Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   173
2-savolning bayoni : 
1. Figiralar bilan teshiklarning shaklini bolalarga barmoqlar yordamida havoda yasab 
ko'rsatish. Bolaning diqqat-e'tiborini harakatlar va predmetlarga jalb qilish, shuningdek ularni 
kattalarga o'hshab figuralar shaklini havoda chizishga undash maqsadida barcha 
harakatlarni so'z bilan tushuntirib turish. 
2. Harakat usullarini ko'rsatish va tushuntirib berish. Masalan, "Sharcha dumaloq, uni 
dumaloq teshikka tushiramiz", "Kubik qanday shaklda bo'lsa, tushiriladigan teshik ham shunday 
shaklda bo'ladi" va hokazo. "Huddi shunday", "Yo'q unday emas" degan so'zlarni aytib bolaning 
diqqatini predmetlarning uhshashi yoki farq qilishiga qaratish. 
3. Bolaning harakatlariga bevosita rahbarlik qilish, figuralarni quticha va tahtaning 
teshiklariga tushirayotganda unga yordam ko'rsatish. 


38 
Biz bolaga solishtirib ko’rish harakatlarini mashq qilish imkonini berar ekanmiz, har bir 
topshiriqning bajarilishi ijobiy natijalar bilan tugashini kuzatib boramiz. 
O’rgatish jarayonida bolaning qiziqishini (mo'ljallash faoliyatini) oshirish maqsadida 
topshiriqlarning uchala usuli bir-biri bilan ketma-ket almashtirib turildi, bu navbat keyinchalik ham 
saqlab qolindi. 
Bizning bundan keyingi tajribalarimiz bolalarning ikkita predmetni shakli bo'yicha bir-
biriga o'xshasligini belgilash ko'nikmasidan predmetlarni namunaga qarab tanlab olish 
sharoitida, tashqi mo'ljallash harakatlarini bajarishni istesno qiladigan tanlab olish sharoitida 
shakldarning yangi turlariga o'tishga bag’ishlanadi. 
1 bosqichdagi o'rgatish ma'lumotlaridan ko’rinib turibdiki, seminar topshiriqlarni bajarish 
jarayonida tarkib topgan tashqi mo'ljallash harakati flguralarning teshikka taqqoslanishiga oid 
seminar vazifaning o'zini ham muvoffaqiyatli bajarish imkonini beradi. Bolalar flgura va 
teshiklarning burchaklari hamda to’lonlarni bir-biriga mos kelishi yo'li bilan ularningbir hilligini 
yoki bir hil emasligini aniqladilar, bunda ular shakllarning fazoda o'zaro mos kelishi kabi mezonga 
asoslandilar. 
Agar bu o'rinda teshikning shakli etalon fimktsiyasini bajaruvchi namuna, figura va 
tekshirilayotgan ob'ekt bo’lib hizmat qilsa, bolalar ob'ektlarini o'zaro shakliga qarab taqqoslashni 
o'rganib oladilar, shu bilan birga ob'ektlarning bittasidan boshqasining shakliga baho beradigan 
o'lchov sifatida foydalandilar, deb hisoblash mumkin. 
Biz ikkita ob'ektni fazoda bir-biriga joylashtirish va harakat natijalarini oldindan ko'z 
bilan ko'rib turishharakatlarini muvoffaqiyatli bajargan bolalar "namunaga qarab tanlash" 
vazifasini ham ko'z bilan ko'rib bajara oladilar, ya'ni namuna bilan taqdim qilingan har bir ob'ektni 
tekshirish va ularning bir hilligini shakliga qarab belgilashni biladilar, degan fikrda edik. 
O’rgatish natijasida bolalar ikki yarim yoshdan boshlab pertseptiv harakatlarni o'zlashtirib 
olganlaridan keyin murakkab shakldagi figuralarni namunasiga qarab tanlash vazifasini bajara 
oladilar. Ma'lumki, pertseptiv harakatlarda namunaning tanlash uchun taklif qilingan ob'ektlar 
bilan birga joylashuvi amalga oshiriladi va shakllarning mos kelishi bir hillik mezoni sifatida 
foydalaniladi. 
Ko'rsatib o'tilgan tajribada bolalar yassi figuralar bilan ish ko'rgan bo'salar, endi ular 
hajmli jismlar va figuralar .bilan ish ko'radilar. Bu figuralarni bir-biriga joylashtirish yoki fazoda 
namunani va ob'ektni bir-biriga sig'dirish mumkin emas. 
Bajariladigan ishlar qo'yidagilarni o'z ichiga oladi:
. Ikki hil shakldagi qiziqorinlarni 
namunaga qarab tanlash, bunda 
ularning rangiga e'tibor berilmaydi
.
Ikki hil shakldagi vazachalarni 
namunaga qarab tanlash.
Ikki hil shakldagi matryoshkalarni 
namunaga qarab tanlash (bunda 
hajmga e'tibor berilmaydi).
Uch hil shakldagi bayroqchalarni 
namunga qarab tanlash (bunga rangga 
asosiy e'tibor qaratilmaydi).


39 
Ilk yoshdagi bolalar uchun ko'p miqdordagi ob'ektlar ichidan namuna qarab tanlab olish 
vazifasi ob'ektlar orasidagi farqlar kamayganda ham qiyin ekanligini hisobga olib, o'rganish 
jarayonida ularga har to’lonlama yordam ko'rsatildi. Namunaga qarab tanlash bo'yicha berilgan 
topshiriqlar oralig'ida bolalar ikkita ob'ektni o'zaro taqqoslash harakatlarini unutib qo’ymasliklari 
uchun ular bilan geo’letrik figuralarni teshikka tushirish bo'yidia mashg'ulotlar o'tkazildi. 
Tarbiyachi bolaga "huddi shunday figurani" ko'rsatishni taklif qilib, namunaning 
shaklini qo'li bilan fazoda yasab ko'rsatdi, uni tanlab olinadigan flguralar bilan bir qatorga qo'ydi 
va namunani figura bilan taqqoslash harakatiga bolaning o’zini ham jalb qildi, uning shakli 
bo'yicha o'hshashligini yoki farq qilishini aniqlashni topshirdi. 
Ikki hil shakldagi qo'ziqorinni namunaga qarab tanlash. qo'ziqorinlar bilan o'tkazilgan 
mashg’ulotda tarbiyachi ularning shaklini barmog’i bilan havoda "yasab" ko’rsatayotib, bolalarga: 
"Bu qo'ziqorinning oyog"i ingichka, qalpog’i esa katta", "Ikkinchi qo'ziqorinning oyog'i yo’g'on, 
qalpog’i esa kichik", deb tushuntiradi. Tushuntirishdan keyin har ikkala shakldagi qo'ziqorin 
bolalar stoli ustiga qator qilib qo'yiladi. Bolalar tarbiyachi taklifiga ko'ra har bir qo'ziqoringa mos 
keladigan 3 ta qiliz va 2 ta jigar rang qo'ziqorin tanlashlari kerak. Tarbiyachi ko'rsatadigan 
qo'ziqorin esa bola tanlab olish kerak bo'lgan qo'ziqorin uchun namuna bo’lib hizmat qiladi. 
Qo'ziqorinlar bilan bo’lgan mashg'ulotda qatnashgan 26 bolalar 13 tasi vazifani to'g'ri tushunib, uni 
mustaqil hal qildi, ayrim hollardagina topshiriqni takrorlashga va tarbiyachining namunaning 
shaklini bilan yasab ko'rsatishga ehtiyoj sezdilar. Bu bolalar namunaning shaklini yasab ko'rsatishni 
diqqat bilan kuzatib turdilari katta yoshdagi kishiga taqlid qilib, qo'ziqorinning oyoqchasini 
aylantirib chiqishga va uning qalpoqchasini silashga harakat qildilar, har bir qo’ziqorinni uzoq 
ko'zdan kechirdilar.sinab ko'rilayotgan bolalar dastlabki talabga va "Sendagi huddi shunday 
qo'ziqorin qani?" degan savolga stol ustidagi har ikkala qo'ziqorinni ko'rsatdilar. Tarbiyachining: 
"qaragin, bu qo'ziqorinning oyoqchasi ingichka (yoki yo'g'on, uni qo'yish oson)" degan 
gapinieshitishi bilan, ular bir hildagi qo'ziqorinlarni tanlab, "Oyoqchasitingichkami?", "Mana 
yana, mana yana!" degan so'zlarni ovoz chiqarib takrorladilar. Qo'ziqorinlarni qator qilib tizish, 
keyin ularni ko'zdan kechirish ko'p bolalarga ma'qul bo'ldi. Afsuski, qo'ziqorinlar jo’rini 
almashtirish ko'pincha bolalarning e'tiborini asosiy vazifa - namunaga qarab tanlashdan nechta 
tortar edi. 
Mashg’ulotda qatnashgan bolalardan 10 tasi "Yana shunday qo'ziqorinlar qaerda?" degan 
savolga darrov tushunmadi, shuning uchun ham o'ylab o'tirmasdan, mujmal javob beradi, goh u, 
goh bu qo'ziqorinni ko'rsatdi. Namunalar bilan tanishib, qo'ziqorinlarga doir harakatlarga mahliyo 
bo'ladilar, yo'g'on oyoqli qo’ziqorinni "ochish" uchun ko'p harakat qildilar yoki urinib ko'rdilar, 
lekin uni oyoqchasi bilan turg'azib qo'yishda qiynalib, topshiriqni unutib qo'ydilar. Shuning uchun 
ham dastlabki tajribalarda tarbiyachi bolalar bilan birgalikda qo'ziqorinlarni ikki qator qilib qo'ydi, 
keyin ulardan o'zining qo'lidagi namunaga o'hshash qo'ziqorinlarni shu qatorlardan tanlab olishni 
so'radi. Yoki taqqoslash qulay bo'lishi uchun bolaga qo'ziqorin qalpoqchasini kafti bilan ushlab 
ko'rish, qo'li bilan qo'ziqorinning oyoqchasidan tutib turishini taklif qildi. 
Ayrim bolalar tanlashda qatnashib, o'zoq vaqt namunani ko'zdan kechirib turdilar, "huddi 
shundaymi?" deb yana so'radilar, katta yoshdagi kishining qo'1 harakatlarini o’z qo’ziqor inlarida 
takrorladilar. Ko'rsatilgan ikkinchi jigar rang qo'ziqorinda ham hatoga yo'l qo'yildi: bola buni 
borshqa shakldagi jigar rang qo'ziqorin qatoriga kiritdi. Samarali o'rgatishning asosiy sharti bolaning 
vazifani
?
bu o'rinda figuraning shakli bilan teshikning shaklini bir-biriga taqqoslash vazifasini
tushinishidir. 
Taqqoslash harakatlarini o'rgatish vaqtida qo'yidagi usullardan foydalanildi: 
1. Figura va teshikning shaklini katta yoshdagi kishi va bolaning barmoqlari bilan havoda 
yasab ko'rsatish, hamma harakatlarni so'z bilan tushuntirib turish. Bu usul ilk yoshdagi bolalarga 
o'rgatishda katta ahamiyatga egadir; u bir to’londa, bolaning diqqat e'tiborini harakatlariga, 
predmetlarga jalb qilishga yordamlashsa, ikkinchi to’londan, katta yoshdagi kishining harakatlariga 
taqlid qilishga undaydi. 


40 
2. Bolaning hatti-harakatlariga bevosita rahbarlik qilish, quticha va tahta teshiklariga 
figuralarni tushirish vaqtida seminar yordam ko'rsatish. Bolalarga taqqoslash harakatlarini mashq 
qilish imkonini berib, uning ko'zlangan natijaga erishuvini, fikri boshqa narsalarga 
chalg"imasligini,uning harakatlari hamisha ijobiy natijalar bilan tugashini kuzatamiz. Figura 
tushirilishi yoki qo'yilishi lozim bo'lgan teshikni oldin ko'rsatishni ("qaerga qo'yish kerak") taklif 
qilinadigan maxsus usul foydali bo'ladi. Bunda quticha yoki tahta boladan birmuncha nariroqda 
ushlab turiladi, unga shundan keyingina harakat qilishga ruhsat etiladi. Bu usul bolaning 
topshiriqni baj arishdagi amalda sinab ko" rish harakatlaridan ko'z bilan ko'rib taqqoslashga 
o'tishiga yordam beradi. Figurani qo'yishdan oldin bolaning e'tiborini figuralar bilan teshiklarning 
farqini bilib olishga qaratish usuli juda qul keladi. Hulq-atvori shoshiladigan, tez tutoqib 
ketadigan va harakatlari ihtiyorsiz bo'lgan bolalarga o'rgatishda bu usul ayniqsa yahshi samara 
boradi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə