Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   173
3-savolning bayoni : 
Bolalar harakat usulini o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng, uni ko‘rsatib o‘tirishning hojati 
qolmaydi. Endi kichkintoylami vazifa bajarishga faqat og‘zaki ko‘rsatmalar bilan undash 
kifoya.Yanvar pyidan boshlab bolalarga yangi bilimlami o‘zlashtirib olishlariga imkon bemvchi 
aralash mashqlar berish hamda ilgari o'zlashtirganlarini mashq qildirish mumkin (qaranglar-chi, 
qaysi archa pastroq, ana shu archaning tagiga bitta qo‘ziqorin qo‘ying. Qaysi archa baland? 
Uning tagiga ko‘p qo‘ziqorin qo‘ying!). 
Kichkina bolalar his-tuyg‘u (emotsiya) orqali idrok etilgan materialni ancha yaxshi 
o‘zlashtiradilar. Ulaming xotirasi ataylab eslab qolish xususiyati bilan xarakterlanmaydi. 
mashg‘ulotlarda o‘yin usullari va didaktik o‘yinlar keng qo‘llaniladi. 0‘yinlami shunday tashkil 
etish kerakki, iloji boricha hamma bolalar navbat kutib qolmay o‘yinda bir vaqtda baravar 
ishtirok etsinlar. Tezkor harakatlar orqali, yurish va yugurish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar 
o‘tkaziladi.Pedagog o‘yin usullaridan foydalanganda bu usullar bolalar diqqatini eng muhim ish 
(eng oddiy, lekin matematikaga doir bo‘lgan ish)dan chetga tortishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
Fazoviy va miqdoriy munosabatlar faqat so'zlar yordamida ifodalangan bo‘lishi 
mumkin.Birinchi mashg‘ulotlardanoq kichik guruh bolalarida o‘quv faoliyati ko‘nikmalari 
shakllantiriladi. Kichkintoylar o‘z o‘rinlarini egallashga, tinch o‘tirishga va tarbiyachining taklifi 
bilangina o‘rinlaridan turishga o‘rgatiladi. Bola pedagog (tarbiyachi)ning ko‘rsatma va 
tushuntirishlarini tinglashga, ko‘rsatayotgan narsasini idrok etishga va uning aytganlarini 
bajarishga, savollaigajavob berishga o‘rganishi kerak. 
Kichkintoylarda birgalikda shug‘ullanish, bir-birlariga xalaqit bermaslik, ishni bir 
vaqtda boshlash va tugatish, zarur bo‘lib qolganida o‘z navbatlarini sabr bilan kutish 
ko‘nikmalari tarbiya- lanadi. Pedagog (tarbiyachi) odobli, xulqi namunali bolalami maqtaydi va 
ulaming bu fazilatlari nimada ekanligini aniq tushuntirib beradi.Yosh bola gavdasini uzoq vaqt 
bir xil holatda saqlay olmaydi, bir xil ishni uzoq vaqt bajara olmaydi, shuning uchun tarbiyachi 
bolalaming qisqa muddatli dam olishlariga imkon beradi. «Jim o‘tir», -— deb ulami 
tergayvermaydi va boshqalar. 
Kichik guruhda bolalar tarqatma material bilan ishlashning dastlabki ko‘nikmalarini 
egallaydilar. Didaktik material har bir bolaga alohida qutichada, alohida to‘plami bilan beriladi. 
Mashg‘ulot bOshlangunga qadar u bolalar qo‘lida bo‘lishi kerak, ana shunda bolalar diqqatini 
o'rganilayotgan narsalarga jalb etish osonroq bo‘ladi. Bolalaming foydalanishlari qulay bo‘lishi 
uchun o‘yinchoqlar va boshqa buyumlar haddan tashqari kichkina hamda og‘ir bo‘lmasligi kerak. 
Kichkintoylar qollanmalami ehtiyotlik bilan ishlatishga, ishlatib bo‘lgandan keyin esa qutichaga 
terib, ko‘rsatilgan joyga olib borib qo‘yishga o‘rgatiladi. 


35 
1. Matematika mashg`ulotlarida son — sanoq bo`limi bilan bir qatorda dasturning boshqa 
bo`limlarini ham rejalashtirish, son — sanoq bo`limidagi dastur vazifasi hamma mashg`ulotlarda 
ham asosiy o`rinni egallashi kerak.
2. Har bir mashg`ulotda ikki uch programma vazifasi planlashtiriladi. Birinchisi yangi, 
keyingilari takroriy.
3. Olti — sakkiz mashg`ulotdan keyin takroriy tipda mahgulotlarni o`tkazish tavsiya 
qilinadi.
4. Matematika mashg`ulotlarida eng asosiy o`rgatish usuli ko`rgazmali o`rgatish usulidir. 
O`rgatish usulida harakatli o`yin, didaktik o`yin usullari katta o`rin egallaydi.
5. Matematika mashg`ulotlarida programma mazmuni ko`rgazmali materiallar asosida 
bolalarga tushuntirib boriladi.
6. Ikkinchi kichik va o`rta gruppada mashg`ulotlarni yakunlashda tarbiyachi programma 
mazmunida bolalarga tushunarli so`zlar bilan umumlashtirib aytib beradi.
Katta va tayyorlov gruppada bolalar ishtirokida umumlashtiriladi.
MASHG’ULOTLARNI PUXTA O’TKAZISHDA ASOSIY SHART - SHAROITLAR. 
1. Tarbiyachi bolalarni ilmiy psixologik pedagogik taraqqiyoti xususiyatlarining asoslarini 
qonuniyatlarini bilish.
2. Bolalarni matematik tasavvurlariga uning taraqqiyotidagi ilmiy sistemani bilish.
3. Har bir yosh gruppasidagi elementar matematika tasavvurlarini o`rgatish programmasini 
ya'ni ish mazmunini bilish.
4. Bolalarni o`rgatish metodik usullarini egallash, ya'ni ishni qanday olib borish.
5. O`rgatish programma materialini egallash faqat maxsus mashg`ulotdagina amalga 
oshirilishini bilish.
6. Har bir mashg`ulotda son-sanoq faoliyati bilan birgalikda boshqa matematik 
tushunchalari:
Kattalik, shakl, tevarak atrof, vaqt tushunchasini planlashtirishni bilish.
7. Mashg`ulotlar didaktik prinsip asosida tuzilishini bilish.
8. Mashg`ulotlarda turli analizatorlardan keng foydalanish.
9.Ko`rgazmali materiallardan keng foydalanish eng asosiy shart sharoitlardan biri ekanligini 
bilish.
10. Hap bir bolaning tarqatiluvchi material ishlashi va har bir mashg`ulotning asosiy sharti 
ekanligini bilish kerak.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə