Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173
 
Dars o’quv maqsadi: 
Talabalarga mtm guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni 
shakllantirish haqida bilimlar berish. 
Tayanch so’zlar va iboralar:
son, ko’rsatmali, o’gzaki, o’yin, kattalik, fazo, taqqoslash, 
taxlil, sintez, umumlashtirish 
Reja: 
1
.
Narsalaming yig‘indisini taqqoslash

2. 
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakillantirish 
1-savolning bayoni : 
Narsalaming yig‘indisini taqqoslash. 
Bolalar dastlab narsalaming ikki guruhini taqqoslash 
asosida miqdoriy nisbatlar: tenglik- tengsizlik bilan tanishtiriladi. 
Kichkintoylar 
diqqati 
bir 
guruhdagi 
narsalarni, 
boshqa 
guruhdagi 
narsalarni, 
taqqoslanayotgan guruhlaming qaysi birida narsalar ko‘p va qaysisida kamligini yoki har ikkala 
guruhda ham bab- baravarligini aniqlashga qaratiladi. 
Narsalaming ikki yig‘indisini taqqoslash bolalarning «qancha bo‘lsa, shuncha», «bab-
baravar», «ortiq», «каm» iboralarining ma’nosini anglab olishlariga yordam beradi. 
Awal ularga amaliy taqqoslashning eng oddiy usuli—narsalarni namunaviy rasmlari ustiga 
qo‘yish usuli o‘rgatiladi. Bunday rasmdagi tasvir kichkintoylarga tasviming har bir elementini 
ajrata olishni va uning chegaralarini ko‘ra bilishni o‘rgatishga yordam beradi. 


46 
Bolalarni mashq qildirish uchun narsalaming rasmlari bir- biridan baravar uzoqlikda qator 
qilib terib qo‘yilgan ko‘rgazmalar- dan foydalaniladi. Bolalarning to‘plamlardagi narsalar sonini 
idrok etib, tajribalarini oshirib borishlari muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ko‘rgazmalarda 
3 tadan 5 tagacha narsa tasvirlangan bo‘lishi kerak. Bu mashg‘ulotlarda har bir bola ikkita 
ko'rgazma bilan ishlaydi. U har qaysi ko‘rgazmaga o‘yinchoqlarning 2 turini navbatma- navbat 
joylashtiradi. ICichkintoylarga o‘yinchoqlar qutichada (yoki likopchada) beriladi. Bu 
o‘yinchoqlar bolaga kerak bo‘lganidan ortiq bo‘lishi kerak. Masalan, agar ko‘rgazmada 4 ta 
qo‘ziqorin- chaning rasmi bo‘lsa, qutichaga kamida 6-7 dona qo‘ziqorin solib beriladi. Bolalar 
kartochkada nechta rasm chizilgan bo‘lsa, ularning ustiga shuncha narsa qo‘shishni o‘rganishlari 
kerak. 
Pedagog (tarbiyachi) mashg‘ulotning birinchi qismida yig‘ma tasmalarga asosiy e’tibor 
bolalarning ustma-ust qo‘yish usulini bilib olishlariga qaratiladi. Bolaga o‘yinchoq yoki 
rasmlami qanday qo‘yganligini aytib berish ini taklif qilish foydalidir. 
Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar og‘zaki ko‘rsatma bo‘yicha ish qiladilar. Avval ularga birinchi 
mashg‘ulotda ishlatgan o‘yinchoqlari- ning biror turidan foydalanish so‘ngra esa bu 
o‘yinchoqlarni bosh- qalari bilan almashtirish tavsiya etiladi. 
Tasmalarni ustiga qo‘yish usuli bolalarga 2-3 mashg'ulot davomida o‘rgatiladi. Shundan 
so‘ng bolalarga tasmalarni ustiga qo‘yish usuli yordamida bir to‘plam elementlari bilan boshqa 
bir to‘plam elementlarini taqqoslash o‘rgatila boshlanadi. 
Mashg‘ulotlarda ko‘rgazmalar didaktik material vazifasini bajaradi. Tasmalaming birida bir-
biridan bir xil uzoqlikda joylashgan predmetlar yoki geometrik figuralar (3-5 dona)dan 
foydalaniladi. 
Predmetlar (archalar, qo‘ziqorinchalar, ko‘rgazmalar va hokazolar)ning tekislikdagi rangli 
tasviridan, hajmli kichkina o‘yinchoqlardan va geometrik figuralar (doiralar, kvadratlar, 
uchburchaklar)ning modellaridan tarqatma material sifatida foydalaniladi. 
Ba’zi kichkintoylar ko‘rgazmalardagi rasmlarning qanday joylashganligini bilishga 
qiynaladilar. Ular rasmlar o‘rtasidagi oraliqni go‘yo ko‘rmaydilar. Bunday bolalarga 
ko‘rgazmalami katakchalarga ajratib berish maqsadga muvofiqdir. Shunda predmetning har bir 
rasmi alohida katakcha ichida joylashgan bo‘ladi, uning ostida esa rasmsiz katak bo‘ladi. Yuqori 
doskadagi har bir rasmdan pastki doskaga ko‘rsatkich o‘tkazilgan ko‘rgazmalami ham berish 
mumkin. Ko‘rsatkichlar kichkintoylaming predmetlarni ko‘rgazmalardagi rasmlar bilan 
taqqoslashlariga yordam beradi. 
Bolalar ustiga qo‘yish usulidan foydalanganlarida, ular pred- metlarning rasmlarini faqat bir-
biridan farq qiladilar va ustini bekitadilar. Endi topshiriq murakkablashadi: predmetlarni rasmlar 
ostiga aniq qo‘yish, ular o‘rtasidagi oraliqni (ya’ni, ularning fazoviy joylashuvini) qat’iy hisobga 
olish kerak. 
Bolalarni yoniga qo‘yish usuli bilan tanishtirishdan oldin ularga o‘yinchoq!ar (rasmlar)ni 
ko‘rgazmalardagi rasmlar ustiga qo‘yish taklif qilinadi. Bunday qilish ish-harakatning yangi 
usulini ilgari o‘zlashtirilgan usul bilan bogiash imkonini beradi. 
Pedagog (tarbiyachi) bolalarning rasmlar qancha bo‘lsa, ularning ustiga shuncha predmet 
qo‘yganliklarini aniqlagach, yangi usulni namoyish qiladi. U narsalar rasmlarini birin-ketin olib, 
pastki doska ustiga joylashtiradi va bolalar e’tiborini har bir predmetning yuqori doskadagi narsa 
rasmi ustiga aniq qo‘yilishiga jalb etadi. («Sariq qo‘ziqorinchani qizil qo‘ziqorincha ostiga, yana 


47 
bir qo‘ziqorinchani boshqasining ostiga, bittasining tagiga boshqasini qo‘yaman...», ular orasida 
bir xil uzoqlikdagi masofa— darcha qoladi.) 
Oxirida pastki doskada qancha narsa bo‘lsa, yuqori doskada ham shuncha narsa borligi 
aniqlanadi. Pedagog (tarbiyachi) bu narsalarni bir-biriga taqqoslash jarayonini namoyish 
qilayotgandek bo‘lib, yuqori va pastki doskadagi narsalarni navbatma-navbat ko‘rsatib, narsa 
qatorlari ustidan qo‘lini yurgizib chiqadi. 
Ko‘rsatishni takrorlab, kichkintoylarga narsalarni o‘ng qo‘l bilan olish va ularni chapdan 
o‘ngga qarab birini ikkinchisi ostiga aniq qo‘yib chiqish kerakligi eslatib o‘tiladi. Bolalar yuqori 
doskadagi narsalarni pastki doskaga qayta terib chiqqanlaridan so‘ng, ularga yuqori doskada 
qancha narsa bo‘lsa, pastki doskaga ham shuncha narsa (ammo endi boshqa narsalar) qo‘yish 
topshirig‘i beriladi. Keyin yuqori doskada qancha narsa bo‘lsa, pastki doskada ham shuncha 
narsa bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish taklif qilinadi. Buning uchun narsalarni rasmlar ustiga 
qo'yish kerak. Pedagog (tarbiyachi) bolalarni kimki xato qilsa, unda ortiqcha narsa qoladi va uni 
hech qayerga qo‘yib bo‘lmaydi, deb ogohlantiradi. Shunday qilib, ustiga qo‘yish va yonma-yon 
qo‘yish usullari o‘rtasida bog‘lanish vujudga keladi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə