Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   173
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1. SH.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogikasi” “Tafakkur sarchashmalari” nashriyoti. T.,2013y. 
2. Bikbayeva N.U. Ibragimova Z.I. Kosimova X.I. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda 
elementar matematik tasavvurlarni shaklantirish» T. «O‘qituvchi» ,1995y. 
3.Raxmonqulova 
“Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarda 
matematik 
tasavvurlarni 
shakllantirish”,T.2010y
 
6-MAVZU: 
MTM TURLI YOSH GURUHLARIDA MATEMATIKA 
MASHG’ULOTLARINI O’TKAZISH METODIKASI VA TASHKIL QILISH XUSUSIYATLARI
Dars o’quv maqsadi: 
Talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning 
mazmuni,ta’limning tashkiliy shakllari: mashg’ulot va unga tarbiyachining tayyorgarligi
to’g’risida bilimlar berish. 
Tushunchalar va tayanch iboralar:
sensor tarbiya, etalon, didaktika, ta’lim, mashg’ulot. 
Asosiy savollar:
1.Bolalar bog’chasida sensor tarbiya berish 
2.Mashg’ulot- maktabgacha ta’limda o’qitishning asosiy shakli. 
3. Mashg’ulotning turlari va tuzilishi. 
4.Tarbiyachining mashg’ulotga tayyorlanishi. 
1-savolning bayoni.
Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli 
rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikasiyalar yasash) 
sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning 
shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini 
chizishdan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o’rgatiladi, suratlarni ko’zdan 
kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliligiga erishilishini ko’rish 
qobiliyati rivojlanadi. 
Bog’chada bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o’simliklarni, 
hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib 
bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lish tufayli gul, toshlarning nomini osongina va 
bajonu dil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va 
mayinligiga qarab topadilar. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar “oldinga”, “orqaga”, “tepada –pastda”, “uzoq –yaqin”, 
“chapda –o’ngda” kabi fazoviy tasavvurlarni o’zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga 
amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o’lchamining farqiga yetadilar, ularni o’zaro 
taqqoslaydilar. 
Bolalar tabiat bilan tobora ko’proq aloqada bo’lishlari tufayli taassurotlari eshitib ta’sirlanish 
xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning 
guvillashi, yomg’irning shatur –shuturi va momaqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan 
tinglashga o’rgatish zarur. 
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri –tekshirishdir. 
Tekshirish –buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo’lib, uning 
natijalaridan keyinchalik ma’lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayonida 
bolalar katta –kichiklikni, shaklin, fazovyi munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy 
tovushlarning o’ziga xos xususiyatlarini ajratib ko’rsatish va farqlashga o’rganadilar. 


24 
Mashg’ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol o’ynaydi. 
Holbuki shu mashg’ulotlarda bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlarini tarbiyalashga jonli 
rahbarlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. 
Bolalar biror buyumni nima uchun sinchiqlab qarash, ba’zi tovushlarni yaxshilab eshitish 
kerakligini aniq tushunganlaridagina, ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish 
malakai hosil bo’ladi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga 
o’rgatib, ularga qiladigan ishlarining ma’nosini aniq tushuntirib berishi lozim. Shundagina ular 
ancha tushungan holda idrok qiladilar va u biror maqsadga qaratilgan bo’ladi: axir, daraxat 
shoxlari (novdalarini) yaxshilab ko’zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo’ladi. 
Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik ko’rishda tegishli tekshirish usullari 
tanlanadi. 
Masalan, qog’oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun tarbiyachi bolalarga qog’oz va 
gazlamani g’ijimlanganda nima bo’lishini eishitib ko’rishni, qog’oz va bir parcha gazlamani 
yirtib ko’rishni, qog’oz va gazlamadan qilingan qo’g’irchoq ko’ylagini suvda yuvishdan taklif 
etadi. 
To’plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisalarga ko’chiradilar, undan kundalik 
hayotlarida foydalanadilar: “kel, qumga suv quyamiz, u nam bo’ladi, biz undan toniyel quramiz”, 
“Bu chelakni ko’tarma, unda qum bor, u juda og’ir”. 
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta’rifini aniqlash, ularni ma’lum bir xossalariga 
ko’ra taqqoslash uchun didaktik o’yin va qo’llanmalardan ham foydalanish mumkin. Ular bolalar 
bilan olib boriladigan xilma –xil mashg’ulotlar, mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil 
ishlarida yaxshigina qo’shimcha material hisoblanadi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə