Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173
Joyni bilish 
Kichik guruh dasturining shartlaridan biri bolalarni o‘zidan oldinda (oldinga) —orqada 
(orqaga), chapda (chapga) — o‘ngda (o‘ngga) kabi fazoviy yo‘nalishlarni ajrata olishga 
o‘rgatishdir. 
Fazoviy yo‘nalishlarni farq qilishda bolalarning o‘z gavda qismlarini aniq farq qilishi va 
o‘ziga nisbatan tomonlami aniqlashga asos boiib xizmat qiladi. Masalan: «Oldinda» deganda 
bola o‘zining yuzi tomonni, «orqada» (orqadan) deganda esa gavdasining orqa tomonini 
tushunadi. 


43 
Bolalarning yuvinishi va kiyinishi vaqtida tarbiyachi ular bilan erkin suhbatlashib, gavda va 
yuz qismlari nomini aytadi: «Bumingni, qulog‘ingni, engagingni yuv, peshonangni art», 
«Boshingga ro‘mol o‘ra», «Bo‘yningga sharf bogia». Kichkintoylarni o‘zining gavda va yuz 
qismlarining nomini aytishga undash muhim ahamiyatga ega. 
Kichkintoylar yuz va gavda qismlari qayerdaligini bilib olganlaridan so‘ng, ularga 
o‘zlarining turli tomonlarini aniqlash o‘rgatiladi. Tarbiyachi kichkintoydan so‘raydi: «Sening 
orqangda nima bor?», «Oldingdachi?» (ko‘krak, qorin, yuz) yoki «Sening o‘ming qayerda?», 
«Ko‘kragingchi?» «0‘ng qo‘ling qani?», «Chap qo‘ling qayerda?» 
0‘ng va chap qo‘lni bir-biridan farq qilish va nomini aytish mashqi boshqa harakatlarni 
bajarishda ham o‘tkaziladi. Masalan, tarbiyachi musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida 
bolalarga o‘ng qo‘llariga havo rang bayroqchani, chap qo‘llariga esa yashilini yoki o‘ng 
qo‘llariga uzun tasmani, chap qo‘lga esa kaltasini olishni taklif qiladi, kichkintoylardan qaysi 
qo‘llarida qanday narsa borligini so‘raydi. 
2-savolning bayoni : 
O’rta guruh bolalarida elementar matematik tasawurlami shakllantirish 
metodikasi. Miqdor va sanoq 
0‘quv yilining boshida o‘rta guruh tarbiyachisi bolalarning kichik guruhda olgan bilimlarini 
yoz davomida ma’lum darajada unutib qo‘yganliklarini sezadi. 0‘rta guruhga yangi bolalar ham 
keladilar. 5-6 mashg‘ulotni o‘tilganlarni takrorlashga bag‘ishlash va bolalarni yangi materialni 
idrok etishga tayyorlash zarurligi ma’lum bo‘ladi. Asosan sanoqni o‘rgatish va sonlar bilan 
tanishtirish uchun zarur bo‘lgan tasawur, ko‘nikma va malakalar mustahkamlanadi. 
0‘rta guruhda sanash ko‘nikmalari batafsil mashq qilinadi. Tarbiyachi sanash usullarini bir 
necha marta ko‘rsatadi va tushuntirib beradi, bolalarni narsalarni o‘ng qoi bilan chapdan o‘ngga 
qarab sanashga; musiqa asboblari nomlari; musiqa tovushlarini sanash va anglash, sanash 
jarayonida narsalami qo‘l tekkizib navbati bilan ko'rsatishga, oxirgi sonning nomini aytib, 
yakuniy ishora qilishga, narsalar guruhi atrofidan qo'lni yurgizib chiqishga o‘rgatadi. 
Bola sanash harakatlari ko‘nikmalarini o‘zlashtirib olganidan so‘ng, ularni foydalaniladigan 
predmetlar bilan tanishtirish zarur. Bu yerda izchillik taxminan quyidagicha boiishi mumkin: 
bolalar har bir narsaga qo‘l tekkazib ovoz chiqarib sanaydilar; predmetlarga ko‘rsatkich 
tayoqchani tekkizib ovoz chiqarib sanaydilar; ma’lum masofada turib ovoz chiqarib sanaydilar; 
ichlarida pichirlab sanaydilar. To‘rt yoshli kichkintoylar ichlarida o‘ylashni bilmay- dilar, ularda 
sanash ko‘nikmalari mustahkam emas, shuning uchun ularga ichlarida sanashni taklif etib 
bo‘lmaydi. 
Bolalar (7-8 mashg‘ulotdan so‘ng) narsalarni sanashni o‘rganib oladilar va ularda son haqida 
tasawur hosil bo‘ldi, degan ma’noni bildirmaydi. Tarbiyachilar ko‘pincha quyidagi misollarga 
duch keladilar: bola narsalarni sanab chiqib, bu guruhdagi narsalarning soni kam bo‘lsa ham, 
lekin hajmi kattaroq bo‘lganligi uchun mana shu guruhni ko‘p deb aytadi. Bolalar kam joyni 
egallagan guruhning narsalariga qaraganda narsalari kam bo‘lsa ham, ammo ko‘proq joy 
egallagan guruhni ham ko‘p deb baholaydilar. 
Bolaning to‘plamni tashkil etuvchi narsalarning turli-tuman xususiyat va belgilaridan o‘z 
diqqatini chetga tortishi qiyin. Bola narsalarni sanab chiqib, shu zahotiyoq sanoq natijasini 
unutishi va miqdorini birmuncha aniq ifodalangan fazoviy belgilarga qarab baholashi mumkin. 
Bolalar diqqatini narsalarning miqdori fazoviy belgilarga: narsalarning katta-kichikligi, 
qanday joylashganligi, ularning egallab turgan maydoniga bog‘liq emasligiga jalb etiladi. Bu 
masalaga 3 ta maxsus mashg‘ulot ajratiladi, keyin o‘quv yili oxirigacha bu masalaga vaqti-vaqti 
bilan kamida 3-4 marta, masalan, bolalarning narsalar to‘plamlarini tiklashni o‘rganayotganlarida 
kiritiladi. 
Shu bilan bir qatorda, bolalarga turli kattalikdagi narsalarning uzunligi, kengligi, balandligi 
va boshqa tomonlarini taqqoslash mashq qildiriladi, ulardagi ba’zi fazoviy tasawurlar aniqlanadi, 
bolalar chapda va o‘ngda, yuqorida va pastda, yuqoridagi va past- dagi, yaqin va uzoq so‘zlarini 


44 
tushunishga va ulardan foydala- nishga; narsalarni chapdan o‘ngga «mehmonlami kutish» uchun 
idish-tovoq, ulami «sayrga» olib chiqish uchun kiyim-kechak yetarli yoki yetarli emasligini 
aniqlaydilar. «Do‘koncha-do‘koncha» o‘yinida esa ma’lum miqdordagi narsalar yoki doirachalar 
rasmi solingan ko‘rgazmalardan foydalaniladi. Tarbiyachi o‘z vaqtida te- gishli belgilar kiritadi 
va narsalami sanash kabi harakatli o‘yinlarni aytib turadi


Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə