Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173
2-savolning bayoni : 
Matematik tushunchalami rivojlantirishda to‘g‘ri ko'nikmalar hosil qilishga katta e’tibor 
berish davom etadi. Pedagog (tarbiyachi) bolalarning narsalarni qanday yonma-yon 
qo‘yayotganlarini kuzatib boradi va ularning xatolarini ko‘rsatish bilan birga, bu xatolarning 
sababini tushuntirib ham beradi. Ustiga qo‘yish usuli o‘rgatilayotgan vaqtdagidek ish davomida 
bolalarga o‘z harakatlarini tushuntirib berishlari taklif qilinadi: «Sen nima qilyapsan? Doira- 
chalarni qanday yonma-yon qo‘yyapsan?» va hokazolar. Topshiriqni bajarib bo’lganlaridan 
keyin ulardan nima ish qilganliklari va qanday qilganliklari, nechta narsani yonma-yon 
qo‘yganliklari haqida gapirib berishlari so‘raladi: «Menda qancha o‘yinchoq bo‘lsa, men shuncha 
qo‘ziqorinchani qo‘ydim. Men har bir o‘yinchoq tagiga qo‘ziqorincha qo‘ydim». 
Harakatni tushuntirish bilan birga olib borish va uning natijasini bayon qilish — bolalarning 
ham harakat usulini, ham shu harakat yordamida o‘rnatiladigan miqdoriy nisbatlarni anglab 
olishlarining zarur shartidir. 
Ular narsalarning miqdoriy tengligini belgilash uchun «qancha bo‘lsa, shuncha» iborasidan 
foydalanishni o‘rganadilar. Taxminan ikkinchi mashg‘ulotdan so‘ng pedagog (tarbiyachi) 
«baravar» so‘zini qo‘llay boshlaydi. Kichkintoylar har ikkala iborani (tushun- chani) sekin-asta 
o‘zlashtirib oladilar. 
Narsalarning ikki yig‘indisini taqqoslash yuzasidan beriladigan xilma-xil topshiriqlar 
«baravar», «qancha bo‘lsa, shuncha», «ко‘р», «каm» nisbatlarining ma’nosini tushuntirishga 
imkon beradi. Bolalar narsalarni birining ustiga ikkinchisini qo'yish yoki yonma-yon qo‘yish yoii 
bilan bir-biriga solishtirib ko‘rib, bu predmetlar baravar yoki baravar emasligini, qaysi narsalar 
ko‘p (kam) ekanligini aniqlaydilar. Havo rang doirachalar kammi (ko‘pmi) yoki qizil 
doirachalarmi? Bolalarga stullar yetarmikan? Qiz bolalarga olmalar yetarlimi? va hokazolar. 2-5 
narsalardan iborat narsa yig‘indilari taqqoslab ko‘riladi, chunki bolalarda miqdoriy tarkib 
jihatidan turlicha bo‘lgan guruhlarni idrok etish tajribasini orttirib borish muhim ahamiyatga ega. 
Bir xil yoki har xil miqdordagi narsalari bo‘lgan guruhlarni bir-biriga taqqoslash mashqlari 
galma-gal bajariladi, bunda shunday guruhlar taqqoslanadiki, ularning birida ikkinchisiga 


48 
qaraganda bir narsa ortiq (kam) bo‘ladi (2 va 3; 3 va 3; 3 va 4; 4 va 4; 4 va 5 va hokazo). Bu 
miqdoriy nisbatlarning farqini bilish ko‘nikmasini o‘stirishga yordam beradi. 
Narsalaming teng yoki teng emasligini, qaysi narsalar ko‘p (kam) ekanligini bilish uchun bir 
narsa ustiga ikkinchisini yoki bir narsa yoniga ikkinchisini qo‘yish, ularni juftlash kerak, deb 
doimo ta’kidlab turiladi. 
Bolalar narsalarni o‘ng qo‘l bilan olishga, ularni chapdan o‘ngga tomon harakatlanib bir 
qator qilib terishga, narsani narsa bilan aniq taqqoslashga, ular orasidagi masofani qat’iy hisobga 
olishga o‘rgatiladi. 

«Ortiq», «kam», «teng» nisbatlari predmetlami bir-biriga taqqoslab aniqlanadi. «Pedagog 
(tarbiyachi) bolalarga birma-bir savollar berib, ularni qaysi narsalar ko‘p va qaysilari kam 
ekanligini ko‘rsatishga, har ikkala guruhdagilar nomini aytishga, taxminan quyidagicha javob 
berishga undaydi: «Qizil rang doirachalar havo rang doirachalarga qaraganda ko‘p», «Havo rang 
doirachalar qizil rang doirachalarga nisbatan kam», «Havo rang doirachalar qancha bo‘lsa, qizil 
doirachalar ham shuncha». 
Birida ikkinchisidagiga qaraganda bitta ortiq narsa bolgan yig‘indilar birinchi marta 
taqqoslanayotganda, ular tengmi va qaysilari ko‘p, degan savollarga kichkintoylarning 
ko‘pchiligi «ular teng» deb javob beradi. Bunga sabab shuki, oldingi mashg‘ulotlarda miqdor 
jihatidan teng narsalar yig‘indilarigina taqqoslanilgan edi; ilgari o‘zlashtirilgan tasavvurlar yangi 
vaziyatni idrok etishga ta’sir ko‘rsatadi. 
U juftlab qo‘yilgan narsalarni navbatma-navbat (qo‘li bilan) ko‘rsatadi, ortiqcha narsa ustida 
to‘xtalib tushuntiradi: «Bitta quyoncha ortiqcha, demak ular olmaxonchalarga qaraganda ko‘p. 
Bitta olmaxoncha yetishmaydi, demak ular quyonchalarga qaraganda kam». 
Kichkintoylarga ortiqcha narsa qayerdaligini yoki qayerda bitta narsa yetishmasligini 
ko‘rsatib berish taklif qilinadi. 
Bolalar narsalaming rangi, shakli yoki hajmiga qarab taqqos- laydilar va guruhlarga ajratadilar, 
turli guruhlardagi narsalar sonini solishtirib ko‘radilar. Ular yig‘indidagi hamma narsalar uchun 
umumiy boigan belgilarni ham, undagi narsalaming faqat bir qismi uchungina umumiy boigan 
belgilarni ham aytib beradilar. Guruhni qismlarga ajratib, bolalar ular o‘rtasidagi miqdoriy 
munosabatlarni bilib oladilar. «Doirachalar ko‘p, katta doirachalar ham, kichik doiralar ham bor. 
Katta doirachalar kam, kichkinalari esa ko‘p». Tarbiyachi ayni bir xil narsalar o‘rtasidagi miqdor 
nisbatlarni muntazam ravishda o‘zgartirib turadi. Masalan, havo rang kvadratlar qancha bo‘Isa, 
qizil rang kvadratlar shuncha bo‘lishi ham mumkin. Oldingi ikki mashg‘ulotda bolalar nar-
salarning faqat sifat belgilarini aytadilar. («Havo rang kubiklar ko‘p, sariq rang kubiklar esa 
kam»). Kichkintoylar yuqorida va pastda joylashgan katta, kichik har xil turdagi narsalarning 
ko‘p, kam va teng bo‘lishi mumkinligini ko‘radilar. Ular shu asosda miqdor narsalarning 
joylashuviga, hajmiga va boshqa xususiyat- lariga bog‘liq emasligini keyinchalik tushunib 
oladilar. Bolalarga narsalar o‘rtasidagi miqdoriy munosabatlaming o‘zgarishini ku- zatib 
borishgina emas, balki shunday o‘zgarishlarni amalga oshirish ham o‘rgatiladi: «Hammaga 
o‘yinchoqlar yetadimi?, Yana nechta o‘yinchoq olib kelish kerak?», «Bitta», «Shunday qilginki, 


49 
kurakchalar chelakchalarga qaraganda ko‘p (kam, qancha bo‘lsa shuncha) bo‘lsin» va hokazo. 
Bolalar o‘zlashtirib olgan usullami tatbiq qila olishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bunga 
quyi- dagi o‘yin mashqlari imkon beradi: bolalar muayyan miqdordagi bir xil narsalar 
(qo‘g‘irchoqlarga, ayiqchalar)ga o‘shancha boshqa narsalar (likopchalar, piyolachalar, 
qoshiqchalar va boshqalar)ni tanlaydilar
.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə