Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   173
2-savolning bayoni : 
Mashg’ulot ta’limning tashkiliy sharti ekanligi .Ta’lim shakli deganda ta’lim beruvchi 
pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir 
vaqtda o’tkaziladi. 
Ta’lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o’rtasidagi o’zaro ta’sir xususiyatiga, o’tkazish 
joyiga, shuningdek kun tartibida egallagan o’rniga qarab bir –biridan farq qiladi. 
Bolalar bog’chasida ta’limning frontal (umumiy), gurppaviy va yakka tartibdagi shakllaridan 
foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta’lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o’yinlar orqali, 
kun davomida bolalarning mashg’ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o’yinlariga 
rahbarlik qilish jarayonida va shunga o’xshashlarda amalga oshirib boriladi. 
Mashg’ulot bolalar bog’chasida bolalarga ta’lim berishning asosiy shaklidir. Mashg’ulot –
pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi 
bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy –
gigiyenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq –hisob harakatlari kabi turli –tuman malaka 
va ko’nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg’ulot egallaydi. 
Mashg’ulotlar bolalar bog’chasida ta’limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya 
yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun 
tartibida unga ma’lum o’rin va vaqt ajratilgan. Mashg’ulot tarbiyachi rahbarligida o’tkaziladi, 
tarbiyachi mashg’ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan 
bilimlarni esa aniqlab. Mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg’ulotlarini tashkil etadi. O’quv 
materialining mazmuni asta –sekin murakkablashtirilib boriladi. 
Mashg’ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg’ulot orqali bolalar 
o’quv malakasini egallab oladilar, o’z –o’zini yaxshi tashkil etadigan bo’lib qoladilar. Ularda 
barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta’lim 
berish natijasida bilimga qiziqishlari rivojlana boradi. 
Bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi 
faoliyatda bolalar bir –birlariga faol ta’sir etishadi, o’z tashabbusi, topag’onligini namoyon qilish 
imkoniyati tug’iladi. Bolalar oldiga umumiy zo’r berishni talab etuvchi vazifa qo’yilganda 


25 
birgalikda qayg’urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, 
qurish –yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs –o’yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni 
eshitish, o’qishda paydo bo’lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do’stona 
jamoasini yaratishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga o’rgatadi. Mashg’ulotda ta’lim 
berish orqali bolalarda maktabdagi o’qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o’zini tuta 
olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to’g’ri sifatlar hosil qilinadi. 
Bolalarni maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni, ularning boshlang’ich sinflarda dastur 
materialini yaxshi o’zlashtirib olishlarini ta’minlovchi bilim va malakalar mashg’ulotlar 
jarayonida hosil qilinadi. 
Mashg’ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga 
quloq solish, ularning fikriga erishish, hikoya qilinayotgan voqyeadagi asosiy g’oyalarni ajrata 
olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. 
Tayyorlov guruhlarida mashg’ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga 
iziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar 
tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik hissi takomillashtirib boriladi, ularda 
mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi. 
Bolalarni mustaqillikka o’rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi. 
Bolalar bog’chasida kichkintoylarni tevarak –atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish
ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini o’stirish mashg’ulotlari, musiqa 
mashg’ulotlari, tasviriy san’at mashg’ulotlari, qurish –yasash, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari 
olib boriladi. 
Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir 
bola bilan rejali suratda muomalada bo’lishidan iborat bo’lib .bu mashg’ulotlarning maqsadi 
bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu esa bolalarni mashg’ulotlarga tayyorlash 
bosqichidir; go’daklar ixtiyoriy diqqat o’sib borgan sari, bunday mashg’ulotlar bir necha bola 
bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalarni bian bir yo’la olib boriladi. 
Mashg’ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo’r berishni talab etadi, ya’ni u 
bolaning aktiv faoliyati bilan bog’liq bo’lib, bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa 
boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg’ulotga tayyorlanishda 
bolalar yoshini, imkoniyatini e’tiborga olish zarur; mashg’ulotning vaqtini, kun tartibidagi 
o’rnini, dasturning har xil bo’limlarini to’g’ri almashtirib turishni oldindan o’ylab, aniq belgilab 
olish zarur. 
Mashg’ulotlarni kunning birinchi yarmida o’tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki, 
birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug’liq bilan 
yaxshi ta’minlangan bo’ladi.
Har bir yosh guruhida necha marta mashg’ulot o’tkazilishi, uning mazmuni va har bir 
mashg’ulot yosh guruhlari bo’yicha necha daqiqa davom etishi bolalar bog’chasi tarbiya 
dasturida ularning yosh xussiyatlarini e’tiborga olgan holda belgilab berilgan. 
Birinchi kichik guruhda mashg’ulot bolalarni ikki guruhga bo’lgan holda o’tiladi. 
Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo’ladi. Mashg’ulot setkasini tuzganda haftada 
bolalarning ish oqbiliyati yuqoriroq bo’ladigan kun tanlanadi. Ma’lumki, haftaning o’rtalarida 
(seshanba, sorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori bo’lar ekan, bu kunlarga 
bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg’ulot tanlanadi (elementar 
matematika, nutqni rivojlantirish, savodga o’rgatish va h.k.) Jadval tuzganda bu mashg’ulotlarni 
birinchi qo’yish kerak, bolalardan ko’p harakat qilishni, hissiy nagruzkani talab etuvchi 
mashg’ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo’yiladi. 
Bolalar o’zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi bo’lishi kerak. Bog’cha dasturi 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilimlarni (bular tabiatga muhabbat 
uyg’otadi, o’simliklar va hayvonlarga g’amxo’rlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib 
toptirishini nazarda tutadi: bilimlarni o’zlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahriga, o’z 


26 
vataniga, halqiga muhabbat, ulug’ kishilarga muhabbat va hurmat, o’lkaning ijtimoiy hayotiga 
qiziqish paydo bo’ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarja ijtimoiy hodisalar, voqyealar 
to’g’risida umumlashgan tasavvurlar tarkib topadi. Masalan, qo’shni o’lkalardagi bolalarning 
hayoti va do’stligi haqidagi daslabki bilimlar asosida vatan to’g’risidagi daslabki tasavvurlar 
vujudga keladi. Tarbiyachi yangi mashg’ulotlarning mazmunini belgilar ekan, ular u yoki bu 
mashg’ulotlarda o’zlashtirilgan bilimlar bilan qanday bog’lanishini o’ylab ko’rad. Masalan, 
oshpaz, kutubxonachi bilan o’qituvchining mehnati haqidagi bilimlar xilma –xil mehnat turlari 
haqidagi ma’lumotlar sistemasining bir qismidir. Pochtadagi turli xodimlar mehnati haqidagi 
bilimlar –ijtimoiy mehnatning jamoa xarakteri to’g’risidagi bilimlar sistemasining bir qismi. 
Mehnatning ijtimoiy xarakteri, mohiyatini tushunish uchun bola shunga o’xshash ko’pdan –ko’p 
mehnat turlari bilan tanishishi lozim. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə