Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


-MAVZU: KO’PLIK, SON, HISOB, KATTALIK, FAZO, GEOMETRIK SHAKL VA



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173
 
9-MAVZU: KO’PLIK, SON, HISOB, KATTALIK, FAZO, GEOMETRIK SHAKL VA
FIGURALAR HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH
 
Dars o’quv maqsadi: 
Talabalarga mtm guruhlarida elementar matematik tasavvurlarni 
shakllantirish haqida bilimlar berish. 
Tayanch so’zlar va iboralar:
son, ko’rsatmali, o’gzaki, o’yin, kattalik, fazo, taqqoslash, 
taxlil, sintez, umumlashtirish 
Reja: 
1.
Kichik yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarni shakllantirish
2.
O’rta yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarni shakllantirish. 
3.
Katta yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarni shakllantirish. 
1-savolning bayoni : 
Narsalaming teng yoki teng emasligini, qaysi narsalar ko‘p (kam) ekanligini bilish uchun bir 
narsa ustiga ikkinchisini yoki bir narsa yoniga ikkinchisini qo‘yish, ularni juftlash kerak, deb 
doimo ta’kidlab turiladi. 
Bolalar narsalarni o‘ng qo‘l bilan olishga, ularni chapdan o‘ngga tomon harakatlanib bir 
qator qilib terishga, narsani narsa bilan aniq taqqoslashga, ular orasidagi masofani qat’iy hisobga 
olishga o‘rgatiladi. 
«Ortiq», «kam», «teng» nisbatlari predmetlami bir-biriga taqqoslab aniqlanadi. «Pedagog 
(tarbiyachi) bolalarga birma-bir savollar berib, ularni qaysi narsalar ko‘p va qaysilari kam 
ekanligini ko‘rsatishga, har ikkala guruhdagilar nomini aytishga, taxminan quyidagicha javob 
berishga undaydi: «Qizil rang doirachalar havo rang doirachalarga qaraganda ko‘p», «Havo rang 
doirachalar qizil rang doirachalarga nisbatan kam», «Havo rang doirachalar qancha bo‘lsa, qizil 
doirachalar ham shuncha». Birida ikkinchisidagiga qaraganda bitta ortiq narsa bolgan yig‘indilar 
birinchi marta taqqoslanayotganda, ular tengmi va qaysilari ko‘p, degan savollarga 
kichkintoylarning ko‘pchiligi «ular teng» deb javob beradi. Bunga sabab shuki, oldingi 
mashg‘ulotlarda miqdor jihatidan teng narsalar yig‘indilarigina taqqoslanilgan edi; ilgari 
o‘zlashtirilgan tasavvurlar yangi vaziyatni idrok etishga ta’sir ko‘rsatadi. 
U juftlab qo‘yilgan narsalarni navbatma-navbat (qo‘li bilan) ko‘rsatadi, ortiqcha narsa ustida 
to‘xtalib tushuntiradi: «Bitta quyoncha ortiqcha, demak ular olmaxonchalarga qaraganda ko‘p. 
Bitta olmaxoncha yetishmaydi, demak ular quyonchalarga qaraganda kam». Bolalar o‘zlashtirib 
olgan usullami tatbiq qila olishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bunga quyi- dagi o‘yin 
mashqlari imkon beradi: bolalar muayyan miqdordagi bir xil narsalar (qo‘g‘irchoqlarga, 
ayiqchalar)ga o‘shancha boshqa narsalar (likopchalar, piyolachalar, qoshiqchalar va boshqalar)ni 
tanlaydilar. Mashg‘ulotdan tashqari vaqtda kichkintoylarga quyidagi tipdagi topshiriqlarni berish 
foydali: «Stol atrofida o‘tirgan bolalar qancha bo‘lsa, shuncha qoshiq olib kel», «Hamma bolalar 
uchun qalam olib kel va ularning har biriga bittadan qalam ber», «Bolalarga qalamlar yetdimi?», 
«Sen qancha qalam olib kelding?» («Stol atrofida nechta bola bo‘lsa, shuncha».) Agar bola 
yanglishgan bo‘lsa, unga yetmagan narsani qo‘shish yoki ortiqchasini olib qo‘yish taklif qilinadi. 
Kattalik 
Buyumlaming o‘lchamidagi barcha tafovutlarni bolalar katta va kichik so‘zlari bilan, ya’ni 
buyumlaming o‘zaro nisbatini umuman hajmiga qarab belgilash uchun qo'llaniladigan so‘zlar 
bilan bildiradilar. Kichkintoylarga faqat bitta belgisi (uzunligi, kengligi yoki balandligi) bir xil 
(barobar); qalinroq, yupqaroq, qalinligi bir xil (barobar) kabi so‘zlardan foydalanishni o‘rgatish 


42 
zarur. U yoki bu belgini birinchi marta ajratishda bir-biridan faqat mazkur belgi bilan 
farqlanadigan narsalargina taqqoslanadi. Masalan, bolalarga «uzunroq — qisqaroq» tushunchasi 
haqida ma’lumot berish uchun rangi, kengligi va yo‘g‘onligi bir xil, bir- biridan faqat uzunligi 
bilan farq qiladigan buyumlar tanlab olinadi. 
Tarbiyachi bolalarni narsalaming qiyosiy katta- kichikligini bildiruvchi uzunroq — kaltaroq, 
kengroq — torroq, enliroq — ensizroq kabi so‘zlami aytishga undab: «Qaysi tasma uzunroq 
(enliroq)? Qaysi tasma kaltaroq (ensizroq)?»— deb so‘- raydi. U bolalarga javob namunalarini 
beradi, masalan: «Qizil tasma yashil tasmadan enliroq, yashil tasma esa qizil tasmadan ensizroq». 
Mana shunday qilib, kichkintoylar asta-sekin har ikkala taqqoslanayotgan narsalarni atashga 
o‘rgatib boriladi. 
«Qaysi daraxt balandroq: olma daraxtimi yoki o‘rik daraxtimi? Qaysi uy balandroq 
(pastroq)? Qaysi uyning derazasi kengroq (torroq)?». Shunday qilib, kichkintoylarga ulami 
qurshab turgan narsalar turli uzun- likka, kenglikka, balandlikka ega ekanligi ko‘rsatiladi. 
Shakl 
Geometrik figuralar to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlarni bolalar o‘yinlarda oladilar. O
l
quv 
yilining boshida guruhga sharlar to‘plami, qurilish materiallari, geometrik shakllar va boshqalar 
olib kiriladi. 
Bolalar zehnini boyitish, ularda turli shakllar haqida tasawur hosil qilish muhim ahamiyatga 
ega. Ilk yoshdagi guruhlarda bolalar shar va kubni bir-biridan farq qilishga o‘rgatilgan edi. Biroq, 
ba’zi bolalar ikkinchi kichik guruhga birinchi marta keladilar, shuning uchun ishni shar va kub 
bilan tanishtirishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. 
U harakat jarayonida gapirib turadi: «Shar yumalayapti. Men shami u qo‘limdan bu qo‘limga 
yumalatib o‘tkazdim», — deydi. Har bir bolaga shar olish va xuddi shunday harakatlar qilish 
taklif etiladi. Keyin har qaysi kichkintoydan uning olgan shari qanday rangdaligini, yumalaydimi 
yoki yumalamaydimi, — deb so‘raydi va xulosa qiladi: «Jasurda qizil shar, u yumalaydi. 
Nigorada havo rang shar, u yumalaydi, Sheralida—yashil, u ham yumalaydi. Sharlar yumalaydi» 
Geometrik figuralaming modellari juftlab taqqoslanadi. Masalan, doira bilan kvadrat, kvadrat 
bilan uchburchak, uchburchak bilan doira va hokazo. Shakl belgilarini ajratishga figuralar 
modellarining muhim bo‘lmagan (mazkur holda) belgilarini (rangi va hajmini) o‘zgartirish yo‘li 
bilan erishiladi. Biroq, figuralar birinchi marta taqqoslanayotganda, ko‘rsatish uchun va tarqatma 
material sifatida rangi hamda hajmi bir xil bo‘lgan figuralar modelidan foydalaniladi. Masalan: 
kichkintoylar figuralarni yumalatib ko‘rib, doiraning yumalashini, kvadratning esa 
yumalamasligini aniqlaydilar. «Nima uchun kvadrat yumalamaydi?» — «Burchaklari xalaqit 
beradi». «Doiraning burchaklari yo‘q, shuning uchun doira yumalaydi». 
Bolalar figuralarni bir-biridan farq qilish va nomini aytishni mashq qiladilar. Buning uchun 
ularga, masalan, mana bunday topshiriqlar beriladi: «Doirani o‘ng qo‘lingga, kvadratni esa chap 
qo‘lingga ol», «Hamma doirachalami kartochkaning pastki doskasiga, kvadratlarni esa yuqori 
doskasiga qo‘y», «Sening o‘ng qo‘lingda qanaqa figura bor?» 
Doira, kvadrat va uchburchaklar modelidan to‘plamlar miqdorlarini taqqoslashni mashq 
qildirish uchun namuna va tarqatma material sifatida foydalaniladi. 
Natijada o‘quv yili oxiriga kelib bolalar xilma-xil figuralar orasidan doira, kvadrat va 
uchburchaklami modellarining rangi va kattaligi har xil bo‘lsa ham topa oladilar. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə