Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   173
Mashg’ulot tuzilishi.
Mashg’ulot quyidagi tuzilishga ega: bolalarni uyushtirish, asosiy qism, 
yakunlovchi 
qism.
Bolalar mashg’ulotga qiziqib qatnashishlari va unda faol ishtirok etishlari uchun uning 
mazmuni va metodikasi yaxshilab puxta o’ylab olinishi kerak. Bolalar o’quv faoliyatini qanchalik 
puxta egallab olsalar, tarbiyachini e’tibor bilan tinglab, o’yindan mashg’ulotga osonlik bilan 
o’tadilar. 
Bolalarni uyushtirish.
Tarbiyachi bolalarni yig’ib, ularning mashg’ulotga tayyorligini 
tekshiradi: tashqi ko’rinishi, joy –joyiga to’g’ri o’ltirishganligi, diqqatini to’plagannini sinab 
ko’radi. 
Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun bolalar oldida turgan faoliyatga qiziqish uyg’otishi, 
buning uchun bolalaning yoshi, qiziqishi, faoliyatiga mos har xil usullarni qo’llashi kerak. 
Kichik guruh bolalarida mashg’ulotga qiziqish uyg’otish uchun bolalarni qiziqtiradigan 
mazmundagi, kutilmagan, topishmoqli usullardan foydaplanadi. “Quloq solinglar –chi, kimdir 
eshik qoqyapti! Bu qo’g’irchoq biznikiga mehmonga kelibdi!”, -deb mashg’ulotni boshlash 
mumkin. Bolalarning narsalar va ularning nimaga ishlatilishi to’g’isidagi tasavvurini tartibga 
soluvchimashg’ulot mana shunady boshlanadi. 
Katta guruhlarda qanday mashg’ulot bo’lishini tarbiyachi bolalarga oldindan aytib qo’yadi. 
Masalan, mustaqillik maydoniga ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin aytib o’tadi va 
bolalarni 
uyushtirish
asosiy 
qism, 
yakunlovchi


28 
ularga rasmlarni ko’rishni, ota –onasi bilan sayr qilganda nimalarni ko’rganini eslashni taklif 
etadi. Bolalar bu kunni zo’r qiziqish bilan kutishadi. 
Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar mashg’ulotning zarurligi va majburiyligini 
tushunishlari, unga ongli ravishda tayyorlanishlari zarur. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə