Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   173
3-savolning bayoni: 
Mashg’ulotning turlari.
Didaktik maqsadiga ko’ra mashg’ulotlar quyidagi xillarga bo’linadi: 
bolalarga yangi bilim beruvchimashg’ulotlar, bolalarning egallagan bilimlarni mustahkamlovchi 
va sistemaga soluvchi mashg’ulotlar: bolalarning bilimini tekshiruvchi –sinovchi mashg’ulotlar; 
kompleks 
mashg’ulotlar
1.
Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlarni o’tkazishdan maqsad
–ularni yangi 
bilimlardan xabardor qilish, tevarak –atrofdagi narsa va buyumlar, voqyealar 
to’g’risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirishdir. Bunday mashg’ulotlarga yangi 
obyektni kuzatish, hikoya qilib so’zlab berish va boshqalar kiradi. Mazkur 
mashg’ulotlar hamma yosh guruhlarida o’tkaziladi. 
2.
Bolalarning to’plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga 
soluvchi mashg’ulotlar. 
Undan ko’zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarni 
anglab olish va daslabki umumlashtirishga o’rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt 
kuzatiladi, ikki narsa solishtiriladi (xona o’simliklari, daraxtlar, hayvonlar), didaktik 
o’yinlar, suhbatlar o’tkaziladi. Bunday mashg’ulotni o’tkazish orqali tarbiyachi bolalar 
nimani yaxshi o’zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o’zlashtirilmaganini bilib oladi. 
Tarbiyachi mashg’ulot jarayonida bolalarning bilimini yangi narsalar –detallar bilan 
boyitib boradi. 
3.
Bolalarning bilimini sinovchi mashg’ulotlar
. Bunday mashg’ulotlardan maqsad 
tarbiyachi bolalar dastur bo’yicha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim va malakalarni 
o’zlashtirib oldilarmi –yo’qmi, shuni bilib oladi va o’zining bo’lajak ish mazmuni, 
metodini belgilaydi. Mashg’ulotni tarbiyachi o’z xohishi bilan kvartal, yarim yil va 
yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan o’tkazishi 
mumkin. 
4.
Mujassam (kompleks) mashg’ulotlar
bolalar bog’chasi tajribasida keng tarqalgan 
bo’lib, bunday mashg’ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi, egallangan bilimlar 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə