Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173
 
8-MAVZU: 
HAYOTINI UCHUNCHI TO’RTINCHI YILIDA BOLALARDA MIQDORIY 
TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISH
 
Dars o’quv maqsadi:
Talabalarga ilk yoshli bolalarga buyumlarning miqdoriy 
munosabatlari to’g’risida tushuncha berish. 
Tayanch so’zlar va iboralar:
shakl, katta-kichik, taqqoslash, quticha, sensor tarbiya, figura. 
Reja: 
1. III-IV yoshdagi bolalarda narsalarning shaklini idrok qilish hususiyatlari. 
2. Bolalarga geometrik figuralar va teshiklarni amalda bir-biri bilan solishtirishni 
o'rgatish. 
3. "Namunaga qarab tanlash" ,bolalarni predmetni ko'z bilan ko'rib taqqoslashga o'rgatish. 
1-savolning bayoni : 
III-IV yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta-kichikligi va rangi bilan tanishtirish 
hamda ularda bu hossalarni to'g'ri idrok qilish ko'nikmalarini rivojlantirish masalasi sensor tarbiya 
sohasiga kiradi. Bu tarbiya qanchalik to'g'ri hal qilinsa, bolalarning faqat aqliy tarbiyasigina emas, 
balki estetik, jismoniy va hatto ahloqiy tarbiyasi ham shunchalik muvofaqiyatli bo'ladi, ya'ni bolalar 
umuman samarali rivojlanib boradi. Masalan, bir yarim yashar bola ariqning kengligini chamalab 
ko'rib, uning ustidan hatlab o'ta oladimi; ikki yoshli bola besh bo'lakdan iborat martyoshkani to'g'ri 
yig'a oladimi; maktabgacha tarbiya yoshdagi bola shakli va barglariga qarab ikki hil gulni bir-biridan 
farqlay oladimi, bu gullarning shakli va rangini chizayotgan rasmida aks ettira oladimi - bularning 
hammasi ma'lum darajada bolaning idrok qilishining qanchalik rivojlanganiga bog'liq bo'ladi. 
Bola ikki-uch yoshida, - deb yozadi L.A.Venger, - o'zining sensor rivojlanishida muhim 
qadam qo'yishi lozim, ya'ni bu buyumlar o'rtasida, ularning shakli, katta-kichikligi, bo'shliqdagi 
holati, rangi va boshqa hossalari bo'yicha mavjud bo'lgan munosabatlarni ("bir hil" va "har hil", 
"katta" va "kichik" munosabatlarni) belgilab chiqishni o'rganishi kerak. 
Shakllarni to'g'ri idrok qila olish, mo'ljallay bilish qobiliyati seminar faoliyatning ko’pgina turlarida, 
ayniqsa, ikki-uch yoshli bolalarning asosiy faoliyati - narsalarga oid faoliyatida juda ish beradi. O'z 


37 
navbatida faqat narsaga oid faoliyatgina bir yoki ikki narsaning qismlarini birga qo'yish 
(masalan, qutichani o'z shakliga mos qopqoq bilan berkitish yoki matryoshkaning har ikki 
bo'lagini to'g'ri tanlash), ikki narsani shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biriga taqqoslash kabi 
seminar vazifalarni o’rtaga qo'yish bilan sensor harakatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit 
yaratadi. Narsalarni har to’lonlama tekshirish, hisobga olish va shakliga qarab solishtirishni 
bilmaydigan bola bunday seminar vazifalarni hal qila olmaydi. 
Bundan 300 yil muqaddam buyuk Cheh pedagogi Yan Amos Komenskiy bolalarga ta'lim 
va tarbiya berishni ilk yoshdan boshlash kerakligi haqida gapirib, kishida narsalarni his qilish 
qobiliyatini iloji boricha ertaroq shakllantirish zarur, chunki butun hayoti mobaynida uning ko'p 
narsalarni bilib olishi, sinab ko'rishi va bajarishiga to'g'ri keladi, deb yozgan edi. Komenskiy 
bolalarning sensor tarbiyasini to'g'ri tashkil etishga katta e'tibor berib, ularni 1-2 yoshidanoq 
voqealikdagi hilma-hil rangdagi buyumlarni bir-biridan ajrata bilishga mashq qildirishni taklif etgan 
edi. U "Ona maktabi" no’lli asarida katta yoshdagi kishilarga eng kichik bolalarni tarbiyalashda 
ularning e'tiborini osmon gumbazi, darahtlar, gullar guzalligiga jalb qilish va chiroyli kiyimlar 
kiyintirishni maslahat bergan edi. 
"Aytilgan narsalarni faqat rasmlardagina emas, balki real voqealikda ham ko'rsatish juda 
foydalidir", - deb tavsiya qilgan edi Ko’lenskiy. 
Sensor tarbiya yuzasidan olib borilgan ish ilk yoshdagi bolalarda narsalar bilan bo’ladigan 
harakatlarning rivojlanish darajasini, jumladan ularning ikki narsani shakliga qarab bir-biriga 
taqqoslay olish ko'nikmasini, mahsus tashkil etiladigan o'yin faoliyatida namoyon bo'ladigan bu 
ko'nikmani o'rganishdan boshlanadi. Olib borilgan ish quyidagilarni: a) geo’letrik figuralarni 
quticha teshigiga yoki tahta o'yiqlariga solish harakatlarining mazmuni va hususiyatlarini; b) ikki 
yoshga qadam qo’ygan bolalar ikki narsani qanchalik taqqoslay olishlari va bu vazifani hal qilish 
uchun qanday usullardan foydalanishlarini; v) hajmli va yassi figuralar bilan bir turkumi seriyali 
o'rgatiuvchi mashg'ulotlar o'tkazishning eng maqsadga muvofiq izchilligini, ya'ni dastavval bolaga 
nimani taklif qilish kerakligini - hajmli figuralar bilan o'tkaziladigan harakatlarnimi yoki yassi 
figuralar bilan bo'ladigan harakatlarni taklif qilish kerakligini aniqlashga yordam berishi lozim. 
I. bosqichda tarkib toptiruvchi vazifalarga muvofiq geo’letrik figuralarni ularning shaklini 
hisobga olib qutichaga va tahta teshiklariga to'g'ri tushirish yoki qo'yish o'rgatildi. O’rgatish 
jarayonida ilk yoshdagi bolalar oliy nerv sestemasi va psihikasining rivojlanishiga oid bir 
qatoro'ziga hos hususiyatlarni hisobga oldik. Bu hususiyatlar N.M.Shchelovanov va N.M.Aksarina 
tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan bo’lib, quyidagilardan iborat edi: tormoz - harakatga 
keltirish reaktsiyalarining etarli darajada rivojlanmaganligi (bir yarim yoshgacha bulgan bolalarda), 
ihtiyoriy harakatlarning sust rivojlanganligi (buning natijasida nutq bilan bog'liq bo'lgan 
top’hiriqlarni yahshi bajarmaydilar), maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga nisbatan ularda 
diqqatning beqaror bo'lishi. 
Shuning uchun ham biz solishtirish harakatlarini o'rgatish vaqtida foydalanilgan metodik 
usullarni ham shunga muvofiq tanladik: 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə