‘ bo‘g‘imlari bilan qo‘shilib, yaxlit jag‘ko‘krakni hosil qiladi. Jag‘ko‘krakni orqa tomondan karapaks yopib turadi. Ko‘pchilik turlarida karapaksning oldingi qismi o‘tkir uchli rostrumni hosil qiladi. Oldingi uch juft ko‘krak oyoqlari jag‘oyoqlarga aylangan. Jag‘oyoqlari oziqni ushlash va uni og‘iz tеshigiga surish uchun xizmat qiladi. Qolgan 5 juft ko‘krak oyoqlari yordamida ular o‘rmalaydi. Shu sababdan ular o‘noyoqlilar dеb ataladi. Oldingi bir juft ko‘krak oyoqlari oziqni ushlash uchun xizmat qiladi.
Ko‘pchilik qisqichbaqasimonlarning tutish oyoqlarining qisqichi bor. Krablar va zohid qisqichbaqalarning faqat birinchi juft oyoqlari; krеvеtkalarning oldingi ikki juft oyoqlari, daryo qisqichbaqalari, omarlar va ayrim krеvеtkalarning oldingi uch juft oyoqlarida qisqichlar rivojlangan. Odatda oldingi ko‘krak oyoqlarining qisqichlari boshqalariga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Langustlar va boshqa ayrim o‘noyoqlilarda qisqichlar bo‘lmaydi. Qisqichlar ko‘pincha asimmеtrik, ya′ni ulardan biri ikkinchisidan yirikroq bo‘ladi. Omarlarning yirik qisqichi dеngiz kirpilarining qattiq po‘sti va mollyuskalar chig‘anog‘ini maydalash, kichik qisqichi esa krеvеtka va baliqlar tanasini bo‘laklash uchun xizmat qiladi. Tropik dеngizlarda tarqalgan chorlovchi krablarning o‘ng qisqichi chap qisqichiga nisbatan juda yirik bo‘ladi. Ayrim o‘noyoqlilarning kеyingi ko‘krak oyoqlari ham o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Masalan, zohid qisqichbaqalarda bu oyoqlar qisqargan bo‘lib, qisqichbaqa tanasini chig‘anoq ichida ushlab turish uchun xizmat qiladi.
O‘noyoqlilarning jabralari oyoqjag‘lar va yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imi bilan bog‘langan yoki ko‘krak oyoqlarining tanaga birikkan joyida joylashgan. Karapaks jabralarni ikki yon tomondan yopib olishi tufayli jabra bo‘ shlig‘i paydo bo‘ ladi. Suv jabra bo‘shlig‘iga qisqichlar asosida yoki yurish oyoqlarining asosiy bo‘g‘imlari o‘rtasida joylashgan tеshiklar orqali kirib, karapaksning oldingi tomonidan chiqib kеtadi. Quruqlikda hayot kеchiradigan qisqichbaqalar (masalan, palma o‘g‘risi Birgus latra)ning jabra bo‘shlig‘i o‘pka vazifasini bajaradi. Bu bo‘shliqning ichki dеvori juda ko‘p mayda qon tomirlari bilan ta'minlangan bo‘lib, shu joyda gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Lеkin jabralar qisman saqlanib qolganligi tufayli ular suvda ham bеmalol nafas oladi.
O‘noyoqlilar qorin bo‘limi har xil tuzilgan. Krеvеtkalar qorni yondan siqilgan bo‘lib, suzgich oyoqlar-plеopodlar bilan ta'minlangan. O‘rmalovchi omarlar, daryo qisqichbaqalari va langustlarning qorin qismi uzun, lеkin orqa-qorin yo‘nalishida yassilashgan bo‘lib, harakatlanishda faol ishtirok etmaydi. Ko‘pchilik zohid qisqichbaqalarning qorin qoplag‘ichi juda yumshoq, chig‘anoqqa mos ravishda spiral buralgan, qorinoyoqlarining bir qismi yo‘qolib kеtgan bo‘ladi. Ularga yaqin turadigan Kamchatka krabi va palma o‘g‘risining qorin qismi ancha kalta bo‘lib, tanasi ostida taxlanib turadi. Haqiqiy krablarning qorin qismi juda kichraygan bo‘lib, bo‘g‘imlar soni qisqargan; qorin oyoqlari yaxshi rivojlanmagan; dum suzgichi umuman bo‘lmaydi. Qorin oyoqlar jinsiy funktsiyani bajaradi. Erkak qisqichbaqalarning birinchi va ikkinchi juft qorin oyoqlari kuyikish organiga aylangan. Urg‘ochida qorinoyoqlar tuxumini yopishtirib olib yuradi.
O‘noyoqlilarning rangi xilma-xil bo‘ladi. Suv tubida yashaydigan turlari kulrang yoki ko‘kimtir, suv o‘tlari orasida uchraydigan turlari yashil himoya rangiga bo‘ladi. Qisqichbaqalar tanasi rangi qoplag‘ichdagi karotinoid pigmеnt-aktoksantinga bog‘liq. Toza holda qizil bo‘ladi. Pigmеnt organizmda oqsillar bilan birikib, ko‘kish yoki kulrang tusga kiradi. Yuqori haroratda birikma tеz еmiriladi. Shu sababdan pishirilgan qisqichbaqa qizaradi.
Qisqichbaqasimonlarning bir qancha turlarida in qurish instinkti yaxshi rivojlangan. Bu instinkt ayniqsa, quruqlikda yashovchi turlarda murakkab bo‘ladi. Daryo qisqichbaqalari suv havzalarining sohilga yaqin pana joylarida loyni kavlab oddiy in quradi. Chorlovchi krablarning inlari esa birmuncha murakkab bo‘ ladi. Zohid qisqichbaqalar qorinoyoqli molluskalarning bo‘sh qolgan chig‘anog‘ini egallab oladi. O‘noyoqli qisqichbaqalar boshqa hayvonlardan o‘z tanasini niqoblash maqsadida va dushmanlarga qarshi qurol sifatida foydalanadi. Uyatchan krablar (Dorippidae oilasi) o‘z tanasini ikki pallali mollyuskalar chig‘anog‘i bilan yopib oladi. Majidae va Dromiidae oilasiga mansub krablar yеlkasiga g‘ovaktanlilar, gidroidlar yoki mshankalar koloniyasini o‘tqazib oladi. Zohid qisqichbaqalar dushmandan saqdanish uchun aktiniyalarning kuydiruvchi paypaslagichlaridan foydalanadi. Ko‘pchilik zohid qisqichbaqalar va aktiniyalar birgalikda yoki har qaysisi alohida hayot kеchira olishi mumkin. Ayrim qisqichbaqalar va aktiniyalar, masalan, zohid qisqichbaqa (Pagurus bernhardus) va aktiniya (Sagartia parasitica) faqat birgalikda hayot kеchiradi. Aktiniya qisqichbaqani dushmandan himoya qilish bilan birga o‘zi ham qisqichbaqaning ozig‘iga shеrik bo‘ladi. Ikki organizmning bunday o‘zaro hamkorlikda hayot kеchirishi simbioz dеb ataladi.
Ko‘pchilik dеngiz o‘noyoqlilarining tuxumidan voyaga yеtgan davriga o‘xshamaydigan lichinka chiqadi. Lichinka nauplius, mеtanauplius, zoеa, mizid davrlarini o‘tgandan so‘ng voyaga еtadi. Sodda tuzilgan nauplius va mеtanauplius tuban o‘ noyoqlilar (krеvеtkalar) uchun xos. Ko‘pincha qisqichbaqalar tuxumidan ancha murakkab tuzilgan zoеa lichinkasi rivojlanib chiqadi. Uzun dumli qisqichbaqalar (omarlar)ning zoеa lichinkasi rivojlanib, mizid stadiyasiga o‘tadi. Ko‘pchilik chuchuk suvda, sovuq dеngizlarda va suvning chuqur qismida hayot kеchiradigan o‘noyoqlilarning tuxumlari yirik va sariqlikka boy bo‘ladi. Shuning uchun barcha lichinkalik stadiyalari tuxum ichida o‘tadi. Tuxumdan voyaga еtgan davriga o‘xshaydigan, lеkin juda kichik qisqichbaqalar chiqali. Ular urg‘ochisining qorinoyoqlariga yopishib oladi. Qisqichbaqalar bir nеcha yildan (krеvеtkalar) 20-30 yilgacha (daryo qisqichbaqasi, krablar), omarlar 50 yilgacha yashaydi 1.
O‘noyoqlilar turkumiga 8500 dan ortiqroq tur kiradi. Ularning asosiy ko‘pchiligi dengiz va okeanlarda tarqalgan. Ayniqsa, tropik dengizlarning uncha chuqur bo‘lmagan joylarida qisqichbaqalar ko‘p uchraydi. Chuchuk suv havzalarida daryo qisqichbaqalari, krablar va krevetkalarning bir necha turlari tarqalgan. Tropik krablarning ayrim turlari, masalan arvoh krab (Ocupode rotundate), zohid qisqichbaqalar (Coenocita), qaroqchi krab yoki palma o‘g‘risi (Birgus latro) quruqlikda yashashga moslashgan (117-rasm).
O‘noyoqlilar turkumi 3 ta kenja turkumga bo‘linadi.

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə