Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   173
Asosiy qism
. Mashg’ulotda bolalarga yangi bilim beriladi, topshiriqni bajarish yuzasidan yo’l 
–yo’riq ko’rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam beriladi. Bolalar bilan bo’ladigan jamoatchilik 
munosabatlarini alohida munosabat bilan qo’shib olib boriadi. Topshiriqni bajarishni hamma 
bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi har xil metod va usullarni qo’llaydi. 
Mashg’ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkil eta bilish kerak. Bu bolalar 
oldiga qo’yilgan aqliy vazifaga bog’liq. Bolalarga qanday ishlar olib borish zarurligi ko’rsatiladi 
va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash shart emas, balki hamma bolalarni 
e’tibor bilan eshitib o’tirishga o’rgatish kerak. Zarurat tug’ilsagina takrorlash mumkin. 
Bog’chadagi bolalar o’qish, yozishni bilmaganlari uchun o’tilgan materialni qaytarib 
mustahkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni mustahkamlash uchun 
tarbiyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan foydalanadi. Mexanik qaytarish, yodlatishdan 
qochish kerak, chunki anglab olinmagan material tezda esdan chiqadi. 
Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni to’ldirib, tartibga solib boradi, bu bolalarda 
bilimga qiziqish uyg’otadi va shu narsa to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarini chuqurlashtirali. 
Mashg’ulotni dastur maqsadi va bolalar yoshiga qarab mustahkamlashning har xil usullari 
qo’llaniladi. 
Bolalar o’zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo’lgan material so’z orqali amalga oshiriladi. 
Shuning uchun u yoki bu ishni bajarishda bolalardan uni qanday amalga oshirmoqchi ekanini so’z 
bilan tushuntirib berish talab etiladi (masalan, son –sanoqqa o’rgatishda, qurish –yasashda, rasm 
chizganda qanday qilishi, qanday tartib bilan bajarishi, buning uchun qanday materialdan 
foydalanishni tushuntirib berishi talab etiladi). 
Mustahkamlash jarayonida didaktik material bilan bajariladigan mashq aqliy vazifani o’z 
ichiga olsa, bolalarda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo’ladi. 
Masalan, son –sanoq mashg’ulotida bolalar sanash materiali bilan o’zlari mashqlarni mustaqil 
bajarishadi: tarbiyachining topshirig’iga qarab narsalar sonini kamaytirishadi yoki 
ko’paytirishadi. Buning uchun o’yinchoqlardan ham foydalanish mumkin. 
Mashg’ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini va ishni o’z vaqtida puxta 
amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Agar mashg’ulot yakka tartibda olib boriladigan bo’lsa 
(rasm, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish –yasash, konstruksiyalash), bolalar ishni har xil 
vaqtda bajarganliklari uchun tarbiyachi mashg’ulot tugashiga bir necha daqiqa qolganda 
mashg’ulotni tugatish kerakligi to’g’risida ularni ogohlantiradi. 
Mashg’ulotni tugatayotib, tarbiyachi o’tkazilgan mashg’ulotga yakun yasaydi: bajarilgan ishni 
bolalar bilan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg’ulotda qatnashganini gapiradi, ba’zan 
kelgusi mashg’ulotda nimalar o’tishlarini aytadi. 
Bolalarning o’quv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to’g’ri baholashga bog’liq. 
Qo’yilgan vazifaning bajarilishiga qarab baho berilishi kerak. Bolaning ishini to’g’ri baholab, 
“to’g’ri” yoki “noto’g’ri” deyish bola uchun oddiy maqtovdan ancha qimmatlidir. 
Ish qanchalik yaxshi tahlil qilinsa, u bolaning kelgusida ishini tuzatib olishiga yaxshiroq 
imkoniyat yaratadi. 
Mashg’ulotdan keyin tarbiyachi bolalarni o’yinga taklif etadi, boshqa mashg’lot bo’lmasa, 
sayrga tayyorlanishadi. 
Mashg’ulotda tarbiyachining bolalarga qo’yadigan talabi ularning yoshi va imkoniyatlariga 
mos bo’lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini ikkiga bo’lib mashg’ulot o’tiladi. Tarbiyachi 
birinchi guruh bolalari bilan mashg’ulot o’tiladi. Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan 
mashg’ulot o’tkazganda ikkinchi guruh bolalariga enaga qarab turadi. Tarbiyachi mashg’ulot 
paytida hamma bolalarning faol qatnashishlariga harakat qiladi: savolga to’g’ri javob berishlarini, 


29 
ko’rsatilgan narsaning nomini aytishlarini, rasm chizishlarini, narsa yasashlari va hokazolarni 
kuzatadi. 
Agar bolalar ikkinchi kichik guruhga yangi kelgan bo’lishsa, daslabki 1 -2 haftada tarbiyachi 
faqat “ohlagan bolalar bilangina mashg’ulot o’tkazadi: bolalar yangi sharoitni yaxshi o’zlashtirib 
olganlaridan keyingina hamma bolalar bilan mashg’ulot o’tkaziladi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə