Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


JAMSHID G’IYOSIDDIN AL- KOSHIY



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   173
JAMSHID G’IYOSIDDIN AL- KOSHIY
O`rta Osiyolik atoqli matematik va astronom. To`liq ismi Jamshid Ibn Ma'sud Ibn Maxmud 
G’iyosidin al Koshiy.
Taxminan 1430 yilda Samarqandda vafot etgan.Uni «Koshoniy” ham deb atashadi, chunki u 
Eronning Koshon shahrida tug`ilgan. 
Koshoniyning tarjimai holi haqida deyarli ma'lumotlar yo`q. Ba'zi matematika 
tarixchilarining yozishiga qaraganda u boshlang`ich ma'lumotni o`z ona shahri Koshiyda olgan. 
XV asrda Koshon ancha rivojlangan shahar bo`lgan. U o`zining olimlari, ayniqsa qo`li gul 
ustalari bilan birga sharqda dong taratgan. O`rta asr olimlari singari Koshiy ham fanning juda 
ko`p sohalari bilan shug`ullangan. U qiziqqan fanlar qatorida meditsina ham bo`lgan. Koshiyni 
Ulug`bek o`zining astronomiya maktabida ishlashga taklif qilgan.Astronomiya maktabi uchun 
ilmiy kadrlar zarur edi. Koshiy Ulug`bek madrasasida Astronomiya va matematikadan dars berdi. 
Bir vaqtning o`zida u Ulug`bek maktabida olib borayotgan ilmiy ishlarda ham ishtirok etdi. U 
ilmiy ishlarning yakuni sifatida "Hisob kaliti", "Aylana haqida risola", "Vatar va sinus haqida 
risola" no’lli va boshqa ko`plab asarlarni yaratdi. Koshiyning matematika sohasida qilgan 
kashfiyotlari juda katta.Uning zamonida hisoblash ehtiyojlari uchun 60 li sanoq sistemasidan 
foydalanilar edi. U birinchi bo`lib o`nli kasrlarni kashf qildi va ular ustida amallar bajarishning 
qoidalarini ko`rsatib berdi.
Koshiyning ikkinchi kashfiyoti sonlardan p-darajali ildiz chiqarish amali edi. Koshiy Umar 
Hayyom asarlari orqali formulani ixtiyoriy natural darajalar uchun bilgan va undan ixtiyoriy 
sondan natural darajali ildiz chiqarishda foydalngan. Bu usul Koshiygacha bo`lmaganmi, degan 
savolga matematika tarixchisi P.Lukey bu usul kub ildiz chiqarish uchun Ahmad al- Nasafiyda 
uchrashini aytdi. Nasafiyda uchrashini aytadi. Lukey Nasadiy bilan Koshiy orasidagi davrda bu 
usul bilan Umar Hayyom shug`ullangan bo`lishi kerak deb taxmin qiladi. Lekin bu usulning 
istalgan natural p-lar uchun umumlashtirishi shubhasiz Koshiyga taaluqli. 
Koshiyning "Aylana haqida risola" asari aylana uzunligining o`z diametriga nisbatan, ya'ni 
P-sonini hisoblashga bag`ishlangan.P-ning aniq qiymatini hisoblash bilan olimlar juda qadim 
zamonlardan boshlab shug`ullanishgan. 
Koshiy P-ping qiymatini hisoblashda Arximedning usuli aylanaga ikki muntazam 
ko`pburchak chizishdan foydalanadi. U muntazam (3.228) — ko`pburchakning perimetrini 
hisoblab, 2P ping oltmishli sanoq sistemasidan ushbu qiymatini keltirdi. 1 1 1
1 1016 609 2 6010


16 
O`nli 
sanoq 
sistemasida 

quyidagicha 
2Pq6,2831853071795865 
yoki 
Pq3,1415926535897932.
Koshiyning uchinchi asari — "Vatar va Sinus haqida risola" hozircha topilmagan. Lekin 
"Hisob kaliti" asarida eslatilishicha, Koshiyning bu asari ham matematikaning muhim 
muammolaridan bo`lishi — berilgan yoy va vatarga ko`ra uning uchdan birining vatarini 
anglashga, hozirgi belgilashlarda esa sin30 bo`yicha sin10 ni topishga bag`ishlangan.
Trigonometriyaning bu usuli matematikadagi juda ko`p masalalar bilan bogliq.
Birinchidan, u X3+g=rX ko`rinishidagi kub tenglamaning ildizlarini integratsion usulda 
hisoblash, ikkinchidan qadimgi klassik masala — burchak trisektsiyasi bilan bog`liq.
Yuqorida eslatganimizdek Koshiy Ulug`bekning Astronom maktabida olib borilgan 
matematik hisoblash ishlarida faol qatnashgan, o`zi ham astrono’liyaga oid bir nechta asarlar 
yozgan.Ammo uning asarlari bizgacha etib kelmagan. 
Xulosa qilib aytganimizda Al Xorazmiy, Ulug`bek, Farobiy bopqa bir qancha allo’lalarimiz 
qatorida Koshiy ham o`zining bir qator matematikaga oid asarlarini yozdi.G’iyosiddin Koshiy 
nafaqat matematikaga oid, balki astronomiyaga oid ham asarlar yaratdi. U hamma fanlarga 
qiziqadi va mukammal o`zlashtiradi.
G’iyosiddin Koshiyning asarlari hozirgi kunda ham qo`llanilmoqda. 
Ayniqsa uning matematik asarlari matematik olimlar uchun juda foydali bo`lmoqda.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə