Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173
4-savolning bayoni : 
Tarbiyachining mashg’ulotga tayyorlanishi. 
Mashg’ulotning sifati va uning natijasi 
tarbiyachining unga qanday tayyorgarlik ko’rganiga bog’liq. Mashg’ulotga tayyorlanish 
mazmuniga quyidagilar kiradi: mashg’ulotni rejalashtirish, kerakli jihozlarni tayyorlab qo’yish, 
bolalarni mashg’ulotga tayyorlash. 
Tarbiyachi bir bo’limdan bitta emas, balki butun bir mashg’ulotlar sistemasini 
rejalashtirgandagina ma’lum natijaga erishishi mumkin. Masalan: “Kiyim qanday tikiladi?” 
mavzusini rejalashtirishda bir qancha mashg’ulotlarni belgilab chiqadi: kiyimni qanday tikish 
to’g’risida gapiradi va tikish uchun kerakli narslaarni ko’rsatadi; yaqinroqdagi atelyega 
ekskursiyaga boriladi gazlamalar to’g’risida suhbat o’tkaziladi. Birinchi mashg’ulotda 
bolalarning tikish va kiyim to’g’risidagi bilimlari aniqlanadi; bolalar tikuv mashinasi va tikish 
uchun kerak bo’ladigan boshqa asboblar bilan tanishishadi; tarbiyachi bolalarga ularni ko’rsatib, 
gapirib beradi, qisman tikish jarayonini ko’rsatadi. 
Ikkinchi mashg’ulotda bolalar atelyedagi asbob –anjomlarni, tikuvchilarning ish jarayonini 
kuzatishadi, texnik moslamalar (elektr tikuv mashinalari, dazmollaydigan mexanik presslar, 
elektr qaychilar) bilan tanishishadi va qanday qiyimlar tikilishini bilib olishadi. Uchinchi 
mashg’ulotda bolalar har xil matodan tikilgan kiyimlar bilan tanishib, ularni bir –biridan 
fraqlashga o’rgatiladi. 
Shunday qilib, tarbiyachi har bir mashg’ulot mazmunini qonkretlashtiradi, bajarish usullarini 
tanlaydi, bunda albatta bolalarning yoshi va imkoniyatlari e’tiborga olinadi. 
Ba’zi bir mashg’ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko’riladi va u rejada ham aks ettiriladi. 
Masalan, “Bizning bayram” degan mavzudagi rasm mashg’ulotidan oldin bolalar bilan 
bayramona yezatilgan ko’chalarga sayr uyushtirish, rasmlarni ko’rish, oynan jahon orqali 
ko’rsatilgan bayram eshittirishlari bo’yicha suhbat o’tkazish mumkin. Tayyorgarlik ishlari 
bolalarning mashg’ulotga hissiyot tayyorgarligini ta’minlaydi. Tarbiyachi mashg’ulotning 
borishini batafsil o’ylab ko’radi. Unga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanishga intiladi. 
Masalan, yuqorida aytib o’tilgan “kiyim qanday tikiladi?” mavzusiga oid birinchi 
mashg’ulotning borishi quyidagicha bo’lishi mumkin: pedagog bolalarga bir –birlarining kiyim –
boshlarini ko’zdan kechirish va bu haqda gapirib berishni taklif etadi. Agar 3 -4 boladan so’ralsa, 
bunga 3-4 daqiqa kerak bo’ladi. Keyin tarbiyachi: “Kiyimlaringizni kim bergan?”, “Magazindan 
tayyor holda sotib olinadigan kiyimlar qayerda tikilishini kim biladi?”, “Tikish uchun qanday 
buyumlar kerak?” degan savollarni beradi. Bu savollarga javob berish ham 3-4 daqiqa vaqtni 
oladi. Shundan keyin bolalarga gazlama, andaza, qaychi, santimetr, igna, angishvona, tikuv 
mashinasini ko’zdan kechirish va har bir buyumning vazifasini so’zlab berish taklif etiladi. Bunga 
8 -10 daqiqa vaqt ketadi. Shu mashg’ulotning o’zida tarbiyachi qo’g’irchoq kiyimi tikishning 
ayrim jarayonlarini, andaza bo’yicha fartukni bichib olish, tikuv mashinasida cho’ntakni tikish, 
qo’lda tugmalarni qadash va tikishdagi ketma –ketlik haqida gapirib berishi kerak. Bunday 
mashg’ulot 20 -25 daqiqa davom etadi.
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rishda tarbiyachi tegishli metodik adabiyotlardan foydalanadi. 
Murakkab mashg’ulotlarga tayyorlanish konspekt tuzishni taqozo etadi. Unda mashg’ulotning 
mazmuni (ta’lim va tarbiyaviy vazifalar), tayyorlanishi kerak bo’lgan jihozlar, bolalar bilan olib 
boriladigan daslabki ishlar (agar bunga zarurat bo’lsa), mashg’ulotning borishi va tarbiyachi 
foydalanadigan metodik usullar ko’rsatiladi. Mashg’ulot jarayonini bayon etib yozishda 
mashg’ulotning booshi va oxirida 9yakun chiqarish va keyingi faoliyat turiga o’tishda) bolalarni 


30 
uyushtirish va keyingi faoliyat turiga o’tishda) bolalarni uyushtirishni alohida ajratib ko’rsatish 
kerak. 
Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun jihozlarni o’z vaqtida tayyorlash o’arur. Ularni 
tanlash mashg’ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilangan metodik usullarga bog’liq. 
Odatda metodikakabinetida “Bolalar bog’chasida ta’lim tarbiya dasturi”ning hamma 
bo’limlari bo’yicha metodik qo’llanmalar bo’ladi. Yetishmaganini tarbiyachi o’zi tayyorlaydi, 
ba’zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarini jalb etadi. Mashg’ulot uchun kerakli 
materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, didaktik materiallar hamma 
bolalar uchun yetarli ekanligini tekshiradi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə