Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Mashg’ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o’tkazishga tayyorgarligi



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173
Mashg’ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o’tkazishga tayyorgarligi. 
Tarbiyachi bolalar bog’chasida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g’oyaviy –tarbiyaviy 
ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining 
g’oyaviy –siyosiy va ilmiy –pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hisisga, pedagogik 
mahoratiga va ishga bo’lgan ijodiy munosabatiga bog’liq. 
Bolaning o’quv faoliyatiga bo’lgan munosabati ko’proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati 
bilan belgilanadi. 
Tarbiyachining o’ziga xos xususiyati –uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi –bolaning 
ruhiyatini, yosh va o’ziga xos ruhiy –fiziologik xususiyatlarini bilishdir. 
Bolalar bog’chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib 
tuzilgani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyatning qay vaqtda qanday namoyon 
bo’lishini oldindan ko’ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga 
yuklanadi. 
Tarbiyachi o’z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomonidan yaxshi rivojlanishi, uning oliy 
nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, ahloqiy,mehnat, estetik tomondan normal 
tarbiyalanishi uchun yaxshi shart –sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o’ziga xos 
xususiyatlarni yaxshi bilgan holda undagi o’ziga xos xususiyatlarni (zararli bo’lsa) yo’qota borib, 
bolaga nisbatan qulay talab qo’yadi. 
Bolaning ko’p vaqt harakatsiz o’tirishi uning sog’lig’i uchun juda zararli, u bolaning har 
tomonlama rivojlanishini sekinlashtiradi.
Bolaning ko’p harakatlarni o’tirib bajarishi ham gavda tuzilishining noto’g’ri o’sishiga olib 
keladi. Shuning uchun faoliyat turlarini almashtirib borish maqsadga muvofiqdir. 
Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch, quvnoq muhitni tashkil etish lozim. 
Bolani: “Tezroq yuvininglar –nonushtaga kech qolyapmiz”, “O’yinchoqni tezroq yig’ishtiringlar, 
sayrga yoki mashg’ulotga kech qolyapmiz” va hokazo deb shoshiltirish kerak emas. 
Ta’lim berganda uni shunday tashkil etish kerakki, har bir bola faol ishlasin va har biri ijobiy 
natijaga erishsin. 
Bolalarning mashg’ulotda olgan bilim va malakalari boshqa faoliyat turlarida qo’llanilishi 
mumkin. Bolalar olgan bilimlarini qo’llay olishlari ularning yaxshi o’zlashtirib olganligidan 
dalolat beradi, ya’ni ular hyech qanday qiyinchiliksiz bu bilimlardan foydalanishlari mumkin. 
Ta’limning amaliy ahamiyati ham ana shunday iboratdir. 
Agar bolalar yetarlicha bilim va malakalarga ega bo’lsa, ular bilan xilma –xil mashg’ulotlar 
o’tkazish mumkin, bu mashg’ulotlarda bolalar mavjud bilimlardan ijodiy foydalanishlari: bemalol 
rasm chizishlari, biror narsani qurish yoki yasashlari, hikoya qilib berishlari mumkin. Bu 
mashg’ulotlar odatdagi mashg’ulotlardan boshqacharoq qilib tashkil etiladi: bolalar ixtiyoriga har 
xil materiallar beriladi va ularga rasm mavzusini o’zi bo’lgilash, qurilishni o’zi o’ylab topish, 
hikoya tuzish imkoniyati yaratiladi. Bunday mashg’ulotlar dasturning ayrim bo’limlari bo’yicha 
ta’limning yakunlovchi bosqichlarida o’tkaziladi. 
Bolalar olgan bilimlaridan o’z o’yinlarida keng foydalanadilar:rasm chizish, qirqib olish, 
qurish –yasash sohasidagi malakalarni qo’llab zarur jihozlarni tayyorlaydilar, inshootlar barpo 
etadilar va hokazo. Olingan bilimlar turli xil o’yinlarning mazmunida aks ettiriladi. 


31 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə