Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Bilimlarni o`zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik printsipi



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   173
4. Bilimlarni o`zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik printsipi.
Matematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, chunki matematikada 
ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bog`lanishlar g`oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim 
parcha-parcha bo`lib qolmay, bir- biri bilan bog`langan holda oson misollardan boshlanib asta — 
sekin murakkablashtirib borilishi lozim.
Puxta o`zlashtirish esa matematikada ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Matematik 
tushunchalar o`zaro shu qadar bog`langanki, majburiy minimumning biror qisminigina bilmagan 
taqdirda ham bolalar o`z bilimlarini hayotda foydalana olmay qoladilar va matematik bilim 
olishni davo’l ettirish qiyinroq bo`ladi.
Matematikada son va sanoq, kattalik, geo’letrik figuralar, tevarak atrofni bilishni, vaqtni 
chamalash malakalarini puxta egallashining ham ahamiyati juda katta. Ayniqsa matematikada 
boshqa fanlardagiga qaraganda ham, programmaning biror qismini yaxshi o`zlashtirmasdan va 
malakann yaxshi mustahkamlamasdan turib, muvoffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin 
emas.
5. Individual yondoshish, (ravonlik) printsipi.
Ravonlik printsipi bolalarning yosh xususiyatlarini, ya'ni qobiliyatlarini, psixologiyasini 
hisobga olish kerak degan talablardan kelib chiqadi va bu printsip matematikani o`qitish 
protsessida amalga oshirilishi shart. (Lekin bizning bog`chalarimizda bu printsip amalga 
oshirilmayapti.
Nazorat savollari 
1.
 
Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik tamoillari 
aytib o’ting ? 
2.
 
A. Markushevich bolalarda ko‘nikmalar hosil qilish uchun batafsil metodologik 
dasturni aytib o’ting ? 
Test topshiriqlari 
1.Bolalarning ilk matematik bilimlarini mustahkamlashda qanday faoliyatlardan foydalanish 
lozim? 
A.
Rasm chizish 
B.
Loy ishi, qurish – yasash 
C.
Geometrik shakllar* 
D.
Hammasi to`g`ri 
2. To`plamlar qanday belgilanadi? 
A.
Lotin harfining kichik harfi bilan 
B.
Lotin harfining katta harfi bilan 
C.
Krill harfining kichik harfi bilan 
D.
Krill harfining katta harfi bilan* 
3. Modellashtirish qanday usul? 
A.
Ko`rsatmali 
B.
Seminar 
C.
og`zaki 
D.
Ko`rsatmali, seminar* 
4. Maktabgacha tayyorlov guruhida mashg`ulotlar haftasiga necha marta o`tkaziladi? 
A.
1 marta 


23 
B.
2 marta * 
C.
3 marta 
D.
3 -4 marta 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə