Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173
3-savolning bayoni : 
Katta yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarni shakllantirish.Mashg‘ulotni 
tashkil qilish 
Katta guruhda bolalarda matematik tushunchalami shakllantirish masalasi matematik 
tasawurlarni birmuncha kengaytirish, chuqurlashtirish va boyitish, sanoq faoliyatini yanada 
rivojlantirish nuqtayi nazaridan amalga oshiriladi. Bolalar faqat ko‘rib idrok etiladigan narsalami 
emas, balki tovushlami, eshitib idrok etiladigan narsalami, harakatlarni hamda 10 gacha sanashni 
o‘rganadilar. Bolalarning predmetlar soni ularning o‘lchamlariga, fazoviy joylashuvi va 
sanoqning yo‘nalishiga bog’liq emasligi haqidagi tasawuri aniqlanadi. Bundan tashqari, ular 
elementlarning bir xil sonidan tashkil topgan to‘plamlar bitta natural son (5 ta olma, 3 ta olcha, 5 
yulduz va shu kabilar)ga mos ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Katta guruhda mashg‘ulotning 
davom etish vaqti o‘rta guruhdagiga qaraganda uncha o‘zgarmaydi (20 minutdan 25 
minutgacha), ammo ish hajmi va tezligi sezilarli darajada ortadi. Yangi mavzuni o‘rganish ilgari 
o‘zlashtirilgan mavzu sistemasiga yangi bilimlar kiritish imkonini beradigan mavzuni 
takrorlashdan boshlanadi. Takrorlash ko‘pincha o‘yin mashqlari, masalalar yechish 
(Bilmasvoyning xatosini toping), (Kimlar ko‘p) shaklida tashkil qilib, 1 minutdan 5 minutgacha 
davom etadi. Bilimlarni mustahkamlashga bag‘ishlanadigan mashg‘ulotlar ham o‘yin 
mashqlaridan boshlanadi. Bu mashqlar bolalarda fahm-farosat va topqirlikni o‘stirib, ularning 
diqqatini bir joyga to‘plash, tafakkurini aktivlashtirish, yaxshi kayfiyat yuzaga keltirish imkonini 
beradi. Bilimlarni mustahkamlash uchun mashg‘ulot oxirida o‘yin mashqlari va didaktik o‘yinlar 
ham o‘tkaziladi. Katta guruhda ayni bir vaqtda 2—3 masalani yechish imkonini beradigan turli 
mashqlardan keng foydalaniladi. Bunda rejadagi turli bo‘limlaming mavzusi ustida ishlash 
mumkun. 
Katta guruhda ko‘rgazmali qurollarning turlari ko'payadi va ularning xarakteri biroz 
o‘zgaradi. Asosan o‘yinchoqlardan, bu- yumlardan foydalanish davom ettiriladi. Biroq, bu 
narsalarning rangli tasvirlari bilan ishlash alohida ahamiyatga ega. 
Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba’zi bir yashirin muhim matematik aloqalarni
munosabatlarni, «teng», «katta (ko‘p)», «kichik (kam)», «butun va bo‘lak» kattaliklar orasidagi 
bog‘lanishlarni, o‘lchov kattaliklari bilan son o‘rtasidagi bog‘la- nishlami aniqlay bilish 
ko‘nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming 
matematik tasawurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko‘tarilishiga va 
ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalami ko‘z bilan hamda 
ichida sanashga o'rgatib boriladi. Ularning ko‘z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish 
qobiliyati rivojlanadi. 
Maktabgacha tayyorlov guruhining elementar matematik tasawurlarini rivojlantirish bo‘yicha 
dasturi bolalarning oldingi guruhlarda olgan bilimlarini umumlashtirish, bir tizimga keltirish, 
kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. 
Maktabga tayyorlov guruhida matematika bo‘yicha haftasiga 2 ta mashg‘ulot, yil davomida 
72 ta mashg‘ulot o‘tkaziladi. 
Mashg‘ulotlarning davom etish muddati: birinchisi — 30 minut, ikkinchisi — 20-25 minut. 
Har bir mashg‘ulotning tuzilishi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni 
o‘rganish, o‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash, bolalarning egallagan bilimlarini 
tekshirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə