Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   173
 
2-savolning bayoni : 
Natural son tushunchasi taqqoslanayotgan to‘plamlaming elementlari o‘rtasidagi bir 
qiymatli moslik o‘matish asosida tarkib toptiriladi. 
Kichkintoylarga narsalar bilan turli xil ishlami bajartirib, ulami sanoqni o‘zlashtirishga 
olib kelinadi, ularda natural son haqida tushuncha paydo qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi. 
Kichik guruhda narsalami bo‘yiga, eniga, balandligiga, hajmiga qarab taqqoslash 
mashqlariga katta e’tibor beriladi. Bolalarda kattalik (miqdor) va* ulaming xususiyatlari 
to‘g‘risida dastlabki tasawur hosil qilinadi, ular figuralar bilan tanishtiriladi, doira, kvadrat, 
uchburchak shaklidagi narsalaming rangi va katta-kichikligidan qat’iy nazar, bir-biridan farq 
qilishga, ulaming nomini aytishga, bu shakllaming modelini tanlay olishga o‘rgatiladi. 
Bolalar narsalaming o‘mini (oldinda, orqada, chapda, o‘ngda) bilishga va shuningdek, 
vaqtni to‘g‘ri aniqlashga, tong, kun, kech, tun so‘zlarini to‘g‘ri, o‘rinli qo‘llanishiga о 
‘rgatiladi.Bajariladigan ishlar 2-sentabrdan bolalami (6-8 bola) guruhlarga bo‘lib va oktabr 
oyidan boshlab rejaga ko‘ra butun guruh bilan baravariga matematikadan mashg‘ulotlarda olib 
boriladi.Ishni bolalaming nimalami bilishlarini va nimalar qila olishlarini bilgan holda, ularga 


33 
yangi bilimlar oz-ozdan, asta-sekin berish bilan tashkil qilinadi. Ish hajmini taqsimlashda 
bolalaming imkoniyatiga yetarlicha baho bermaslikka yoki ortiqcha baho berib yuborishga yo‘l 
qo‘ymaslik muhim ahamiyatga ega, chunki har ikkala hoi ham muqarrar sur’atda 
kichkintoylami mashg‘ulotlarda faoliyatsizlikka olib kelishi mumkin
i
.Bilimlami puxta 
o‘zlashtirishga mashqlami bir necha marta takrorlash orqali erishiladi so‘ngra ko‘rgazma 
material almashtirilib, ish usullari o‘zgartirib turiladi. 
Kichkintoylar faoliyatining xarakterini o‘zgartirib turish ulaming aktivliklarini 
saqlashga va charchab qolishlarining oldini olishga imkon beradi: bolalar pedagog yoki 
tarbiyachini tinglay- dilar, uning ishlarini kuzatadilar, o‘zlari ba’zi bir ishlami baja- radilar
umumiy o‘yinda ishtirok etadilar. Bolalarga 2-3 tadan ortiq bo‘lmagan bir xil va 2 tadan 4 
tagacha har xil vazifa beriladi.Bu vazifalaming har biri ko‘pi bilan 2-3 marta takrorlanadi. 
Bolalar yangi material bilan 10-12 minut davomida tani- shishlari mumkin, chunki 
yangi materialni o‘zlashtirish kichkin- toylardan ancha diqqat-e’tibor va kuch talab qiladi; 
takrorlash mashqlari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlami 15 minutgacha davom ettirish mumkin. 
Tarbiyachi mashg‘ulot vaqtida bolalaming fe’l- atvorini kuzatib boradi va ularda charchaganlik 
alomatlari (tez-tez boshqa narsalarga chalg‘ish, ilgari o‘zlari to‘g‘ri javob bergan savollarga 
noto‘g‘ri javob berish, hayajonga tushish kabi hollar) paydo boiishi bilanoq mashg‘ulotni 
to‘xtatadi, o‘z navbatida kichkintoylaming kayflyatini ko‘taradi. 
Kichik guruh bolalarini o‘qitish ko‘rsatmali amaliy tusda olib boriladi. Bola yangi 
bilimlami tarbiyachining harakatini kuzatayot- ganida, uning tushuntirish vako‘rsatmalarini 
tinglab turganida hamda didaktik material bilan o‘zi ishlagan vaqtida bevosita idrok etish 
asosida o‘zlashtiradi.Mashg‘ulotlar ko‘pincha о‘yin elementlari — to‘satdan o‘yinchoqlar, 
buyumlar paydo bo‘lishi, «mehmonlar» kelib qolishi va boshqalar bilan boshlanadi. Bunday 
vaziyat kichkintoylami qiziqtiradi va aktivlashtiradi. 
Matematik xossalarni aniqlash o‘zining o‘xshash yoki qarama- qarshi Xossalari (uzun-
qisqa, yumaloq-yumaloqmas va shu kabilar) bilan bir-biridan farq qiluvchi narsalami taqqoslash 
asosida amalga oshiriladi. Bilish mumkin bo‘lgan, xossasi yaqqol ko‘rinib turgan, bolalarga 
yaxshi tanish, ko‘pi bilan 1-2 belgisi bilan farq qiladigan predmetlardan foydalaniladi. Belgilami 
aniq idrok etishga harakatlar (qo‘1 harakatlari) yordam beradi, biror figura modeli atrofida 
barmoqni aylantirib yurgizib chiqish uning shaklini aniqroq bilib olishga yordam beradi, qo‘lni, 
masalan, sharf yoki tasma ustidan bo‘yiga yurgizib chiqish esa (uzunlikni taqqoslashda) pred- 
metlaming xuddi shu uzunlik belgisi bo‘yicha o‘zaro munosabatini bilishga yordam 
beradi.Kichkintoylami buyumlaming bir xil xossalarini ajratib ko‘rsatish va taqqoslashga asta-
sekin o‘rgatib boriladi (bu nima? rangi qanaqa? kattaligi qanday?) Taqqoslash, solishtirishning 
amaliy usullari, ya’ni ustma-ust yoki yonma-yon qo‘yish asosida bajariladi. 
Bolalaming didaktik materiallar bilan ishlashiga katta ahamiyat beriladi. Kichkintoylar 
endi ancha murakkab harakatlami ma’lum izchillikda bajara oladilar (suratlar va namuna-
kartochkalar ustiga predmetlami qo'ya oladilar). Agar bola topshiriqni uddalay olmasa, unumli 
ishlay olmasa, u mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishini tezda yo‘qotadi, charchaydi va ishdan 
chalg‘iydi.Pedagog buni e’tiborga olib, bolalarga namuna tariqasida ishning har bir yangi usulini 
awal bajaradi.Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolaming oldini olishga intilib, u ishning hamma 
elementlarini ko‘rsatib beradi va ishdagi harakatlami boshidan oxirigacha birma- bir tushuntiradi. 
Bu tushuntirishlar nihoyatda aniq, ravshan bo‘lishi va yosh bola idrok eta oladigan tezlikda bayon 


34 
qilinishi kerak. Agar pedagog shoshib so‘zlasa, bolalar uning gapini tushunrriay qoladilar va 
diqqatlari bolinadi.Pedagog kichkintoylar diqqatini har gal yangi detallarga jalb qilib, harakatning 
eng murakkab usullarini 2-3 marta namoyish qiladi. Ko‘rsatma materialni almashtirib turib, ayni 
bir harakat usulining o‘zini turli vaziyatlarda ko‘p marta ko‘rsatish va nomini atash bolalaming 
shu harakatni o‘zlashtirib olishlariga imkon beradi.Tarbiyachi ish davomida bolalarga ulaming 
xatolarini ko‘rsatadi va bu xatolaming sababini aniqlaydi. Barcha xatolar didaktik material bilan 
bevosita ishlash jarayonida to‘g‘rilanadi. Tushuntirishlar charchoq hosil qiladigan, uzundan-uzoq 
bo‘lmasligi kerak. Ayrim hollarda kichkintoylaming xatosi umuman hech qanday tushun- 
tirishlarsiz tuzatiladi (o‘ng qo‘lingga ol, mana bunisiga! Mana bu kosani yuqoriga qo‘y, 
ko‘rdingmi, u piyoladan katta! va hokazo). 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə