37
navbatida faqat narsaga oid faoliyatgina bir yoki ikki narsaning qismlarini birga qo'yish
(masalan, qutichani o'z shakliga mos qopqoq bilan berkitish yoki
matryoshkaning har ikki
bo'lagini to'g'ri tanlash), ikki narsani shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biriga taqqoslash kabi
seminar vazifalarni o’rtaga qo'yish bilan sensor harakatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit
yaratadi. Narsalarni har to’lonlama tekshirish, hisobga olish va shakliga
qarab solishtirishni
bilmaydigan bola bunday seminar vazifalarni hal qila olmaydi.
Bundan 300 yil muqaddam buyuk Cheh pedagogi Yan Amos Komenskiy bolalarga ta'lim
va tarbiya berishni ilk yoshdan boshlash kerakligi haqida gapirib, kishida narsalarni his qilish
qobiliyatini iloji boricha ertaroq shakllantirish zarur, chunki butun hayoti mobaynida uning ko'p
narsalarni bilib olishi, sinab ko'rishi va bajarishiga to'g'ri keladi, deb yozgan edi.
Komenskiy
bolalarning sensor tarbiyasini to'g'ri tashkil etishga katta e'tibor berib, ularni 1-2 yoshidanoq
voqealikdagi hilma-hil rangdagi buyumlarni bir-biridan ajrata bilishga mashq qildirishni taklif etgan
edi. U "Ona maktabi" no’lli asarida katta yoshdagi kishilarga eng kichik bolalarni tarbiyalashda
ularning e'tiborini osmon gumbazi, darahtlar, gullar guzalligiga jalb
qilish va chiroyli kiyimlar
kiyintirishni maslahat bergan edi.
"Aytilgan narsalarni faqat rasmlardagina emas, balki real voqealikda ham ko'rsatish juda
foydalidir", - deb tavsiya qilgan edi Ko’lenskiy.
Sensor tarbiya yuzasidan olib borilgan ish ilk yoshdagi bolalarda narsalar bilan bo’ladigan
harakatlarning rivojlanish darajasini, jumladan ularning ikki narsani shakliga qarab bir-biriga
taqqoslay olish ko'nikmasini, mahsus tashkil etiladigan o'yin faoliyatida namoyon bo'ladigan bu
ko'nikmani o'rganishdan boshlanadi. Olib borilgan ish quyidagilarni: a) geo’letrik figuralarni
quticha teshigiga yoki tahta o'yiqlariga solish harakatlarining mazmuni va hususiyatlarini; b) ikki
yoshga qadam qo’ygan bolalar ikki narsani qanchalik taqqoslay olishlari
va bu vazifani hal qilish
uchun qanday usullardan foydalanishlarini; v) hajmli va yassi figuralar bilan bir turkumi seriyali
o'rgatiuvchi mashg'ulotlar o'tkazishning eng maqsadga muvofiq izchilligini, ya'ni dastavval bolaga
nimani taklif qilish kerakligini - hajmli figuralar bilan o'tkaziladigan harakatlarnimi yoki yassi
figuralar bilan bo'ladigan harakatlarni taklif qilish kerakligini aniqlashga yordam berishi lozim.
I. bosqichda tarkib toptiruvchi vazifalarga muvofiq geo’letrik figuralarni ularning shaklini
hisobga olib qutichaga va tahta teshiklariga to'g'ri tushirish yoki qo'yish o'rgatildi. O’rgatish
jarayonida ilk yoshdagi bolalar oliy nerv sestemasi va psihikasining
rivojlanishiga oid bir
qatoro'ziga hos hususiyatlarni hisobga oldik. Bu hususiyatlar N.M.Shchelovanov va N.M.Aksarina
tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan bo’lib, quyidagilardan iborat edi: tormoz - harakatga
keltirish reaktsiyalarining etarli darajada rivojlanmaganligi (bir yarim yoshgacha bulgan bolalarda),
ihtiyoriy harakatlarning sust rivojlanganligi (buning natijasida nutq bilan bog'liq bo'lgan
top’hiriqlarni yahshi bajarmaydilar), maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga nisbatan ularda
diqqatning beqaror bo'lishi.
Shuning uchun ham biz solishtirish harakatlarini o'rgatish vaqtida foydalanilgan metodik
usullarni ham shunga muvofiq tanladik:
Dostları ilə paylaş: