Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


MUXAMMAD TARAG’AY ULUG’BEK (1394 — 1449)



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   173
MUXAMMAD TARAG’AY ULUG’BEK (1394 — 1449) 
Muxammad Tarag`ay Ulug`bek 1394 yilda Eronda Sultoniyada tug`ilgan. Ulug`bek — 
buyuk o`zbek olimi va davlat arbobi. U Temur (1336:, 1405) nabirasi. Ulug`bekning otasi 
Shohrux (1377 — 1447) ham davlat arbobi bo`lgan. Asli no’li Muxammad Tarag`ay.1409 yilda 
Shohrux otasining davlati o`rnida ikkita mustaqil davlat tuzdi.Biri-Xyposon - markazi Xirot, 
ikkinchisi 
Movaraunnahrni 
(boshqarishni) 
markazi 
Samarqand.Xirotni 
Shohrux 
o`zi 
boshqardi.Movarounnahrni boshqarishni esa Ulug`bekka topshirdi.Bobosi Temurning aksi 
sifatida Ulug`bek harbiy yurishlarni yoqtirmas edi. U juda zarur bo`lsagina, biror xon uning 
davlati chegarasini buzsa, unga qarshi yurish qilar edi. Uni ilm-fan, qurilish, shahar va 
qishloqlarni obodonlashtirish ko`proq qiziqtirar edi. U 1447 yil Buxoroda, 1490 yil Samarqandda
1432 — 1433 yillari Gijduvonda madrasa qurdirdi. «Bibixonim» masjidi, «Go`ri — Amir» 
maqbarasi va «Shoxi — Zinda»ni qurilishini nihoyasiga etkazdi.
Taxminan 1425-1428 yillari u Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida o`zining 
rasadxonasini qurdirdi. Rasadxonaning binosi 3 qavatli bo`lib, uning asosiy quroli — 
seketantning balandligi 50 metrcha edi.
Ulug`bekning ilm — fanga qiziqishida, birinchidan bobosi — Temur bilan o`zga yurtlarga 
qilgan safarlari, bobosi saro’ridagi shoirlar va olimlar bilan o`tkaziladigan suhbatlar, otasi — 
Shohruxning noyob kitoblarini sevishi va yig`ishi, yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, 
Menelaylarning, shuningdek, o`z vatandoshlari — Xorazmiy, Beruniy Ibn Sinolarning asarlari 
bilan yaqindan tanish bo`lish, o`sha zamonda O`rta Osiyoda matematika, astronomiya va boshqa 
fanlardan etuk asarlar mavjudligi sabab bo`lgan. Bu shart — sharoitlarning hammasi Ulug`bek 
ilmiy yunalishining shakllanishiga, Samarqandda «Astronomiya maktabi» ning vujudga kelishga 
sabab bo`ldi.
Ulug`bek maktabining muhim ilmiy ishlaridan biri «Ulug`bek ziji» yoki «Zinj ko`ragoni» 
deb ataluvchi astronomik jadvallardir. Zij, kirish ya'ni nazariy qism va Ulug`bek rasadxonasida 
o`tkazilgan kuzatishlar bo`yicha tuzilgan jadvallardan iborat.
Zijda yil hisobi jadvallari, trigonometrik jadvallar, sayyoralar harakati jadvali va yulduzlar 
ro`yxati bor.
Ulug`bekning trigonometrik jadvallari 10 ta o`nli xona aniqligida hisoblangan. Hisoblash 
vositalari deyarli bo`lmagan bir davrda bu ishlarni bajarish uchun anchagina hisobchilar talab 
qilingan. Ehtimol, hisoblash markazi bo`lgandir?!
Ulug`bekning sinus va kosinuslar jadvallari bir minut oraliq bilan tuzilgan. Zijda Ulug`bek 
bir gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola yozganligi qayd qilindi.Ammo uning bu 
asari hozircha topilmagan. 
Zijning seminar astronomiyaga taalluqli qismida ekliptika ekvatorga og`ishi, osmon 
yoritgichlarining koordinatlarini aniqlash, erdagi ixtiyoriy punktning geografik uzunligi va 
kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar bor. 
Ulug`bek oy va quyosh tutilishlarini ikki usulda:
1. O`zi tuzgan jadvallar yordamida.
2. Bevosita hisoblab aniqlash mumkinligini aytadi va usullarga doir misollar keltiradi.
Ulug`bekning yulduzlar ro`yxati 1018 yulduzdan iborat bo`lib, u yulduz turkumlari bo`yicha 
joylashtirilgan. Ro`yxatda har bir yulduzning turkumdagi nomeridan tashqari, uning yulduz 
turkumidagi o`rnining qisqacha tavsifi, 1437 yildagi teng kunlik nuqtasiga nisbatan uzunligi va 
kengligi berilgan.
Buyuk olimning «Risolaiy Ulug`bek» no’lli astronomikva «tarixi arba'ulus» nomi tarixiy 
asari ham o`rganilmagan. Bu asarlar, umuman fan tarixida ham ma'lum va noyobdir.
Shuni ham aytish kerakki, musulmon mamlakatida va umuman, islom madaniyatida aniq 
fanlar, ayniqsa, agronomiya va matematika nixoyatda muhim o`rin tutdi, chunki musulmon 


15 
qaerda bo`lishidan qat'iy nazar, erta tongdan oqshomga qadar uning uchun besh vaqt nomoz 
farzdir. Nomoz vaqtlari esa har bir geografik kenglikda ham quyoshning erdan balandligiga qarab 
belgilanadi. Undan tashqari islo’lda qabul qilingan Hijriy yil hisobi 354 kunni tashkil qiluvchi 12 
qamariy oydan iborat bo`lib, hilolni masjit minorasidan yoki rasadxona tepasidan ko`z bilan 
ko`rib aniqlangan.
Shuning uchun musulmon kishining hayoti astronomiya, matematika, jo`g`rofiya, 
hunarmandlik va me'morchilikka aloqador bo`lgan.
Reaktsion doiralar tazyiqi ostida Ulug`bekning o`g`li — Abdullatif 1949 yilning kuzida 
otasini Makkaga safari bahonasida Samarqand yaqinida qatl ettirdi. 
Ulug`bek jasadi Samarqandda dafn etilgan. 
1449 yili Ulug`bekning fojeali o`limidan so`ng Samarqand olimlari asta sekin yaqin O`rta 
sharq mamlakatlari bo`ylab tarqalib ketdilar. Ular o`zlari borgan erlarga Samarqand olimlarining 
yutuqlarini va «Zij»ning nusxalarini ham etkazdilar. Xususan Ali Ќushchi 1473 yil Istambulga 
borib, u erda rasadxona qurdirdi. Shu tariqa Ulug`bek «Zij»i Turkiyada tarqaldi va Turkiya orqali 
Ovrupa mamlakatlariga ham etib bordi.
Hozirgi kundagi ma'lumotlarga ko`ra, “Zish”ning 120 ra yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq 
arabiy nusxasi mavjud.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə